Kontent qismiga oʻtish

Margarete Zuelzer

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Margarete Zuelzer

1902-yil Zuelzer Geydelbergdagi yozgi semestr talabalik vaqtida
Tavalludi 2-fevral 1877-yil
Vafoti 29-avgust 1943-yil(1943-08-29)
(66 yoshda)
Niderlandiya,Vesterbork konslageri
Fuqaroligi German
Taʼlimi
Unvoni PhD (1904)

Margarete Hedwig Zuelzer (1877-yil 2-fevral – 1943-yil 29-avgust) – nemis biologi va zoologi boʻlib, protozoalarni oʻrganishga oid tadqiqotlar olib borgan.

Margarete Zuelzer yahudiy toʻqimachilik ishlab chiqaruvchisi Julius Zuelzer (1838-1889) va Henriette née Friedlaenderning (1852-1931) qizi edi. U Berlin universiteti va Heidelberg universitetilarida tabiiy fanlar boʻyicha tahsil olgan. Margarete Hedwig Zuelzer Germaniyadagi universitetda rasman oʻqigan ayollarning birinchi avlodidan biri edi[1]. Ayniqsa, ilm-fanni oʻrganish oʻsha paytlarda ayol uchun shunchalik noodatiy ediki, Zuelzer oʻz professorlarining har biridan ularning darslarida qatnashish uchun maxsus ruxsat olishga majbur boʻldi[2]. Zuelzer 1904-yilda protozoa Difflugia urceolata Carter boʻyicha dissertatsiyasi bilan doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan[3]. Bu uni Heidelberg universitetida doktorlik darajasini qoʻlga kiritgan 37-ayol va uning tabiiy fanlar fakultetida doktorlik darajasini qoʻlga kiritgan oltinchi ayol hisoblanardi[4].

1907-yilda Margarete Hedwig Zuelzer Berlindagi suv tozalash markazida yordamchi lavozimida ishladi. 1916-yilda Zuelzer Imperator sogʻliqni saqlash vazirligida (Kaiserliches Gesundheitsamt), keyinchalik Reyx sogʻliqni saqlash vazirligida (Reichsgesundheitsamt) ishlashni davom ettirdi[5]. 1919-yildan keyin u Berlin-Dahlemdagi Protozoa laboratoriyasini boshqargan va doimiy ravishda maslahat kengashidagi kam sonli, baʼzan yagona ayollardan biri boʻlib ishlagan[1].

1926-yildan 1929-yilgacha u Gollandiya hukumati tomonidan Niderlandiya Sharqiy Hindistonni, xususan Bali, Sumatra va Yavada „Weil kasalligi“ boʻyicha tadqiqot olib borishga taklif qilingan[1]. U yerda Margarete Zuelzer nemis-golland biologi Uilhelm Schüffner bilan doʻstlashdi[1].

Uning taniqli rassom singlisi Gertrud Zuelzer 1942-yil sentabr oyida hibsga olindi va Shveytsariyadan Germaniyaga qochib ketish urinish muvaffaqiyatsiz yakunlanganidan keyin Theresienstadtga yuborildi. Margarita ovqat evaziga Gertrudga kiyim-kechaklar va rangli qalamlar yuboradi. Gertruda bu qalamlar bilan boshqa mahbuslarning portretlarini chizadi. Singlisi Gertrud tirik qolishiga Margaretning joʻnatmalari sabab qilib koʻrsatadi[6][7].

1943-yilning aprel oyida Margarete Zuelzer Amsterdamdagi yahudiylarning gettosiga koʻchib oʻtishga majbur boʻldi. 21-may kuni u Vesterbork konslageriga yuborildi. Deportatsiya qilinishidan oldin uning doʻsti va hamkasbi Vilgelm Shuffner u uchun maxsus lavozim topishga uringan[5]. Margarete Hedwig Zuelzer 1943-yil 23-avgust kuni 66 yoshida Vesterbork konslagerida ochlikdan vafot etdi[2][5][8].

2012-yilda Berlindagi Eichkampstrasse 108da uning xotirasiga Stolperstein („qoqilgan tosh“) qoʻyildi, bu uning shahardagi soʻnggi qarorgohi edi[8].

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 „Zuelzer / Stolperstein-Initiative Berlin Siedlerverein Eichkamp / Berlin, Charlottenburg“. www.siedlung-eichkamp.de. Qaraldi: 2016-yil 7-iyun.
  2. 2,0 2,1 Vogt, Annette B. (1 March 2009). "Margarete Zuelzer". Jewish Women: A Comprehensive Historical Encyclopedia. Jewish Women's Archive. http://jwa.org/encyclopedia/article/zuelzer-margarete. Qaraldi: 7 June 2016. 
  3. Bibliographie Der Deutschen Naturwissenschaftlichen Litteratur (German). German Bureau of International Bibliography, 1904. 
  4. Universitätsarchiv Heidelberg, Sign. H-V-5/2
  5. 5,0 5,1 5,2 Bogdanov, Franziska „Das Leben wird anders schauen nach dieser Schreckenzeit“. Issuu 40–41. Jewish Museum Berlin (2015). Qaraldi: 2016-yil 7-iyun.
  6. Bloch, Max. „Gertrud und Margarete Zuelzer: Zwei Schwestern im Holocaust.“ Aschkenas 2014; 24(1):195–213.
  7. Strassmann, W. Paul. The Strassmanns: Science, Politics and Migration in Turbulent Times (1793–1993) (en). Berghahn Books, 15 June 2008. ISBN 9781845454166. 
  8. 8,0 8,1 Vogt, Annette. „In Memoriam: Margarete Zuelzer.“ 9 February 2012. Accessed 7 June 2016.
  • Bloch, Max. „Gertrud und Margarete Zuelzer. Zwei Schwestern im Holocaust.“ Aschkenas, Vol. 24 (2014), Issue 1, pp. 195–214.
  • Bogdanov, Franziska. „Das Leben wird anders schauen nach dieser Schreckenszeit. Der Nachlass von Gertrud und Margarete Zuelzer im Jüdischen Museum Berlin.“ Journal of the Jewish Museum Berlin. Volume 13 (2015), pp. 40–41.