Məmmədbəyli maqbarasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mammadbeyli maqbarasi (ozarbayjoncha: Məmmədbəyli türbəsi) yoki Yahyo ibn Muhammad al-Haj maqbarasi XIV asrga oid maqbara boʻlib, Ozarbayjonning Zangilon tumanidagi Məmmədbəyli qishlogʻi tepaligida joylashgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maqbara 1305-yilda meʼmor Ali Majid ad-Din tomonidan Buyuk Ipak yoʻlida qurilgan. 1975-yilda maqbaraning yer osti qismida qazishma ishlari olib borilgan va natijada u yerdan bir qabr topilgan[1].

Arxitekturasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maqbara toʻrtburchak shaklda qurilgan boʻlib, 2,95x3,30 metr oʻchamga ega. Qabrga kirish qismi uning gʻarbiy tomonida joylashgan. Eshik kengligi 76 sm, balandligi esa 88 sm. Islom dini qoidalariga koʻra, maqbaraga kirish qismi 1,20 metrdan oshmasligi kerak. Oʻrta asrlarda bunday maqbaralar, odatda, feodal zodagonlar va taniqli kishilar qabrlari ustiga qurilgan. Hozirda maqbaraning ustki tomoni biroz buzilgan. Sakkiz qirrali prizma shaklida qurilgan maqbaraning tepa qismi piramida shaklidagi peshtoq bilan toʻldirilgan.

Maqbara devorlari ichki va tashqi tomondan mustahkam qilib toshlar bilan qoplangan. Maqbara ichidagi qabr ichki tomondan toʻrtburchak shaklga ega.

Maqbara eshigining kirish qismida arab tilida ligature (biror narsani mahkam bogʻlash uchun ishlatiladigan narsa) mavjud boʻlib, unda shunday yozilgan: „Men – Yahyo ibn Muhammad al-Haj, bu binoning egasi, Alloh taoloning marhamatiga muhtoj zaif bandaman va Ali Majididdinga 704-yilning Ramazon oyida ushbu binoni qurishni taklif qildim“ (28.III-27.IV.1305). Shuningdek, ligaturening boshida Qur’on oyatlari ham mavjud.

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „MƏMMƏDBƏYLI TÜRBƏSI“. 2012-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan.