Kontent qismiga oʻtish

Amazigh tili

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Berber tilidan yoʻnaltirildi)
berber tili (xaritasi)

Berber tiliberberlar tili. Xom-som tillari oilasiga mansub. Liviya, Tunis, Jazoir, Marokash, Mavritaniya, Mali, Yuqori Volta, Niger, Nigeriya, Chad va boshqa mamlakatlarda tarqalgan. 300 ga yaqin shevalardan tarkib topgan. Bularni beshta asosiy lahja guruhlariga birlashtirish mumkin: tuareg lahjasi (Liviya, Jazoir, Mali, Niger, Nigeriya, Chad), zenet lahjasi (Jazoir, Shimoliy Marokash), tamaziy lahjasi (Marokash), tashelhayt lahjasi (Marokash), zenaga lahjasi (Mavritaniya). Misr, Suriya, Liviya, Tunis va Mavritaniyada arab tili berber tilini siqib chiqarayotgan boʻlsa, Jazoir va Marokashda berber tilida soʻzlashuvchilar yil sayin koʻpaymoqda. Berber tilida urgʻu juda kuchsiz. Oʻzak bir, ikki, uch, hatto to'rt undoshdan tuziladi. Berber lahjalarining fonetik, morfologik, sintaktik va leksik birligi yagona berber tili mavjudligiga asos boʻladi. Berber, arab va lotin alifbolari yordamida berber tili va uning lahjalarini yozib olishga harakat qilingan[1].

  1. "Amazigh tili" OʻzME. B-harfi (Wayback Machine saytida 2019-12-11 sanasida arxivlangan) Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil