Maragʻa rasadxonasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Maragʻa rasadxonasi - Eronning Maragʻa shahri yonidagi tepalikka qurilgan rasadxona; 13-asrning 2-yarmida eronlik mashhur astronom Nasriddin at-Tusiy rahbarligida dengiz sat-xidan 1600 m balandlikda bunyod etilgan. Maragʻa rasadxonasida 10 dan ortiq yirik astro-nomik uskunalar boʻlib, eng kattasi meridian tekisligida joylashgan radiusi 18,4 m ga teng kvadrant. Devoriy kvadrantning radiusi esa 3,2 m. Bulardan boshqa armillyar sfera, azimutal asbob va boshqa boʻlgan. Rasadxonada turli mamlakatlardan 100 dan ortiq olimlar kelib ishlagan. Rasadxona qoshidagi yirik kutubxonada bir necha yuz ming qoʻlyozma asarlar mavjud boʻlgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil