Matluba Eshonxoʻjayeva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Matluba Eshonxoʻjayeva

Matluba Eshonxoʻjayeva Oʻzbekiston Qizil Xoch jamiyati prezidenti Janob Ibodovdan Florence Nightingale medalini qabul qilib olmoqda (1972-yil)
Tavalludi 1920
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Kasbi hamshira
Millati oʻzbek[manba kerak]
Unvoni Florence Nightingale medali

Matluba Eshonxoʻjayeva (shuningdek, Matliuba Ichankhojaeva; 1920 — ?)[1] — 1972-yilning 25-fevralida Toshkent Madaniyat uyida Oʻzbekiston Qizil Xoch jamiyati prezidenti janob Ibodov tomonidan Florence Nightingale medali bilan taqdirlangan oʻzbekistonlik hamshira[2][3]. U Oʻttiz sakkiz yil davomida Toshkentda joylashgan 4-sonli bolalar poliklinikasida hamshira boʻlib ishlagan[2]. Shuningdek, koʻplab izdoshlarini bolalarga gʻamxoʻrlik qilish boʻyicha oʻqitgan. Hamshira Toshkentdagi zilzila paytida lagerlarda boshpana topgan jabrdiydalarni parvarishlash, epidemiyaga qarshi kurashni tashkil etishda salmoqli xizmat qilgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 TWENTY-THIRD AWARD OF THE FLORENCE NIGHTINGALE MEDAL — 14 bet. 
  2. 2,0 2,1 „Mavzu: Xamshiralik ishi faniga kirish. Xamshiralik ishining tarixi va rivojlanishi“ (o'zbekcha). hozir.org (Oʻzbekistonda bloklangan). — „O‘zbekistonlik hamshiralar Rixsi Mo‘minova, Salima Qublanova, Matluba Eshonxo‘jayeva Xalqaro Qizil Xoch jamiyatining oliy mukofoti – «Florens Naytingeyl» medali bilan taqdirlandilar.“. Qaraldi: 13-noyabr 2022-yil.
  3. ; D.U. ToxtamatovaHamshiralik ishi asoslari (pdf), «Tasvir» Nashriyot uyi, 2008-yil — 288 bet.