Marina Sisoyeva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Marina Sisoeva Марина Сысоева
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Ayol
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 30-may 1993-yil (1993-05-30) (30 yosh)
Fargʻona, Oʻzbekiston
Sport
Qaysi sport Ogʻir atletika
Sport mukofotlari
Osiyo chempionati
Kumush Pxyontxek 2012 48kg gacha
Bronza Ostona 2013 48kg gacha

Marina Sisoeva (1993-yil 30-may, Fargʻona, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik ogʻir atletikachi, Oʻzbekiston terma jamoasi a’zosi. 2012-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi, Osiyo chempionati sovrindori, ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasida Osiyo chempioni, ogʻir atletika boʻyicha Afrika-Osiyo chempionati chempioni.

Sportdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yilda Toshkent shahrida oʻtkazilgan ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida Marina oltin medalni qoʻlga kiritdi[1].

2012-yilda Londondagi (Buyuk Britaniya) XXX yozgi Olimpiya oʻyinlarida 48 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida Marina siltalab koʻtarishda dastlabki ikki urinishda 79 kilogrammni koʻtara olmadi, uchinchi urinishda esa 80 kilogramm toshni koʻtara olmadi va shu tariqa Olimpiya oʻyinlaridagi koʻrsatkichini yakunladi[2]. Pxyontxek shahrida (Koreya Respublikasi) ogʻir atletika boʻyicha oʻtkazilgan Osiyo chempionatida 48 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida u jami 178 kilogramm natijani qayd etib, kumush medal sohibasi boʻldi[3].

2013-yilda Vrotslavdagi (Polsha) ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionatida 53 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida jami 190 kilogramm natija bilan ettinchi oʻrinni egalladi[4]. Ostona (Qozog'iston) shahrida oʻtkazilgan ogʻir atletika boʻyicha Osiyo chempionatida u jami 186 kg toshni koʻtarib, qit’aning bronza medalini qoʻlga kiritdi[5][6].

2014-yilda Inchxonda (Koreya Respublikasi) boʻlib oʻtgan Yozgi Osiyo oʻyinlarida 53 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida u jami 206 kilogramm koʻtargan boʻlsa-da, faqat atigi toʻrtinchi oʻringa tushdi[7]. Olma-Otada (Qozog'iston) ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionatida Marinaning doping-testi ijobiy chiqdi va u 10 oyga sportdan chetlashtirildi[8].

2015-yilda Xyustonda (AQSH)  oʻtkazilgan ogʻir atletika boʻyicha jahon chempionatida u jami 200 kg tosh koʻtarib, yettinchi oʻrinni egalladi. 2016-yilda Iordaniyada oʻtkazilgan ogʻir atletika boʻyicha Afro-Osiyo chempionatida 53 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida dast koʻtarishda 82 kilogramm, siltab koʻtarishda 103 kilogramm ogʻirlikdagi shtangani koʻtarib,   185 kg natijani qayd etib, bu unu oltin medalni qoʻlga kiritish uchun asos boʻldi[9]. Toshkentda oʻtkazilgan ogʻir atletika boʻyicha Osiyo chempionatida u jami 198 kg toshni koʻtarib, yakuniy yettinchi oʻrinni egalladi[10].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Наши первые медали чемпионата Азии по тяжелой атлетике среди юниоров и молодежи“ (ru). UzReport.news. Qaraldi: 2021-yil 21-avgust.
  2. UzDaily. „Лондон-2012: Марина Сысоева завершила свое выступление“ (ru). UzDaily.uz. Qaraldi: 2021-yil 21-avgust.
  3. https://iwf.sport/wp-content/uploads/downloads/2012/04/Results_book_Asian_Ch_KOR_2012.pdf
  4. „Впервые чемпионом мира по тяжелой атлетике стал узбекистанец“ (ru). Podrobno.uz. Qaraldi: 2021-yil 21-avgust.
  5. „Узбекская штангистка Марина Сысоева «взяла» бронзу чемпионата Азии по тяжелой атлетике | Вести.UZ“. vesti.uz. Qaraldi: 2021-yil 21-avgust.
  6. http://www.a-w-f.net/images/results/Results%20of%2025th%20Senior%20Women%27s%20&%2044th%20Senior%20Men%27s%20Asian%20Weightlifting%20Championships%2020-26%20June%202013%20Astana%20,%20Kazakhstan.zip[sayt ishlamaydi]
  7. https://iwf.sport/wp-content/uploads/downloads/2014/09/AG2014_Startlist_Package_v1.1.pdf
  8. „Sanctions“ (en-US). Qaraldi: 2021-yil 21-avgust.
  9. „Тяжелоатлетки Узбекистана завоевали 16 медалей в Иордании“ (ru). Газета.uz (2016-yil 6-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 21-avgust.
  10. „Сысоева - седьмая“ (ru). sport.ziyonet.uz. Qaraldi: 2021-yil 21-avgust.