Banka
Jump to navigation
Jump to search
Banka, Bangka — Indoneziyaga qarashli orol. Katta Zond o.lari tarkibida. Maydoni 11,6 ming km². Bosh shahri — Pankalpinang . Orolning koʻp qismi allyuvial tekislik, baʼzi joylarida granitli tepaliklar uchraydi. Eng baland joyi 699 m. B.da nam tropik oʻrmonlar bor; botqoqlik koʻp. Qalayi qazib olinadi. Allyuvial, qirgʻoqqa yaqin dengiz va gidrotermal konlar mavjud boʻlib, 1709 y.dan boshlab foydalaniladi. Metallning umumiy zaxirasi 275 ming t. chamasida. Sochilmalarda kassiterit miqdori 150 — 700 g/m3.
Adabiyotlar[tahrir]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |