Madovtepa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Madovtepa — soʻnggi jez va ilk temir davriga oid arxeologik yodgorlik (mil. av. 2-ming yillikning oxiri — 1ming yillik boshlari). Turkmanistonning Misriyon vohasidagi Madov shahri harobasi yaqinida. M.da 1930 yilda M. Ye. Masson, keyinroq A. A. Marushenko arxeologik tadqiqot ishlari olib borgan. 1947, 195153 yillarda M. Ye. Masson rahbarligidagi otryad yodgorlikda statsionar va stratigrafik qazishmalar oʻtkazib, uni bir necha qurilish bosqichlaridan iborat yoshini aniqlagan. Qazish jarayonida uy-joy qoldiklari va turli xil arxeologik materillar topilgan. Topilmalar, asosan, naqshsiz kulrang sopol idishlar (togʻora, koʻzacha, 1 va 2 quloqli koʻzalar, joʻmrakli kosa, kosasimon idishlar), jez shamshir, jez paykon va boshqalardan iborat. M. aholisining xoʻjaligini, asosan, sugorma dehqonchilik va xonaki chorvachilik tashkil etgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil