Mariya Markova
Mariya Markova | |
---|---|
Tavalludi | 1982-yil 5-fevral |
Ijod qilgan tillari | rus tili |
Fuqaroligi | Rossiya |
Veb-sayti | |
www.mmavochka.livejournal.com |
Mariya Aleksandrovna Markova (1982-yil 5-fevral, Shmidt burni) – rus shoirasi, Rossiya Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi. Rossiya Federatsiyasi Prezidentining yosh madaniyat arboblari uchun mukofoti (2011) hamda boshqa bir qator mukofotlar sovrindori hisoblanadi[1].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mariya Markova geolog-razvedkachilar oilasida Chukotkada tugʻilgan, bolaligida Vologda viloyatiga koʻchib kelgan, 2008-yildan beri Vologda shahrida istiqomat qilmoqda. VDPU filologiya fakultetida taʼlim olgan. She’r yozishni maktabda boshlagan boʻlib, 2005-yilda „Upoenie“ nomli kichik sheʼriy toʻplami nashr etilgan. Shundan soʻng „Myod – chervotochina“ (2007) kitobi ham chop etilgan. Mariya Markovaning eng eʼtiborga molik asarlari adabiy davriy nashrlarda: „Literaturnoy gazete“, „Znamya“, „Drujba narodov“, „Deti Ra“, „Sibirskie ogni“ va boshqa jurnallarda eʼlon qilingan. 2008-yilda Rossiya Yozuvchilar uyushmasiga aʼzo boʻlgan.
Shoira 2005-yildagi Ilya mukofoti finalchisi, „Silver Sagittarius“ xalqaro she’riyat mukofoti sovrindori (2008)[2][3]. Xalqaro Voloshin tanlovining ikki marta gʻolibi boʻlgan: 2008-yilda oʻzining sheʼrlar toʻplami va 2010-yilda „Ray (Jannat)“ nomli kitobining qo‘lyozmasi bilan[4][5]. Rossiya yosh yozuvchilarining X forumida ishtirok etgan, forum yakuniga koʻra Rossiya Federatsiyasi Madaniyat vazirligining Davlat stipendiyasiga tavsiya etilgan.
2011-yilda Mariya Aleksandrovna Rossiya Federatsiyasi Prezidentining 2010-yilgi yosh madaniyat arboblari uchun mukofotiga „Rossiya she’riyati anʼanalarini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun“ degan taʼrif bilan sazovor boʻldi. Oʻsha yili „Randevu“ jurnali versiyasi boʻyicha „Yilning eng yaxshi yozuvchisi“ deb tan olingan edi.
Mariya Markovaning birinchi „rasmiy“ she’rlar to‘plami 2012-yilda „Voymega“ nashriyotida „Solominka“ nomi ostida nashr etildi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Stranitsa Marii Markovoy[sayt ishlamaydi]Andoza:Недоступная ссылка na ofitsialnom forume Vologodskogo otdeleniya Soyuza rossiyskix pisateley.
- ↑ „Финалисты Илья-Премии-2005“. 2012-yil 10-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 24-sentyabr.
- ↑ „Конкурс на соискание международной поэтической премии имени Петра Вегина“. 2010-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 24-sentyabr.
- ↑ „Итоги VI-го Международного литературного Волошинского конкурса“. 2010-yil 26-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 24-sentyabr.
- ↑ „Newsvo.ru: Вологодские поэтессы Ната Сучкова и Мария Маркова вошли в число победителей на Волошинском фестивале“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 24-sentyabr.