Microsoft Excel

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Microsoft Excel (Windows)
Microsoft Excel 2007 ramzi

Microsoft Excel
MuallifMicrosoft Corporation
Ishlab chiqaruvchiMicrosoft
tashkil topdi:1988-yil
Eng so‘nggi versiyasi15.0.4693.1000; 2015-yil mart / 2015-yil
Operatsion sistemaMicrosoft Windows, macOS, iOS,Android, Windows Mobile
Statusjadval muharriri
LitsenziyaEULA
Microsoft Excel (Mac OS X)
Fayl:Excel 2008 mac os x.jpg
Microsoft Excel 2008
MuallifMicrosoft Corporation
Ishlab chiqaruvchiMicrosoft
tashkil topdi:1985-yil 30-sentabr
Eng so‘nggi versiyasi14.1.0 Build 110310 (2011) / 2011-yil
Operatsion sistemaMicrosoft Windows, macOS, iOS,Android, Windows Mobile
Statusjadval muharriri
LitsenziyaEULA

Microsoft Excel (baʼzan Microsoft Office Excel deb ataladi[1]) — Microsoft korporatsiyasi tomonidan Microsoft Windows, Windows NT va Mac OS, shuningdek Android, iOS,Windows Phone uchun yaratilgan elektron jadvallar bilan ishlash uchun dastur. U iqtisodiy-statistik hisob-kitoblar, grafik vositalar imkoniyatlarini taqdim etadi. Mac OS X platformasidagi Excel 2008 ning dasturlash tili VBA (Visual Basic for Application). Microsoft Excel Microsoft Officening tarkibiy qismi hisoblanadi  va bugun Excel dunyodagi eng mashxur ilovalar qatoriga kiradi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Elektron jadvallar hayotning har xil sohasida uchraydigan, avvalambor hisoblash va iqtisodiy masalalarni echishda, jumladan, berilganlarni tez oʻzgartirib turuvchi masalalarni tezkor ravishda qayta ishlab chiqishda, masalan, bank hujjatlari bilan ishlash kabi keng koʻlamli masalalarni yechishda qoʻllaniladigan oʻta quvvatli vosita hisoblanadi. Hisoblash elektron jadvalining dastlabki dasturi 1979-yili Visicals (Visiblencalculators-koʻrinib turuvchi kalkulyator) nomi bilan Software Arts firmasida chiqqan. Bu dastur Apple II kompyuteri uchun ishlab chiqilgan va koʻp jihatdan uning bozorda ommabopligi aniqlandi. 1981-yil IBM PS kompyuteri paydo boʻlishi bilan bu tipdagi kompyuterlar uchun elektron jadvallar ishlab chiqila boshlandi. Visicals va Supercals dasturlarining yangi koʻrinishlari paydo boʻldi, shu bilan birgalikda Microsoft-Multiplan firmasining birinchi amaliy dasturi paydo boʻldi va u elektron jadvallar yangi avlodining yorqin yulduziga aylandi. Hisoblashlar natijalarini koʻrgazmaliroq tasvirlash uchun joylashtirilgan grafik rejimlarining paydo boʻlishi, bu elektron jadval rivojlanishining navbatdagi qadami boʻldi. 1983-yil LOTUS firmasining 1-2-3 paketlari chiqib, kutilgandan ham ziyodroq muvaffaqiyatga erishdi.

