Mamasiddiq Sherayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mamasiddiq Qamchiboyevich Sherayev
Tavalludi 10-avgust 1946-yil
Vafoti 21-noyabr 2023-yil(2023-11-21)
(77 yoshda)
Fargʻona, Oʻzbekiston
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Taʼlimi Toshkent teatr va rassomchilik sanʼati instituti
Kasbi Qiziqchi, askiya ustasi
Faoliyat yillari 1972–2023
Dini Islom
Unvoni Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist
Mukofotlari

Mamasiddiq Qamchiboyevich Sherayev (1946-yil 10-avgust, Margʻilon, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR — 2023-yil 21-noyabr, Fargʻona, Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik qiziqchi, askiyachi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (1999), „Doʻstlik“ ordeni sohibi (2021). Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi respublika Askiya va qiziqchilik san’ati markazi asoschisi[1][2] va badiiy rahbari[3].

Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mamasiddiq Sherayev 1946-yil 10-avgustda Margʻilon shahrida tavallud topgan[1]. Toshkent teatr va rassomchilik sanʼati instituti (Hozirgi Toshkent sanʼat instituti) da tahsil ogan[4]. Faoliyati davomida Jizzax, Fargʻona va yana bir qator teatrlarda aktyor, qiziqchi sifatida ishlagan. Erkin Vohidov nomidagi Margʻilon bogʻida askiya sayllarni oʻtkazib kelgan va Margʻilonda askiyachilik makatabini yoʻlga qoʻygan. 2020-yildan Margʻilon shahridagi musiqali maqom teatrida faoliyat olib borgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mamasiddiq Sherayev 1972−1975-yillarda Sirdaryo musiqali teatrining 2-toifali aktyori[2], 1975−1977-yillari Fargʻona oʻzbek teatrining drama artisti, 1979−1986-yillarda „Nurxon“ xalq teatri rejissyori, 1986−1987-yillari Toshloq tumani Madaniyat boʻlimi badiiy rahbari, 1987−1993-yillarda Fargʻona shahridagi „Neftch“ klubi kinoopreratori, 2006−2016 yillari „Muhammadsiddiq askiyas“ xususiy korxonasi rahbari, 2016−2020-yillarda Margʻilon shahridagi Madaniyat boʻlimining toʻgarak rahbari, 2020−2023-yillari Margʻilon shahar musiqali maqom teatrining oliy toifali drama artisti sifatida faoliyat yuritgan[1].

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mamasiddiq Sherayev 1999-yil Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist unvonini olgan. 2021-yil 24-avgustda „Doʻstlik ordeni“[5] bilan taqdirlangan[1][6].

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mamasiddiq Sherayev 2023-yil 21-noyabrda 77 yoshida vafot etgan[1][4][6].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 „Askiyachi Mamasiddiq Sherayev vafot etdi“. kun.uz (2023-yil 21-noyabr). 2023-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-noyabr.
  2. 2,0 2,1 „Askiya san’ati ustasi Mamasiddiq Sherayev 77 yoshida vafot etdi“. daryo.uz (2023-yil 21-noyabr). 2023-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-noyabr.
  3. „Marg‘ilonda respublika askiya va qiziqchilik sanʼati markazi tashkil etildi“. daryo.uz (2023-yil 21-iyul). 2023-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-noyabr.
  4. 4,0 4,1 „Қизиқчи Мамасидиқ Шераев 77 ёшида вафот этди“. gazeta.uz (2023-yil 21-noyabr). 2023-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-noyabr.
  5. „Ўзбекистон Республикаси мустақиллигининг ўттиз йиллиги муносабати билан фан, таълим, соғлиқни сақлаш, спорт, адабиёт, маданият, санъат соҳалари ва оммавий ахборот воситалари ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида“. prezident.uz (2021-yil 24-avgust). 2022-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-noyabr.
  6. 6,0 6,1 „Qiziqchi Mamasidiq Sherayev“. oyina.uz (2023-yil 21-noyabr). 2023-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-noyabr.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]