Liviya va Turkiya munosabatlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Liviya-Turkiya munosabatlari Liviya va Turkiya oʻrtasidagi ikki tomonlama diplomatik munosabatlardir.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

XVI asr oʻrtalarida Usmonlilar imperiyasi Liviyaning Oʻrta Yer dengizi qirgʻoq boʻyi hududlarini bosib oldi va bu holat mamlakat jamiyatiga ham maʼdaniy, ilmiy, siyosiy katta taʼsir koʻrsatdi.

XVIII asrda Axmed Karamanli Karamanlilar hukmdorligi sulolasiga asos soldi. Uning hukmronligi davrida Liviya Usmonlilar imperiyasining eng gullab-yashnagan qismlaridan biriga aylandi[1]. Biroq, uning sulolasidagi vafosizlik va ichki ziddiyatlar Karamanlilar sulolasi yemirilishigaa olib kela boshlafdi[2]. Sulola XVIII asr oxirida oʻz taʼsirini yoʻqota boshladi va Amerika Qoʻshma Shtatlari tomonidan boshlangan Barbarlar urushi Karamanlilar sulolasining toʻliq yemirilishini taʼminladi[3].

XX asr[tahrir | manbasini tahrirlash]

Italiya -Turkiya urushi (1911-1912) tugaganidan keyin Liviya Italiya nazorati ostiga oʻtdi. 1947-yilda Turkiya va Liviya aloqalarini tiklandi. 1951-yilda Liviya Qirolligi tashkil topdi, u Turkiya bilan samimiy munosabatlarni davom ettirdi.

1969-yilda Liviyada qonsiz harbiy toʻntarish sodir boʻldi, qirol Muhammad Idris al-Sanusiy esa sogʻligini tiklash maqsadida Anqarada edi. Muhammad Idris al-Sanusiy harbiy toʻntarishni qoraladi. Liviya qiroli 1983-yilgacha surgunda yashadi va Qohirada vafot etdi[4].

Sanussiylar sulolasi qulagandan keyin Liviya-Turkiya munosabatlari harbiy hamkorlikka asoslangan edi. Turkiyaning Kiprga bostirib kirishi paytida Muammar Qaddafiy Turkiyaga qurol embargosi joriy qilingani sababli Amerika samolyotlari uchun ehtiyot qismlarni turk harbiylari yetkazib berishiga ruxsat berdi[5]. Biroq Muammar Qaddafiy Anqara bilan munosabatlarga jiddiy putur yetkazgan mustaqil Kurdistonni yaratishni qoʻllab-quvvatladi[6]. 2011-yilda bu faktni surgundagi Kurd milliy kongressi raisi Javad Mella tasdiqlagan[7].

XXI asr[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muammar Qaddafiy kurdlarning mustaqillikka intilishlarini qoʻllab-quvvatlaganligi sababli, 2011-yilda Turkiya Liviyadagi fuqorolar urushi boshlanganidan soʻng darhol Liviya bilan aloqalarini uzdi va Qaddafiydan hokimiyatni tark etib, surgunda yashashni talab qilgan birinchi davlatlardan biri boʻldi[8]. Muammar Qaddafiy oʻz lavozimini tark etishdan bosh tortdi va 2011-yil iyulidan Turkiya muxolifatdagi Liviya Milliy ozodlik armiyasi va Liviya oʻtish davri milliy kengashiga yordam bera boshladi[9].

Liviyadagi fuqarolar urushining ikkinchi bosqichi boshlanishi bilan Turkiya BMT tomonidan tan olingan, Tripolidagi Milliy kelishuv hukumatini qoʻllab-quvvatlashni davom ettirdi va Tobrukdagi Liviya vakillar palatasi qarshi chiqdi. Xalifa Xaftarning turkiylarga qarshi izchil pozitsiyasi Turkiya va Tobrukdagi hukumat oʻrtasidagi adovatning kuchayishiga[10].

Turkiya vitse-prezidenti Fuat Oʻqtay bilvosita Xalifa Xaftarni davom etayotgan tartibsizliklar, namoyishlar va tinchlik jarayoniga toʻsqinlik qilishda aybladi va 2018-yilning noyabrida Liviyada tinchlik uchun konferensiyani tark etdi[11]. Xalifa Xaftar Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻonga qarshilik koʻrsatishda davom etdi, qurol yarogʻ ortilgan turk kemalarini tez tez qoʻlga oldi.

2019-yil aprel oyida Tripolida qilingan hujimdan soʻng Turkiya Xalifa Xaftarning Liviyadagi vaziyatni beqarorlashtirganini qoraladi[12]. 2019-yil noyabr oyida Turkiya Liviya xalqaro tan olingan hukumati bilan xavfsizlik va harbiy hamkorlik boʻyicha kelishuvdan tashqari, Oʻrta yer dengizidagi dengiz chegaralari boʻyicha kelishuv imzolaganini maʼlum qildi. Ushbu kelishuv Misr va Gretsiya hukumatlari tomonidan noqonuniy deb eʼtiroz bildirildi va geografik jihatdan absurd sifatida tavsiflandi, chunki Turkiya Gretsiya orollarini, xususan, Turkiya va Liviya oʻrtasida joylashgan Krit orolini ataylab mensimadi. Xuddi shunday bayonot Liviya parlamenti va Xaftar tomonidan ham qilingan[13].

2019-yilda BMT Iordaniya, Turkiya va Birlashgan Arab Amirliklari Liviyaga qurol embargosini muntazam ravishda buzayotgani haqida xabar berdi. Bundan tashqari, Liviya Milliy armiyasi Turkiya hukumatini Liviyada terrorchi guruhlarni yillar davomida qoʻllab-quvvatlaganlikda ayblab, Turkiyaning qoʻllab-quvvatlashi logistika yordamidan toʻgʻridan-toʻgʻri aralashuvga, yollanma askarlarni tashishda harbiy samolyotlar, shuningdek, qurol-yarogʻ oʻrnatilgan kemalardan foydalanishga oʻtganini qoʻshimcha qildi. Liviyada terrorizmni qoʻllab-quvvatlash uchun zirhli transport vositalari va oʻq-dorilar yrtkazib berganligi haqida maʼlumotlarni aytdi[14]. Bu ayblovlar Haftarni qoʻllab-quvvatlovchi kuchlar janglarda strategik Gʻaryan shahri ustidan nazoratni qoʻldan chiqarganidan keyin aytilgan. Magʻlubiyatga javoban Birlashgan Arab Amirliklari va Misr tomonidan qoʻllab-quvvatlangan xalifa Xaftar Turkiyaga tahdidlar bilan javob qaytardi va barcha turk kemalari va kompaniyalariga hujum qilishni, bu mamlakatga havo parvozlarini taqiqlashni va Liviyada turk fuqarolarini hibsga olishni vaʼda qildi.

2020-yilning 2-yanvarida Turkiya Buyuk Millat Majlisi Xalifa Xaftarga sodiq kuchlar front chizigʻi boʻylab hujum boshlaganidan soʻng, BMT tomonidan tan olingan hukumatni qoʻllab-quvvatlash uchun Liviyaga qoʻshin kiritish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini maʼqulladi. Qonun loyihasi koʻpchilik ovozi bilan qabul qilindi[15]. 2020-yilning 6-yanvarida turk qoʻshinlari Liviyaga[16] joylashtirila boshlandi. 2020-yil 8-yanvar kuni Istanbuldagi muzokaralardan soʻng Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon va Rossiya prezidenti Vladimir Putin Liviyadagi mojaroning barcha tomonlarini 2020-yil 12-yanvardan boshlab oʻt ochishni toʻxtatish rejimini eʼlon qilishga chaqirdi[17].

Diplomatik missiyalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turkiya 2011-yil 2-sentabrda Tripoliga oʻz elchisini tayinladi. 2014-yil 25-iyul kuni elchixona xavfsizlik nuqtai nazaridan faoliyatini toʻxtatdi. Elchixona 2017-yil yanvar oyidan faoliyatini qayta tikladi.

Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligining Liviyada vakolatxonasi mavjud. Vakolatxona sogʻliqni saqlash, kasb-hunar taʼlimi, qishloq xoʻjaligi sohalarida ikki tamonlama loyihalarni amalga oshiradi.

Iqtisodiy hamkorlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Savdo hajmi, mln AQSh dollarida
Yil Turkiya eksporti Liviya eksporti Jami
2014-yil 2060 249 2309
2015-yil 1420 196 1616
2016-yil 906 161 1067
2017-yil 880 248 1 128
2018-yil 1498 367 1 865

Liviya eksporti: neft mahsulotlari, oltin, alyuminiy eksport qiladi.

Turkiya eksporti: mebel, toʻqimachilik, gilam, zargarlik buyumlarini Liviyaga eksport qiladi.

Iqtisodiyot sohasida qoʻshma komissiya mavjud.

Turizm sohasida[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yilda Turkiyaga 99 395 Liviya fuqarosi tashrif buyurdi. 2018-yilda Livya fuqorolari tashriflar soni 188 312 nafarni tashkil etdi.

Eslatmalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Oyeniyi, Bukola A. „The History of Libya“. ABC-CLIO (2019-yil 31-mart). 2020-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-yanvar.
  2. „Libya - Karamanlis“. countrystudies.us. 2011-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-yanvar.
  3. John, Ronald Bruce St „Libya and the United States, Two Centuries of Strife“. Google Books. University of Pennsylvania Press (2013-yil 26-mart). 2020-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-yanvar.
  4. Ap „King Idris, Ousted in '69 by Qaddafi, Dies in Cairo“. NYTimes.com (1983-yil 26-may). 2014-yil 12-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-yanvar.
  5. „Analysis: Turkey Has Been in Libya Since Gaddafi’s Fall“. see.news (2019-yil 1-dekabr). 2020-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-yanvar.
  6. Kinzer, Stephen „Tirade by Qaddafi Stuns Turkey's Premier“. NYTimes.com (1996-yil 9-oktyabr). 2015-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-yanvar.
  7. „Jawad Mella says Muammar Gaddafi is the only world leader who truly supports the Kurds“. ekurd.net. 2011-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-yanvar.
  8. „Turkey says offered Gaddafi "guarantee" to quit Libya“. www.reuters.com (2011-yil 10-iyun). 2019-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-yanvar.
  9. „Turkey recognises Libyan rebels“. France 24 (2011-yil 3-iyul). 2011-yil 10-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-yanvar.
  10. „Haftar displeasure over Qatar, Turkey on display at Palermo“. english.alarabiya.net. 2018-yil 14-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-yanvar.
  11. „Turkey’s Vice President Oktay storms out of Libya conference in Italy - Turkey News“. Hürriyet Daily News. 2018-yil 13-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-yanvar.
  12. „Turkey raises concern over tension in Libya“. yenisafak.com. Yeni Şafak. 2019-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-yanvar.
  13. „Turkey and Libya sign deal on maritime zones in the Mediterranean“ (en). Reuters (2019-yil 28-noyabr). 2020-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-yanvar.
  14. „Libyan National Army: Turkey supports terrorists, directly interferes in Libya“. egypttoday (2019-yil 29-iyun). 2019-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 29-iyun.
  15. „search“. 2020-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-yanvar.
  16. „Turkey deploys troops to bolster Libyan government“. BBC News (2020-yil 6-yanvar). 2020-yil 6-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 6-yanvar.
  17. „Turkey, Russia call for ceasefire in Libya on Jan 12“ (en). Reuters (2020-yil 8-yanvar). 2020-yil 10-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 8-yanvar.
  18. „Ankara'daki Libya Büyükelçiliği | Türkiye“. 2019-yil 24-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-yanvar.
  19. „T.C. Dışişleri Bakanlığı Turkish Embassy In Tripoli“. 2020-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 19-yanvar.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]