Ammo 1997-yil Microsoft firmasi tomonidan Excel dasturi taqdim etildi, u hozirgi kunda ham oʻz sinfidagi eng quvvatli dastur hisoblanadi. Shubha yoʻqki, Excel eng ommabop dasturlardan biridir. Bu dastur ixtiyoriy axborotni (matnlar, sonlar, sana va hokazolarni) qayta ishlab chiqish va saqlash imkonini beribgina qolmasdan, balki qilgan ishingiz natijasini bezash, koʻrgazmaliroq koʻrsatish va chop etish imkoniyatini beradi. Bunda siz WinWord dasturidagi tahrirlash vositalaridan foydalanishingiz mumkin. Dastlab Excelning ommaviy imkoniyatlarini oʻzlashtirish qiyin emas, ammo dasturning murakkabligi va imkoniyatlarining juda kengligi sababli ular bilan tanishish uzoq davom etishi mumkin, binobarin, aynan ish jarayonida uning yangi-yangi imkoniyatlarini koʻrish mumkin.
Elektron jadvallar hayotning har xil sohasida uchraydigan, hisob va iqtisodiy masalalarni echishda, jumladan, oldindan tayyor boʻlgan maʼlumotlarni tezkor ravishda qayta ishlab chiqishda yoki sonli xisobotlar bilan ishlash kabi keng koʻllamli masalalarni echishda qoʻllaniladigan oʻta qulay vosita hisoblanadi. Yuqorida taʼkidlanganidek, 1982-yil Microsoft CP/M tizimlarida juda ommabop boʻlgan ilk jadval protsessori Multiplanni  bozorga chiqardi, ammo u MS-DOS tizimlarida Lotus 1-2-3 dasturidan ortda qolardi. Excelning ilk versiyasi Mac uchun moʻljallangan edi va 1985-yil chiqarilgan, Windows uchun versiyasi esa 1987-yil noyabrda ishlab chiqilgan. Lotus Windows uchun dasturini moslashtirishga shoshilmadi bu esa 1988-yildan Excelning undan oʻtib ketishiga sabab boʻldi. Microsoft har bir yangi versiya uchun oʻz mavqeyini mustahkamlay boshladi. Windows platformasiga moʻljallangan hozirgi versiyasi Excel 16, Mac OS X uchun esa Microsoft Excel 2012 dir.

Boshida Excel nomi bilan bogʻliq muammo paydo boʻldi, negaki boshqa kompaniya shu nomdagi dasturlar paketi bilan savdo qilardi va Microsoftni sudga beradi. Shu sababli bundan buyon Microsoft har qanday hujjatlarda dastur nomini Microsoft Excel deb yuritishga majbur boʻladi. Keyinchalik Microsoft kompaniyasining shu nomdagi dasturlarni sotib olishi natijasida muammoga barham berildi. Kompaniya dasturning qisqartmasi sifatida XL harflaridan foydalanishga qaror qildi va bu hozirgacha davom etmoqda, Excel faylarini kengaytmasi esa  —. xls. Birinchi jadval muharrirlari bilan taqqoslaganda Excel foydalanuvchiga keng imkoniyatlarni taqdim etadi.

Excel foydalanuvchiga ekraning oʻzida jadvalning koʻrinishini, shriftlar, belgilar va katak tashqi koʻrinishini  oʻzgartirish imkonini bergan ilk jadval muharriridir. Yana u kataklarning aqlli hisobini chiqarib beradigan dastur edi. 

1993-yilda ilk marotaba Microsoft Officeʼga birlashtirilish munosabati bilan  Microsoft Word va Microsoft PowerPoint Excelʼga monand grafik interfeysga ega boʻlishdi.

1993-yildan boshlab Excel tarkibiga Visula Basic'ga asoslangan Excel masalalarini avtomatlashtirish imkonini beruvchi  dasturlar uchun Visual Basic dasturlash tili kiritiladi. VBA foydalanuvchi bilan aloqa qilish formalarini yaratishga imkon beradi. Bu til DLL (ing. Dynamic Link Library-dinamik kutubxona)ni qoʻllashi (yaratishi emas) mumkin. 

VBAning funksionalligi Excelni makroviruslar uchun oson nishonga aylantirdi. Bu antivirus mahsulotlari ularni topishni oʻrganmagunlarigacha katta muammo boʻlib qoldi. Shu sababli Microsoft quyidagi himoya turlarini tanlash imkonini oʻz dasturiga qoʻshdi:

Excelning 5.0 dan 9.0 gacha versiyalari oʻzida turli „yashirin sir“larni saqlaydi, ammo 10-chi versiyadan soʻng Microsoft ularni yoʻq qilish chora-tadbirlarini qoʻllay boshladi .

Versiyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Windows uchun versiyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1988-yil — Excel 2.0
  • 1990-yil — Excel 3.0
  • 1992-yil — Excel 4.0
  • 1993-yil — Excel 5.0 (Office 4.2 va 4.3, faqat Windows NT uchun 32 bitli versiyasi ham bor)
  • 1995-yil — Excel 7 Windows 95 uchun (Microsoft Office 95 paketiga qoʻshilgan)
  • 1997-yil — Excel 97 (Microsoft Office 97 paketiga qoʻshilgan)
  • 1999-yil — Excel 2000 (9) — Microsoft Office 2000
  • 2001-yil — Excel 2002 (10) — Microsoft Office XP
  • 2003-yil — Excel 2003 (11) — Microsoft Office 2003
  • 2007-yil — Excel 2007 (12) — Microsoft Office 2007
  • 2010-yil — Excel 2010 (14) — Microsoft Office 2010
  • 2013-yil — Excel 2013 (15) — Microsoft Office 2013
  • 2016

-yil — Excel 2016 (16) — Microsoft Office 2016

  • Izoh: 1.0 versiyasi Apple mahsulotlari bilan chalkashlikdan yiroqda boʻlish uchun ishlatilmagan. 
  • Izoh: Excel 6.0 mavjud emas, negaki Windows 95 versiyasi Word 7 bilan yetkazilgan.
  • Izoh: 13.0 versiyasi triskaidekafobiya (13 sonidan qoʻrqish kasalligi) tufayli qoldirilib ketilgan. Excel 2010 oʻzining ichki 14.0 versiyasiga ega.

Macintosh uchun versiyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1985 — Excel 1.0
  • 1988 — Excel 1.5
  • 1989 — Excel 2.2
  • 1990 — Excel 3.0
  • 1992 — Excel 4.0
  • 1993 — Excel 5.0
  • 1998 — 8.0 (Office '98)Excel
  • 2000 — Excel 9.0 (Office 2001)
  • 2001 — Excel 10.0 (Office V. X)
  • 2004 — Excel 11.0 (Office 2004)
  • 2008 — Excel 12.0 (Office 2008)
  • 2011 — Excel 14.0 (Office 2011)
  • 2015 — Excel 15.0 (Office 2016)

OS/2 uchun versiyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1989 — Excel 2.2
  • 1990 — Excel 2.3
  • 1991 — Excel 3.0

Excel oʻzining 7.0 versiyasiga qadar 16 384 (214) satr (qator)dan iborat edi. 8.0-11.0 versiyalarida esa  bu son 65 536 (216) qator va 256 ustun (28)ga yetdi. 12.0 va 14.0 versiyalar 1 048 576 (220) qator va 16 384 ta (214) ustunga ega.

Fayl formatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Microsoft Excel 2003-yilga qadar asosiy format sifatida oʻzining ikkilik fayl formati (BIFF)dan foydalanardi. Excel 2007 Microsoft Office Open XML dan oʻzining asosiy formati sifatida foydalanadi.

Bundan tashqari, Microsoft Excel CSV, DBF, SYLK, DIF va boshqa formatlarni oʻqishi mumkin.

Office Open XML[tahrir | manbasini tahrirlash]

Microsoft Office 2007 koʻplab yangi fayl formatlarni taniydi. Ular Office Open XML (OOXML)ning tarkibiy qismi hisoblarnadi.

Excel 2007 yangi formatlari
Format Kengaytmasi Eslatma
Excel ish kitobi .xlsx Excel 2007ning standart ish kitobi formati. Makroslardan holi. XML-hujjatlarning siqilgan ZIP-arxividir.
Makrosli Excel ish kitobi .xlsm Makroslarni qoʻllay olishi bilan farqlanadi
Ikkilik Excel ish kitobi .xlsb Makroslarni qoʻllay oluvchi va maʼlumotlarni ikkilik formatda saqlovchi  Excel ish kitobi. Hujjatlarni XMLga nisbatan tez ochadi.
Makrosli Excel andazasi .xltm Ishchi kitoblar uchun andaza sifatida yaratilgan va makroslarni qoʻllay oladi. Eski. xlt formatini oʻrniga.
Ustqurma Excel .xlam Excelga qoʻshimcha funksional imkoniyatlar va vositalar qoʻshish uchun moʻljallangan.

