Marzuban ibn Baxtiyor
Marzuban ibn Baxtiyor buvayhiy shahzodasi va Iroqning buvayhiy hukmdori Izz ud-Davlaning oʻgʻli.
Marzubanning hayoti haqida juda kam maʼlumot mavjud. 970-yilda turkiy sarkarda Buxtakin Azaruvayhning qiziga uylangan[1]. 975-yilda oilasining turli unvonlarga erishgan boshqa a'zolari va sarkardalar kabi Abbosiy xalifa at-Toiydan Eʼzoz ud-Davla (imperiyaning ud-davla istehkomi) unvonini olgan. 977-yilda otasi oʻz qarindoshi Adud ud-Davladan magʻlub boʻlgach, u otasi va amakilari bilan birga Damashqqa borgan. Alptakin ularni iliq kutib olgan boʻlsa-da, keyinroq Misrning Fotimiylar xalifaligi bilan boʻlgan harbiy toʻqnashuvga jalb qilgan.
Tez orada Ramlada Alptakin qoʻshini va Fotimiylar oʻrtasida jang boʻlib oʻtgan. Biroq, jang paytida Marzuban Alptakinga xiyonat qilib, jang maydonidan qochib ketgan[2]. Qisqa vaqt ichida Alptakin kuchlari magʻlubiyatga uchragan. Marzubanning amakisi Abu Tohir oʻldirilgan, boshqa amakisi Abu Isʼhoq Ibrohim esa fotimiylar tomonidan asirga olingan[2] . Shundan soʻng Marzuban haqida biror maʼlumot mavjud emas.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Amedroz & Margoliouth 1921, s. 302.
- ↑ 2,0 2,1 Amedroz & Margoliouth 1921, ss. 422–423.