Kontent qismiga oʻtish

Maximilian Mittelstädt

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Maximilian Mittelstädt
Mittelstädt VfB Stuttgart safida, 2023-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Maximilian Mittelstädt[1]
Tavallud sanasi 18-mart 1997-yil (1997-03-18) (27 yosh)
Tavallud joyi Berlin, Germaniya
Boʻyi 1.80 m[2]
Ampluasi Chap qanot himoyachisi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
VfB Stuttgart
Raqami 7
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
SC Staaken
0000–2012 Hertha Zehlendorf
2012–2015 Hertha BSC
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2015 Hertha BSC II 17 (3)
2015–2023 Hertha BSC 145 (2)
2023– VfB Stuttgart 31 (2)
Milliy terma jamoa
2014–2015 Germaniya U-18 5 (0)
2015–2016 Germaniya U-19 8 (0)
2016–2018 Germaniya U-20 6 (1)
2018–2019 Germaniya U-21 5 (1)
2024– Germaniya 6 (1)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(21-may uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (19-iyun uchun)

Maksimilian Mittelstädt (1997-yil 18-mart) – Germaniyalik professional futbolchi, Bundesliga jamoasi VfB Stuttgart va Germaniya terma jamoasining chap qanot himoyachisi.

Karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mittelstädt futboldagi ilk qadamlarini besh yoshida SC Staaken yoshlar jamoasida qoʻygan. Keyinchalik faoliyatini Hertha 03 Zehlendorf safida davom ettirgan. 2012-yilda esa Hertha BSC yoshlar jamoasini uni oʻz tarkibiga qoʻshib oladi[3].

Mittelstädt Bundesligadagi debyutini 2016-yilning 2-martida Eintracht Frankfurtga qarshi oʻyinda zaxiradan maydonga tushgan holda oʻtkazgan[4][5]. 2018-yil 30-oktyabr kuni himoyachi DFB-Pokal doirasidagi SV Darmstadt 98ga qarshi uchrashuvda katta futboldagi ilk golini kiritdi[6].

2023-yilning 7-iyunida Mittelstädt boshqa bir nemis jamoasi VfB Stuttgart bilan uch yillik shartnoma imzoladi[7].

Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mittelstädt 2024-yil mart oyida ilk bor Julien Nagelsmann boshqaruvidagi Germaniya terma jamoasidan chaqiruv olgan.[8][9] U 23-mart kuni Fransiyaga qarshi uchrashuvda debyut qiladi[10]. Uch kundan soʻng himoyachi Gollandlarga qarshi kechgan bahsda debyut golini urgan[11].

Mittelstädt Germaniyaning UEFA Yevro 2024 turniridagi tarkibidan ham joy olgan[12].

Statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

2024-yil 18-may holatiga koʻra[13]
Klub safidagi liga doirasidagi va umumiy statistika
Klub Mavsum Liga Umumiy
Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Hertha BSC 2015–16 Bundesliga 3 0 3 0
2016–17 12 0 13 0
2017–18 11 0 14 0
2018–19 25 1 28 3
2019–20 26 1 28 2
2020–21 27 0 28 0
2021–22 25 0 26 0
2022–23 17 0 17 0
VfB Stuttgart 2023–24 Bundesliga 31 2 34 2
Umumiy 200 8 215 11

Terma jamoa[tahrir | manbasini tahrirlash]

2024-yil 19-iyun holatiga koʻra[14]
Terma jamoa safidagi statistikasi
Milliy jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Germaniya 2024 6 1
Umumiy 6 1

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Maximilian Mittelstädt - Player Profile“. Soccerway. Qaraldi: 2024-yil 7-iyun.
  2. „Maximilian Mittelstädt“. Hertha BSC. Qaraldi: 2022-yil 4-avgust.
  3. „Hertha-Youngster Maximilian Mittelstädt: "Mama, ich hab' einen Termin bei Preetz!"“ (de). Berliner Zeitung (2015-yil 5-sentyabr). Qaraldi: 2024-yil 27-mart.
  4. „Debüt Mittelstädt“ (de). Qaraldi: 2016-yil 4-mart.
  5. „Liveticker | Hertha BSC 2–0 Eintracht Frankfurt | 24. Spieltag | Bundesliga 2015/16“ (de). Kicker (2016-yil 2-mart). Qaraldi: 2024-yil 27-mart.
  6. Lange. „Pal Dardai wechselt in Darmstadt den Sieg ein“ (de). Berliner Morgenpost (2018-yil 30-oktyabr). Qaraldi: 2024-yil 27-mart.
  7. „VfB sign Maximilian Mittelstädt“. www.vfb.de/en (2023-yil 7-iyun). Qaraldi: 2023-yil 7-iyun.
  8. „Nagelsmann nominiert DFB-Kader: Sechs Neulinge dabei“ (de). Sportschau. Qaraldi: 2024-yil 27-mart.
  9. „Start ins EM-Jahr mit sechs Neulingen und sechs Rückkehrern“ (de). German Football Association (2024-yil 14-mart). Qaraldi: 2024-yil 14-mart.
  10. „Maximilian Mittelstädt "Hätte nicht schöner sein können"“ (de). Sportschau (2024-yil 23-mart).
  11. Veth, Manuel. „Nagelsmann Revolution Continues As Germany Beat The Netherlands 2-1“. Forbes (2024-yil 26-mart).
  12. „UEFA Euro 2024: All squads and players full list“. Olympics.com (2024-yil 7-iyun). Qaraldi: 2024-yil 7-iyun.
  13. „Maximilian Mittelstädt » Club matches“. WorldFootball.net. Qaraldi: 2018-yil 22-sentyabr.
  14. „Maximilian Mittelstädt international matches“. EU-Football.info (2024-yil 24-mart).