Makushi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hozirgi joylashuv areali va aholi soni
Braziliya, Gayana va Venesuela
Til Macushi va Karib tillari[1]

Makushi[2] (portugalcha: Macuxi) — Shimoliy Braziliya (Rorayma shtati) va sharqiy Venesuela chegaralaridagi janubiy Gayanada yashovchi mahalliy hindu xalqi. Ular makushi, makoussi, teueya va teveya deb ham ataladi.

Tili[tahrir | manbasini tahrirlash]

Makushilar Karib havzasi oilasiga kiruvchi makushi-kapon kichik guruhiga mansub makushi[3] tilida gaplashadi. Mintaqaga nazar tashlansa, odamlar mahalliy tillarda, yaʼni Braziliyada portugalcha, Venesuelada ispancha va Gayanada inglizcha ham gapirishlari mumkin. Makushi tili lotin yozuvidan foydalanadi. Injilning Yangi Ahdi 1996-yilda makushi tiliga tarjima qilingan.

Madaniyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Makushilar yoʻllar va soʻqmoqlar orqali birlashgan qishloqlarda yashaydi. Qishloqlardagi uylar markaziy hovli atrofida quriladi. Turmush qurgan makushi ayoli oʻzining qizlik oilasi yashaydigan qishloqda qoladi. Makushilar sulolasida qaynota katta rol oʻynaydi.

Ogʻzaki yetib kelgan rivoyatda makushilar olovni yaratgan quyosh bolalarining avlodlari sifatida tasvirlanadi. Bundan tashqari, ular Vashaku (makushicha Washacá)ni, yaʼni hayot daraxtini kashf qilganiga ishonishadi. Makushilar stkaton deb ataluvchi hayotiy tamoyilga ishonadi va ular buning quyosh bilan bevosita bogʻliq ekaniga eʼtiqod qilishadi.

Makushilarning bir nechta epik qahramonlari bor, jumladan:

  • Makuniema (Makunayma) — qahramon, makushi xalqining yaratuvchisi. Uning ismi „u tunda ishlaydi“ maʼnosini anglatadi.
  • Insikiran (shuningdek, Pia, Insikiran nomi bilan ham tanilgan) Makunyemaning ukasi.
  • Kanaima (Canaima) - odamlarni qul qiladigan, ularni xavfli hayvonlarga aylantiradigan yoki gʻazab bilan oʻldirishga majbur qiladigan yovuz ruh. Baʼzi qotillar oʻz tanalarini qul qilish uchun giyohvand moddalar yoki maxsus marosimlar orqali Kanaymani maxsus marosimlar orqali chaqirishgan[4]


Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toplar raqsga tushmoqda

Iyezuit missioneri boʻlgan Cuthbert Carey-Elves 1909-yilda Gayananing Rupununi mintaqasiga joylashib, makushilar bilan birga 23 yildan ortiq yashab, ularning tilini oʻrgandi.

XVIII asrda yevropalik mustamlakachilar Makushilar hududini bosib olib, yangi fermalar va qishloqlar tashkil etib, makushilarni koʻchishga majbur qilgan.

Braziliya hukumati makushilar uchun maktablar va shifoxonalar qurib berdi. 2005-yildan esa ular butun Braziliya boʻylab oʻzlarining yer huquqlarini tan olish uchun tashviqot kampaniyasi olib bormoqda. Ayrim makushilar juda oʻqimishli. Joenia Uapishana (port. Joenia Vapixana) Braziliya Oliy Federal Tribunalida nutq soʻzlagan birinchi hindu yuristi boʻldi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. (unspecified title)
  2. Народы и религии мира: Энциклопедия, 100000 экз, М.: Большая рос. энцикл., 1999 — 312 bet. ISBN 5-85270-155-6. 
  3. „Macushi“ (en). Ethnologue. Qaraldi: 2019-yil 3-avgust.
  4. „Macushi Myths and Legends (Makushi, Makusi, Macusi)“. www.native-languages.org. Qaraldi: 2019-yil 3-avgust.