Maardu
Maardu | |
---|---|
Town | |
![]() | |
59°28′41″N 25°0′58″E / 59.47806°N 25.01611°E G OKoordinatalari: 59°28′41″N 25°0′58″E / 59.47806°N 25.01611°E G O | |
Aholisi (2021) |
16,170[1] |
|
Maardu-(nemischa: Maart)-Estoniyaning Harju okrugida joylashgan shaharcha va aholi punktidir.Bu Tallinn metropolitanining bir qismi hisoblanadi.Shahar 22.76 km² maydonni egallaydi va aholisi 16 170 kishini tashkil etadi.
Muuga porti, Estoniyadagi eng yirik yuk qabul qiluvchi porti bo'lib,qisman Maardu shahrida joylashgan. [2]
2000-yilgi demografik ma'lumotlarga ko'ra, shahar aholi soni 16,738 kishi bo'lgan.Aholining 61,7%i ruslar, 19,9%i estonlar, 6,6%i ukrainlar, 5,7%i belaruslar, 1,5%i tatarlar, 0,9%i finlar, 0,6%i polyaklar, 0,5%i litvalar, 0,2%i latviyaliklar va nemislar va yahudiylar tashkil etadi.
Shaharning tashqarisida (Maardu qishlog'ida), Narvaga boradigan yo'lning janubida Estoniyadagi eng qadimgi saqlanib qolgan barokko uylaridan biri bo'lgan Maardu manor joylashgan.Uning kelib chiqishi 1389-yilga to'g'ri keladi, ammo hozirgi bino XIX asrda kiritilgan qo'shimchalar bilan 1660-yillarga to'g'ri keladi. Manorning egasi Herman Jensen Bohn 1739-yilda eston tilida bosilgan birinchi Injilni chop etishni moliyalashtirdi. [3]
Maardu qishloqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Maardu aholi punkti olti qismga bo'lininadi:
- Kallavere(davlat muassasalarining aksariya qismi joylashgan shahar markazi hisoblanadi);
- Muuga bandargohi;
- Muuga aedlinn (sobiq bog' shahri, hozir Kallaverega qaraganda Tallin bilan ko'proq bog'langan yengil shahar atrofi):
- Karmu (sanoatlashgan hudud):
- Kroodi (sanoatlashgan hudud):
- Maardu ko'li.
Rasmlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Maarduning diqqatga sazovor joylari
-
Maardu Archangel Maykl cherkovi
-
Maardu manor uyi
-
Quyosh botganda turar-joy binolari
Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Maardu Linnameeskond
- Maardu Yunayted
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Maardu linn, valik andmeid“.
- ↑ „Muuga Harbour“. Port of Tallinn. Qaraldi: 25-sentyabr 2022-yil.
- ↑ Sakk, Ivar. Estonian Manors - A Travelogue. Tallinn: Sakk & Sakk OÜ, 2004 — 50 bet. ISBN 9949-10-117-4.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Rasmiy sayti
(estoncha)