Eksport va jadvallarni koʻchirish[tahrir | manbasini tahrirlash]

API bir qator boshqa dasturlarda Excel jadvallarini ochish imkonini beradi. U ActiveX yoki Adobe Flash Player kabi plaginlar yordamida Excel hujjatlarini veb-sahifalarda ochish imkonini ham beradi. Excel universal elektron qurilma unda ishlash har tomonlama qulay

Dasturlash[tahrir | manbasini tahrirlash]

Excelning imkoniyatlari sirasiga yana VBA asosida kod yozish ham kiradi. Bu kod jadval muharriridan boshqa maxsus muharrir yordamida yoziladi. 

Microsoft Excelning maxfiy soʻzli himoyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Microsoft Excel himoyasi quyidagi turdagi himoya tizimlarini oʻz ichiga oladi:

  • hujjat ochish uchun maxfiy soʻz[2]
  • hujjatga oʻzgartirish kiritish uchun maxfiy soʻz[3]
  • sahifa himoyalash uchun maxfiy soʻz
  • ish kitobni himoyalash uchun maxfiy soʻz
  • kitobni himoyalash uchun maxfiy soʻz[4]
  • VBA kodini himoyalash uchun maxfiy soʻz

Hujjatni ochish uchun maxfiy soʻzdan (yomon niyatli shaxsga muammo tugʻdiruvchi yagona himoya turi) tashqari boshqa himoya turlarini darxol yoʻq qilish mumkin. Qolgan turdagi maxfiy soʻzlarni qoʻllaganda hujjat shifrlanmaydi, hujjat ichida esa oʻrnatilgan maxfiy soʻzning xeshi saqlanib qoladi. Kitob himoyasi uchun mashxur "VelvetSweatshop" shifrlash tizimi ishlatiladi, lekin bu hujjatga hech qanday qoʻshimcha himoya qoʻshmaydi. 

Microsoft Excel 95 va oldingi versiyalarida „ochish uchun maxfiy soʻz“ 16 bitli kalitga aylanardi, lekin uni muammosiz buzish mumkin boʻlgan. Microsoft Excel 97 / 2000 da maxfiy soʻz 40-bitli kalitga aylangan, lekin bu ham  zamonaviy asbob-uskunalar orqali tezda buzilishi mumkin edi. Bundan tashqari, maxfiy soʻzlarni topishga moʻljallangan dasturlar soniyasiga yuz minglab maxfiy soʻzlarni tekshirib chiqarishi mumkin. Microsoft Excel 2003 / XP da vaziyat biroz oʻzgardi, bunda foydalanuvchi tizimda mavjud turli shifrlash algoritmlaridan foydalanishi mumkin, lekin boshlangʻich holda Microsoft Excel 97 / 2000 himoya tizimi saqlanib qolganligi himoya tizimini mustahkam boʻlmasligini koʻrsatadi.

 Excel 2007da vaziyat tubdan oʻzgardi — shifrlash uchun 128 bitli zamonaviy AES algoritmi ishlatila boshlashi va SHA1 xesh-funksiyasining qoʻllanilishi maxfiy soʻzni topish ehtimolini keskin pasaytirib yubordi.  Xulosa qilib aytish mumkinki, mustahkam himoyani „ochish uchun maxfiy soʻz“ himoya turi oʻrnatilgan va  Office 2007 / 2010 formatida saqlangan hujjatlar taʼminlay oladi.

Excelning asosiy elementlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

MICROSOFT EXCEL dagi barcha maʼlumotlar jadval Koʻrinishida namoyon boʻlib, bunda jadval yacheykalarining (xonalarining) maʼlum qismiga boshlangʻich va birlamchi maʼlumotlar kiritiladi. Boshqa qismlari esa xar xil arifmetik amallar va boshlangʻich maʼlumotlar ustida bajariladigan turli amallar natijalaridan iborat boʻlgan axborotlardir.
Elektron jadval yacheykalariga uch xil maʼlumotlarni kiritish mumkin:

  • matnli;
  • sonli ifodalar;
  • formulalar.

Matnli maʼlumotlar sarlavha, belgi, izohlarni uz ichiga oladi.
Sonli ifodalar bevosita jadval ichiga kiritiladigan sonlardir.
Formulalar — kiritilgan sonli qiymatlar boʻyicha yangi qiymatlarni hisoblaydigan ifodalardir.
Formulalar har doim „=“ belgisini qoʻyish bilan boshlanadi. Formula yacheykaga kiritilgandan keyin shu formula asosida hisoblanadigan natijalar yana shu yacheykada hosil boʻladi. Agar shu formulada foydalanilgan sonlardan yoki belgilardan biri oʻzgartirilsa, EXCEL avtomatik ravishda yangi maʼlumotlar boʻyicha hisob ishlarini bajaradi va yangi natijalar hosil qilib beradi.
EXCELning asosiy ishlov berish obʼyekti hujjatlar (dokumentlar) hisoblanadi. EXCEL hujjatlari ixtiyoriy nomlanadigan va XLS kengaytmasiga ega boʻlgan fayllardir. EXCELda bunday fayllar „Ishchi kitob“ deb ataladi. Bir ishchi kitob ixtiyoriy sondagi elektron jadvallarni oʻz ichiga olishi mumkin. Ularning har biri „ishchi varaq“ deb ataladi. Bir ishchi varaq oʻz nomiga ega boʻladi. Ishchi kitobni xosil qilish uchun MICROSOFT EXCEL dasturini ishga tushirish zarur. Ishchi kitobning tarkib elementlaridan biri ishchi varaq, yaʼni elektron jadval xisoblanadi.
Elektron jadvalning asosiy elementlari esa yacheyka va diapazonlardir.
Yacheyka — bu jadvaldagi manzili koʻrsatiladigan hamda bir qator va bir ustun kesishmasi oraligʻida joylashgan elementdir. Yacheyka kesishmalarida hosil boʻlgan ustun va qator nomi bilan ifodalanadigan manzili bilan aniqlanadi. Masalan, A — ustun, 4 — qator kesishmasida joylashgan yacheyka — A4 deb nom oladi. Yacheykaga sonli qiymatlar, matnli axborotlar va formulalarni joylashtirish mumkin.
Bir necha yacheykalardan tashkil topgan guruh diapazon deb ataladi. Diapazon manzilini koʻrsatish uchun uni tashkil etgan yacheykalarning chap yuqori va ung quyi yacheykalar manzillari olinib, ular ikki nuqta bilan ajratilib yoziladi. Masalan: A1:A4

Excel ishchi menyusi boʻlimlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Excel 2003 versiyasining ishchi menyusi quyidagi boʻlimlardan tashkil topgan:

