Marion Coutts

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Marion Coutts
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 1965-yil
Fuqaroligi Britaniya
Turmush oʻrtogʻi Tom Lubbock
Guruh Dog Faced Hermans
Janr post-punk
Faoliyat yillari 1986-1995
Veb-sayt http://marioncoutts.com/

Marion Coutts (1965-yilda tug'ilgan) - montajchi rassom sifatidagi o'n yillik faoliyati davomida Dog Faced Hermans guruhining yetakchi ayoli bo'lib tanilgan Britaniyalik haykaltarosh, fotograf, kinorejissyor, muallif va musiqachi[1]. 2014-yilda u o'zining tanqidiy maqtovlarga sazovor bo'lgan "The Iceberg" memuarini nashr etdi[2].

Musiqa[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kollejda tahsil olayotgan vaqtlarida, Coutts "Volunteer Slavery" nomli improvizatsiya musiqiy loyihasiga qo'shiladi. Rahsaan Roland Kirkning albomi sharafiga nomlangan bu ansamblni uch erkak va uch ayol tashkil etadi va ular asosan gitara, moy barabanlari va boshqa zarbli musiqiy asboblarida cholg'u chalishadi[3]. Ularning birinchi konserti Buyuk Britaniya konchilarning ish tashlashini qo'llab-quvvatlashga yordam bergan. Garchand guruh bir yarim yil davomida hech qanday rasmiy qo'shiq yozmagan bo'lsa-da, ularning yozib olingan namoyish tasmasi Internetda qayta paydo bo'lgan[4].

Dog Faced Hermans[tahrir | manbasini tahrirlash]

1986-yilda "Volunteer Slavery" guruhining uchta a'zosi guruh faoliyatini jiddiyroq davom ettirishni rejalashtirishadi va Coutts ularning vokalchisi bo'lishga qiziqish bildiradi. Frankenstein filimida yuzaga kelgan noaniq kesatiqdan keyin, ular guruh nomini "Dog Faced Hermans"ga o'zgartirib, o'z musiqalarini "Volunteer Slavery"ning ba'zi eksperimental elementlarini saqlab qolgan holda qisqaroq qo'shiqlarga aylantirishadi[5]. Coutts qo'shiq yozish va kuylash bilan birga, cowbell va truba cholg'u asboblarini birlashtirib ijro etish orqali guruhga o'ziga xos ovoz berib turgan[6].

Dog Faced Hermans Buyuk Britaniya bo'ylab sayohat qilib, 1989-yilda Amsterdamga ko'chib o'tgunga qadar bir nechta disklar chiqaradi. Bu davrda Coutts, Britaniya Kengashi stipendiyasi bo'yicha Polshaning Vrotslav shahridagi Davlat sanʼat maktabida bir yil o'qiydi. 1990-yilda u Gollandiyada o'z guruhiga qo'shiladi va guruh yana to'rttadan ortiq albomlar chiqarishni boshlaydi. Guruh 1995-yilda butun dunyo bo'ylab yangi loyihalar uchun tarqalishidan oldin Yevropa va Shimoliy Amerika bo'ylab sayohat qilishadi. Shundan so'ng Coutts o'z san'atiga e'tibor qaratish uchun Buyuk Britaniyaga qaytib keladi[7].

Ishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Diskografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Humans Fly (Calculus, 1988)
  • Everyday Timebomb (Vinyl Drip, 1989)
  • Mental Blocks For All Ages (Konkurrel Records/Project A Bomb, 1991)
  • Hum of Life (Konkurrel/Project A Bomb, 1993)
  • Bump and Swing (Konkurrel/Alternative Tentacles, 1994)
  • Those Deep Buds (Konkurrel/Alternative Tentacles, 1994)[8]

Haykaltaroshlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Fresh Air (1998)
  • Souvenir (2000)
  • Decalogue (2001)
  • For The Fallen (2001)
  • Prophet (2001)
  • Sibyl (2001)
  • Cult (2002)
  • Everglade (video, 2003)[9]
  • Money (2003)
  • Tenner (2003)
  • abcdefg (2007)
  • Reading Column (2008)
  • Twenty-Six Things (16mm film, 2008)[10]

Film va video[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kitoblar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Marion Coutts (FVU, 2003)[9]
  • Until Further Notice, I Am Alive (introduction, Granta, 2012)
  • The Iceberg (Atlantic, 2014)

Namoyishlar[tahrir | manbasini tahrirlash]


Mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Wolk, Douglas „Dog Faced Hermans“. Trouser Press (1998). Qaraldi: 2016-yil 3-dekabr.
  2. Hadley, Tessa. „The Iceberg: A Memoir by Marion Coutts – review“ (2014-yil 9-iyul). Qaraldi: 2016-yil 5-dekabr.
  3. . BBC. FSD. 25 May 1988.
  4. https://en.wikipedia.org/wiki/Special:BookSources/978-1901447361 Robb, John (2009). Death to trad rock. London: Cherry Red Books.
  5. https://en.wikipedia.org/wiki/Special:BookSources/978-1901447361
  6. Law, KAtie (30 June 2014). "It was my duty to stop Tom being destroyed before his death — and Eugene by it". Evening Standard. Retrieved 5 December 2016https://en.wikipedia.org/wiki/Evening_Standard
  7. https://www.theguardian.com/theobserver/2001/dec/30/features.review27 The Guardian. Retrieved 5 December 2016.
  8. Harris, Craig „The Dog Faced Hermans" Album Discography“. AllMusic. Qaraldi: 2017-yil 9-yanvar.
  9. 9,0 9,1 „Everglade“. FVU. Arts Council England. Qaraldi: 2016-yil 5-dekabr.
  10. „Twenty Six Things“. Wellcome Collection. 2016-yil 29-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 5-dekabr.
  11. 11,0 11,1 Cousot, Stéphane „Andy Moor“ (French). www.actoral.org (2008-yil 10-oktyabr). 2017-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-sentyabr.
  12. http://www.marioncoutts.com/info.html Retrieved 5 December 2016.
  13. Thorpe, Vanessa. „Welcome to my world“. The Guardian (2001-yil 20-dekabr). Qaraldi: 2016-yil 5-dekabr.
  14. „Cult“. Chisenhale Gallery. 2017-yil 11-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 5-dekabr.