Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti daromad va xarajatlar yigʻini hisoblanadi.

Davlat Byudjeti koʻrsatkichlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzbekiston Respublikasidagi byudjeti koʻrsatkichlari 2010-yildan beri eʼlon qilinib kelsa-da[1], aniq berilgan byudjet balansi koʻrsatkichlari 2015-yilda beri eʼlon qilinib kelinadi[2].

Davlat byudjeti balansi (maqsadli jamgʻarmalarsiz)[3][4]
Yil Daromadlar (mlrd. soʻm) Xarajatlar (mlrd. soʻm) Byudjet profitsiti (mlrd. soʻm)
2015 36 493,3 36 257,3 236
2016 41 043,4 40 911,3 132,1
2017 49 681,0 49 343,7 337,3
2018 79 099,0 79 736,1 −637,1
2019 112 165,4 118 008,7 −5843,3
2020 132 938,0 144 142,7 −11204,7
2021 164 680,3 188 633,9 −23953,6

Huquqiy jihatdan davlat byudjeti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Davlat byudjetini shakllantirish dastlab Oʻzbekiston Respublikasining 14.12.2000 sanadagi 158-II-sonli qonuniga asosan shakllatirila boshlandi[5]. 2022-yil holatiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasidagi Davlat byudjeti va byudjega bogʻliq moliyaviy munosabatlar 2014-yil 1-yanvar sanasidan kuchga kirgan „Byudjet kodeksi“ orqali amalga oshiriladi[6]. Dastlab, tajriba sifatida 2 yil davomida qoʻllanilishi kutilgan hujjat 2022-yilda ham turli kichik oʻzgartirishlar bilan amal qilib kelmoqda[7][8].

Tashabbusli byudjet[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, byudjetdan ajratilayotgan mablagʻlarning maqsadliligini taʼminlash maqsadida 2021-yil 1-iyul sanasidan boshlab „Tashabbusli byudjet“ loyihasi eʼlon qilindi[9].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]