Frédéric Chopin
Frédéric Chopin | |
---|---|
1835 | |
Tavalludi |
1-mart 1810-yil |
Vafoti |
17-oktyabr 1849-yil (39 yoshda) Parij, Fransiya |
Fuqaroligi | Fransiya[1], Rossiya Imperiyasi, Varshava knyazligi, Congress Poland va French Second Republic |
Otasi | Nicolas Chopin[2] |
Onasi | Tekla Justyna Chopin[2] |
Fryderyk Franciszek Chopin (Frederik Shopen; 1-mart, 1810, Jelyazova Volya qishlogʻi, Polsha — 17-oktabr, 1849, Parij, Fransiya), polshalik bastakor va pianist, uzoq vaqt Fransiyada yashagan (fransuzcha: Frédéric François Chopin). Fortepiano uchun koʻpgina asarlar muallifi.
1830-31 yillar Venada, 1832-yildan Parijda yashab, 1830-yillar oʻrtalaridan asosan ijod bilan shugʻullangan.
shahrining xalqchil, vatanparvarlik, romantik ijodi polyak musiqasini jahonga tanitdi. Noyob ijrochilik mahoratiga ega boʻlgan Sh. fortepiano musiqasining ifoda va texnik imkoniyatlarini kengaytirdi, milliy ommabop raqs (polonez, mazurka va boshqalar) shakllarini badiiylashtirdi. Eng nozik ruhiy jarayonlarni aks etgan, ayni paytda kuchli dramaturgik rivojiga ega boʻlgan asarlari barcha ovozlar kuychanligi, garmoniyaning oʻziga xosligi, oʻzgarishlarga boy va kompozitsion mukammal rivoji bilan ajralib turadi. Fortepiano uchun 2 konserti, 3 sonatasida Betxoven simfonizmi anʼanalarini davom ettirdi. Skerso, cholgʻu ballada, etyud, prelyudiya va noktyurnlarni mustaqil badiiy tugal asarlar darajasiga koʻtargan.
1927-yildan Varshavada Sh. nomidagi xalqaro pianinochilar tanlovi oʻtkazilmoqda, 1934-yildan Sh. instituti (1950-yildan Sh. jamiyati), 1932-yildan Jelyazova Volyada memorial, uymuzeyi faoliyat koʻrsatmoqda. Oʻzbekistonda shahrining barcha asarlari pedagogik va konsert repertuaridan oʻrin olgan, Navoiy teatrida "Shopeniana" baleti sahnalashtirilgan.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |