Marokash arab
Marokash arab | |
---|---|
Milliy nomi | الداريجة |
Mamlakatlar | Marokash[1], Gʻarbiy sahroi kabir[2] va Jazoir |
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 27 500 000 |
Alifbosi | Arab alifbosi va Arab tili yozuvi |
Til kodlari | |
ISO 639-3 | ary[3] |
Arab tilining Marokash lahjasi yaʼni shevasi (arabcha: لهجة مغربية(mɑɣribi); arabcha: الدارجة ad-) dārija, soʻzma-soʻz maʼnoda „dialekt“; Shuningdek, Darija) – Marokashda keng tarqalgan boʻlib arab tilining soʻzlashuv xilma-xilligi va uslubi.
Marokash Qirolligining rasmiy tili adabiy arab tilidir . Biroq, aslida, Marokash aholisi orasida mahalliy dialektning tarqalish va foydalanish darajasi juda yuqori boʻlganligi sababli Adabiy arab tili, baʼzan fransuz tili bilan birga, rasmiy sharoitlarda, yozuvda, taʼlim tizimida va ommaviy axborot vositalarida qoʻllanadi. Boshqa hududlarda Darija va baʼzi hollarda berber tillari deyarli toʻliq ustunlik qiladi. Dialekt rasmiy ravishda yozilmagan, ammo baʼzida arab yozuvi va lotin yozuvidan foydalangan holda mahalliy nutqning oʻziga xos xususiyatlarini yetkazish uchun ogʻzaki tilning ham yozuvi mavjud.
Leksik va grammatik tomondan olinsa Marokash Darija adabiy arab tilidan ancha uzoqlashgan va boshqa (magʻrib boʻlmagan) arab lahjalarida soʻzlashuvchi xalqlar uchun deyarli tushunarsizdir.
Lugʻatda ispan va koʻproq darajada fransuz tilining taʼsiri bor.
Marokashning arab tilisi toʻrtta asosiy dialektga boʻlingan. Fos, Rabat, Sale va Tetouan shahar lahjalari (mdini) sezilarli Andalusiya arab taʼsiriga ega. Togʻ lahjasi (Jebli) asosan shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan boʻlib, mahalliy aholining eng qadimgi Amazigh tilining baʼzi xususiyatlarini oʻz ichiga oladi. Badaviy lahjasi (arubi) vodiylarda (Gharb, Shavia, Dukkala va boshqalar) Atlantika sohilida joylashgan jamoalarda rivojlangan; shuningdek, vodiylarda (Marrakesh, Tadla va Sousse yaqinidagi Xauz) ichki qismida joylashgan. Toʻrtinchisi, Sahroi Kabirning baʼzi hududlarida qoʻllanadigan Hasaniya dialekti.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Arab tili Marokashga bir nechta yoʻllar bilan yetib kelgan: 7-asrda Okba ben Nafi[4] qoʻshinlari bilan, soʻngra 9-asrda Fosdagi Al-Karauin masjidida universitet tashkil etilishi bilan tilning rivojlanishiga yangi imkon yaratildi. XII-XIII asrlarda arab badaviy qabilalari Hiloli va Maakili Marokashga, XIV asrda esa Rekonkista, Andalusiya arab qabilalari koʻchib oʻtgan.
Fonetika
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gazetalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hozirda kunda Marokashda arab tilida kamida uchta gazeta nashr etib kelinadi. Telkel jurnali, shuningdek, Nichane deb nomlangan marokash-arabcha versiyada nashr etiladi.
Marokash lahjasida nashr etiladigan „standart“ haftalik bepul jurnal ham mavjud boʻlib: Khbar Bladna (Mamlakatimiz yangiliklari) deb nomlanadi.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Кямилев С. Х.. Марокканский диалект арабского языка, 1700 экз, Языки народов Азии и Африки, М.: Наука (ГРВЛ), 1968.
- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ (unspecified title)
- ↑ „Окба бен Нафи в истории Туниса“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 31-mart.