  • Pravka boʻlimidagi „Zapolnit“ va „Ochistit“ boʻlimlari kataklarning belgilangan yoʻnalishda nusxasini oladi yoki tozalaydi. Udalit list boʻlimi belgilangan varaqni oʻchiradi. Peremestit \ skopirovat list Excel ishchi kitobi sahifasini kerakli joyga siljitadi yoki nusxasini yangi sahifada hosil qiladi. Qolgan boʻlimlar Microsoft Office guruhidagi dasturlar uchun umumiy boʻlgan vazifalarni bajaradi.
  • Vid boʻlimining Stroka formul boʻlimi formulalar bilan ishlash satrini ekranda hosil qiladi yoki aksincha.
  • Vstavka boʻlimi katak, satr, ustun va varaq ustida amallar bajarish uchun moʻljallangan boʻlib, ularning mazmuni quyidagicha:
  1. Yacheyki — jadvalga yangi katak qoʻshish;
  2. Stroki — jadvalga yangi satr qoʻshish;
  3. Stolbsi — varaqqa yangi ustunlar qoʻshish;
  4. List — ishchi kitobga yangi varaq qoʻshish;
  5. Diagramma- diagrammalar tashkil etish;
  6. Razriv stranitsi — sahifani ajratish;
  7. Funksiya — funksiyalarni tanlash;
  8. Imya — ishchi kitobga nom berish;
  9. Primechanie — izohlar hosil qilish;
  10. Risunok — tasvirlarni hosil qilish, chiqarish;
  11. Karta — xaritalar hosil qilish.
  • Format boʻlimi Excel dasturida formatlashni asosan katak, satr, ustunlarning ustida bajaradi. Boʻlim bandlarida satrlarning balandligi, ustunlarning eni, katak chiziqlarini hosil qilish va yoʻqotish, yangi varaq hosil qilish, unga nom berish vazifalari amalga oshiriladi. Stil bandida satr yoki ustun nomi belgilanishi, katakda maʼlumotlarning berilishi va tuldirish usullari aniqlanadi. Katakda yozuvlarning alifbosi va oʻlchamini belgilash mumkin.
  • Servis boʻlimi Office muhitidagi amaliy dasturlarnikiga oʻxshash.
  • Dannie boʻlimi bandlari kataklardagi qiymatlar ustida amallar bajarishga moʻljallangan:
  1. Sortirovka — qiymatlarni tartiblash;
  2. Filtr — biror belgi yoki shart boʻyicha saralash;
  3. Forma.. — biror shaklda tartiblash;
  4. Itogi.. — yakuniy natijalarni aniqlash;
  5. Proverka.. — maʼlumotlarni tekshirish;
  6. Tekst po stolbsam.. — matnni ustunlarga boʻlish;
  7. Konsolidatsiya.. — qiymatlarni birlashtirish;
  8. Gruppa i struktura — yangi tizimlar olish;
  9. Svobodnaya tablitsa. — natijaviy jadvallar tuzish;
  10. Vneshnie dannie — tashki maʼlumotlar kiritish.
  • Okno — ishchi oynani tartiblash.
  • Spravka — yoʻriqnoma va maʼluomot olish.

Excel 2007 va 2010 versiyalarida ishchi menyu boʻlimlari umumlashtirilgan va tartibga keltirilgan hamda „Glavnaya“ (Asosiy), „Vstavka“ (Qoʻshish), „Razmetka stranitsi“ (Sahifani tahrirlash), „Formuli“ (Formulalar), „Dannie“ (Maʼlumotlar), „Retsenzirovanie“ (Taqriz), „Vid“ (Koʻrinish) boʻlimlaridan iborat.

Excelda diagrammalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Excel dasturining foydali tomoni unda kiritilgan maʼlumotlar asosida diagrammalar yaratish mumkin.
Excelda maʼlumotlar asosida tayyorlanadigan diagrammalar quyidagi turlarga boʻlinadi:

  • gistogramma; — sohali;
  • grafikli; — xalqali;
  • doiraviy; — sirtli;
  • nuqtali; — birjaviy va hokazo.

Diagramma hosil qilish uchun quyidagi ketma-ketlikka rioya qilish kerak: 1) Elektron jadvalni yuklash.
2) Mavzuni kiritish.
3) Ustunlar kengligini tanlash.
4) Har bir ustunga mos nomlarni kiritish.
5) Yacheykalarni maʼlumotlar bilan toʻldirish
6) Toʻldirish ustunining formulasini berish.
7) „Jami xarajatlar miqdori“. Natijaviy jadval hosil qilish.
8) Maʼlumotlarni saralash.

Tanqid[tahrir | manbasini tahrirlash]

Excel dasturi ham baʼzi bir funksiyalari sabab koʻplab tanqidlarga uchragan. Misol uchun, statik aniqlik jihatidan Excelni tanqid qilishgan.

Sana bilan bogʻliq muammolar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Excelning 2007 versiyasiga qadar va oʻzida ham 1900-yil kabisa yil deb xato hisoblanib kelingan. Xato Lotus 1-2-3 da paydo boʻlgan va majburan Excelga targʻib qilingan. 

Exceldagi tasvirlarning xatoligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007-yilning 22-sentabrida  muayyan holatlarda Excel 2007 notoʻgʻri natijalarni koʻrsatishi toʻgʻrisida xabar paydo boʻldi. Bu matematik hisob jitob bilan bogʻliq boʻlib, bu haqida bu yerda maʼlumot olishingiz mumkin. Muammo 2007-yil 9-oktabr sanasida maxsus patch ishlab chiqarilishi bilan hal qilindi. Bu xato Microsoft Excel 2016 da kuzatilmaydi.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]