Hamshira

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Hamshira — oʻrta maʼlumotli tibbiyot xodimi. Davolash-profilaktika muassasalarida H. vrach yordamchisi boʻlib, u bilan hamkorlikda ish olib boradi. H. bemorlarni parvarish qilish, haroratni oʻlchash, dori tarqatish, davolash muolajalari (kom-press, gorchichnik qoʻyish va h.k.) va boshqa vazifalarni bajaradi. H.lar turli tibbiyot muassasalari (kasalxona, poliklinika, dispanser, sanatoriy va boshqalar) da, shuningdek, yasli va bolalar bogʻchasida xizmat qiladi. Hamshiralikka tibbiyot kollejlarida oʻqitiladi. Toshkent tibbiyot akademiyasida alohida fakultet mavjud boʻlib, unda oliy maʼlumotli H.lar tayyorlanadi.