Gorovits Vladimir Samoylovich

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

GOROVITS (Horowitz) Vladimir Samoylovich [1904.18.9(1.10), Ukrainadagi Berdichev sh,— 1989, Nyu-York] — amerikalik pianinochi. 20-asrning mashhur virtuoz ijrochilaridan. Kiyev konservatoriyasini tamomlagan (1921). 1925 y.dan chet el (1928 y.dan Nyu-York)da yashagan. Ijro uslubiga tabiiy joʻshqinlik, mohirona texnika bilan birgalikda ruhiy koʻtarinkilik, jozibali nafislik xos. Repertuaridan F. Shopen, F. List, P. Chaykovskiy, S. Raxmaninov, A. Skryabin, S. Prokofyev va b. kompozitorlarning asarlari oʻrin olgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil