Lola Astanova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Lola Astanovdan yoʻnaltirildi)
Lola Astanova

Lola Astanova 2007-yil
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 1982
Fuqaroligi Sovet Ittifoqi SSSR
Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Qoʻshma Shtatlar AQSh
Kasbi pianinochi
Janr instrumental musiqa
Faoliyat yillari 1994-yildan — hozirgi kungacha
Veb-sayt https://www.lolaastanova.com/

Lola Astanova (inglizcha: Lola Astanova; 1982-yil 3-iyul, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — oʻzbek va amerikalik pianinochi. Asosan Shopen, List va Raxmaninov asarlarini — ham asl, ham o‘z talqinida ijro etadi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lola Astanova Toshkent shahrida fortepiano oʻqituvchisi va muhandis-ixtirochi oilasida tugʻilgan[1]. Uning onasi dastlab qizining musiqiy karyerasiga qarshi edi, chunki bu juda qiyin kasb deb hisoblardi, lekin otasi musiqa o‘rganishini talab qildi. Olti yoshida qizni V. A. Uspenskiy nomidagi iqtidorli bolalar maktabida (hozirgi Oʻzbekiston Davlat konservatoriyasi qoshidagi iqtidorli bolalar akademik litseyi) dars bergan professor Tamara Popovna huzuriga olib borishadi[1]. O‘qish yillari davomida Astanova doimiy ravishda Moskvaga kelib, u yerda Lev Naumovdan saboq oladi, u „Mumtoz musiqa haqida gap ketganda, Lola Astanova haqiqatan ham ajoyib intuitiv qobiliyatga ega“ ekanligini taʼkidladi[2].

Sakkiz yoshidan boshlab Astanova pianinochi sifatida gastrollarga chiqa boshladi. Germaniya, Fransiya, Avstriya, Italiya va Rossiyada ham yakkaxon konsertlar, ham orkestrlar bilan chiqish qilgan. 1996-yilda Moskvada bo‘lib o‘tgan yosh pianinochilarning Shopen nomidagi II-xalqaro tanlovi laureati bo‘lgan[2].

Toshkentdagi musiqa maktabini tamomlagandan so‘ng, Astanova 2003-yilda AQShga ko‘chib o‘tgan va Xyustondagi Rays universitetiga o‘qishga kirgan. Stipendiya va qulay shart-sharoitlarga ega bo‘lgan, buning natijasida musiqiy karyerasini Amerika sahnasida boshlashga muvaffaq bo‘lgan. 2004-yil may oyida birinchi marta Qo‘shma Shtatlarda — Vashingtondagi Jon Kennedi nomidagi sahna sanʼati markazida chiqish qilgan[2][3]. 2005-yilda Rays universitetining „Shefedra“ musiqa maktabini tamomlagan. Uning o‘qituvchilari Jon Kimura Parker va Robert Ro edi[3].

2007-yil oktyabr oyida Lola Astanova Valeriy Gergiyev boshchiligidagi Mariinskiy teatri simfonik orkestri tomonidan Qo‘shma Shtatlardagi spektaklning bir qismi sifatida „Klassik super yulduzlarning ajoyib konserti“ (Classical Superstars Fantasy Concert) ning yulduzlaridan biriga aylandi[4].

2012-yil 19-yanvarda Astanova birinchi marta Karnegi Xollda Donald Tramp boshchiligidagi Vladimir Xorovitsga bag‘ishlangan maxsus kontsertda chiqish qildi. Konsertdan tushgan barcha mablag‘ Amerika Saraton Jamiyatiga o‘tkazildi[1][5]. O‘sha yilning 30-mayida Astanova Linkoln markazida pianinochini kasbiy faoliyatidagi yutuqlari uchun taqdirlash marosimida Bayron Janis bilan duet ijro etdi[6].

2014-yilda Astanova Klivlend orkestri bilan Mar-a-Lagoda (Palm-Bich) qo‘shma kontsert berdi[7].

Astanova chiqishlar paytida uslub va tashqi ko‘rinishga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishi bilan mashhur. Ko‘pincha baland poshnali tufli va eksklyuziv yuqori moda liboslarida ijro etadi. Pianinochining so‘zlariga ko‘ra, „ko‘ylaklari yorqin va uyg‘un ko‘rinishini“ xohlaydi, chunki bu uning chiqishlarining bir qismidir[8].

Bu xususiyat ko‘pincha moda jurnallarida tasvirlangan. Ular orasida — „Vogue[9], „People“[10] va boshqalar bor.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 Геннадий Кацов. „Лола Астанова: «Играть по правилам – скучно»“. «Америка Сегодня» (2012-yil 6-yanvar). 2020-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-mart.
  2. 2,0 2,1 2,2 „Lola Astanova, A Young Russian Piano Virtuoso Embarks Upon Her Professional Career In America“ (en). prlog.org (2007-yil 8-noyabr). 2008-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-mart.
  3. 3,0 3,1 „Alumna Astanova performs on ‘Today’ show“ (en). Университет Райса (2007-yil 19-oktyabr). 2020-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-mart.
  4. Alexandria Sage. „For sale: a syrupy portrait and a leafy dragon“ (en). Reuters (2007-yil 3-oktyabr). 2020-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-mart.
  5. Zachary Woolfe. „Lola Astanova in Horowitz Tribute at Carnegie Hall“ (en). The New York Times (2012-yil 20-yanvar). 2020-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-mart.
  6. Ashley Joy Parker. „Yamaha Music and Wellness Institute To Honor Byron Janis At Lincon Center, Lola Astanova To Perform“ (en). Haute Living (2012-yil 29-may). 2020-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-mart.
  7. Zachary Lewis. „Cleveland Orchestra gives private concert at Trump's Mar-a-Lago Club“ (en). cleveland.com (2014-yil 24-yanvar). 2020-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-mart.
  8. „«Instintos, pulso, aliento…» Apasionada pianista comparte su experiencia con Sputnik (fotos, vídeo)“ (en). Sputnik (2017-yil 25-dekabr). 2020-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-mart.
  9. Liana Satenstein. „The New York Ball Celebrates the 20th Anniversary of the European School of Economics“ (en). Vogue (2014-yil 20-noyabr). 2019-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-mart.
  10. Brittany Talarico. „What We're Buying: A Carryall That Fits Everything and Super-Chic Sunglasses“ (en). People (2014-yil 29-oktyabr). 2020-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 18-mart.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]