Markaziy Osiyo—Markaz magistral gaz quvuri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Markaziy Osiyo—Markaz magistral gaz quvuri
Markaziy Osiyo—Markaz magistral gaz quvuri joylashuvi xaritasi
Joylashuv
Mamlakat Turkmaniston, Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Rossiya
Umumiy yoʻnalish janub—shimol—sharq
Boshlanish nuqtasi Davlatobod gaz koni va Okarem, Turkmaniston
Oʻtgan hudud Shatlyk gaz koni, Xiva, Qoʻngʻirot, Cheleken, Beyneu
Tugash nuqtasi Alexandrov Gay, Rossiya
Kesib oʻtgan Amudaryo
Asosiy maʼlumot
Turi tabiiy gaz quvuri
Sheriklar Gazprom
Türkmengaz
Oʻzbekneftgaz
QazMunayGaz
Ishga tushirilgan 1969
Texnik maʼlumot
Uzunlik 2,000 km (1,200 mi)
Maksimal oʻtkazuvchanlik 90 mlrd kub metr

Oʻrta osiyo markaz magistral gaz yoʻli — Rossiyaning sanoat rayonlarini Oʻzbekiston va Turkmanistondagi gaz konlaridan olinadigan tabiiy gaz bilan taʼminlaydigan yirik gaz quvuri. Uning 1navbati 1967-yilda ishga tushirilgan, unda diametri 700 dan 1220 mm gacha boʻlgan quvurlar qoʻllanilgan. Umumiy uz. 6542,1 km. Shatlik (Turkmaniston) gaz koni ochilishi bilan magistralning yana bir yoʻli qurilib, ishga tushirilgan. Uni qurishda katta diametr (1420 mm)li quvurlardan, zamonaviy gaz tortuvchi agregatlardan foydalanilgan. Magistralning 1, 2, 3gaz quvurlariga Uchqur va Shaxpaqti (Oʻzbekiston) hamda Gugurtli, Naip, Ochoq (Turkmaniston), 4gaz quvuriga Shatlik, Bayramali va Kirpichli konlaridan gaz olingan. Magistralning umumiy uz. (bir izli hisobda) 1350 ming km ni, jumladan, Oʻrta Osiyo hududida 4,35 ming km, Oʻzbekiston hududida 1490,6 km ni tashkil qiladi. 2004-yilda Rossiyaning „Gazprom“ kompaniyasi bilan „Oʻzbekneftgaz“ milliy xolding kompaniyasi oʻrtasida hamkorlikda Shaxpaqti (Chaqmoqli) konini qayta rekonstruksiya qilish investitsiya loyihasi boʻyicha mahsulotni boʻlish va Rossiya hissasini mazkur magistral orqali joʻnatish haqida uzoq muddatli bitim imzolandi. Oʻzbekiston hududida gaz yoʻliga „Oʻzneftgaz“ milliy xolding kompaniyasiga qarashli „Oʻztransgaz“ aksiyadorlik jamiyati xizmat koʻrsatadi. Magistral tizimida yirik gaz kompressor st-yalari qurilgan. 2004-yilda bu magistral orqali Oʻzbekistondan 7 mlrd. m3gaz eksport qilindi.