Liberation War Muzey

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Liberation War muzey (bengalcha: মুক্তিযুদ্ধ জাদুঘর Muktijuddho Jadughôr) — Bangladesh poytaxti Dakkadagi [1] Agargaondagi muzey boʻlib, Bangladeshning Pokistondan mustaqil boʻlganligiga, Bangladesh ozodlik urushi xotirasiga bagʻishlangan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Liberation War muzeyi 1971-yilgi ozodlik urushi xotirasini abadiylashtirish maqsadida sakkiz kishilik vasiylik kengashi tashabbusi bilan tashkil etilgan. Vasiylar muzeyni moliyalashtirish uchun keng jamoatchilikdan yordam soʻradi. Keng jamoatchilik urushdan qolgan asarlar, jumladan shaxsiy buyumlar, qurollar va, shuningdek, hujjatlar va shaxsiy tarixlar arxivini yaratish uchun eksponatlar bilan kelishdi. Bu ekponatlarning deyarli barchasi urush bilan bogʻliq edi. Yillar davomida muzey 21 000 dan ortiq eksponatlarni toʻpladi (2016-yil holatiga koʻra), ularning baʼzilari muzeyda eksponat sifatida va yana koʻplari uning arxivlarida saqlanadi. Muzeyning omma tomonidan moliyalashtiriladigan tabiati (Bangladesh hukumatidan mustaqil) va muzey kolleksiyasiga keng jamoatchilikning jamoaviy hissasi tufayli muzey oʻzini tashkil etilishini fuqarolarning saʼy-harakatlari natijasida shakllangan [2] deb taʼriflaydi. .

Muzey binosi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muzey eksponatlarining salmogʻi oshishi natijasida toʻplangan eksponatlarning bir qismigina bino koʻrgazmasidan oʻrin oldi.Shu tufayli yangi kattaroq va zamonaviy bino uchun talab yuzaga keldi. 2009-yilda muzeyning yangi dizayni uchun arxitektura tanlovi o‘tkazilib, arxitektorlar Tanzim Hasan Salim va Naheed Farzananing o loyihalari gʻolib boʻldi. 2013-yilda yangi bino qurish uchun Agargaon shahridan yer olindi va qurilish boshlandi. Liberation War muzeyi yangi binosi 2017-yil 16-aprelda rasman ochildi [3] Yangi bino galereyasi 3500 kvadrat metr maydonni egallaydi.

Galereyalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mirpurdagi qotillik maydonlaridan biridagi Jallad Xona yodgorligi muzey tomonidan saqlanadi.
Inson qoldiqlari va urush materiallarini oʻz ichiga olgan LWMning eski binolaridagi koʻrgazma.
Rassom Firoz Mahmudning „Sucker’wfp21“ badiiy loyihasi qisman Liberation War muzeyi va EMK markazi Bangladesh-AQSh munosabatlari bilan hamkorlikda amalga oshirildi.
Hindistondagi qochqinlar lageridagi haqiqiy hayot namoyishi

Galereyadagi asarlar Bangladeshning ilk tarixini va Bengalda Britaniya Rajiga qarshi Hindiston mustaqillik harakatini yoritish bilan boshlanadi. Katta boʻlimda Bangladesh mustaqillik harakati va Bengal tilini tan olish uchun Til harakati voqealari aks ettirilgan. Yana galereya fondida Gʻarbiy Pokiston va Bangladesh(oʻsha paytda Sharqiy Pokiston) oʻrtasidgi toʻqnashuvlar,Bengal millatchi yetakchisiShayx Mujibar bilan bogʻliq 1917-yilgi voqealar lavhalarini ham uchratish mumkin.

Garlereyalardagi asarlarda Pokiston armiyasi tomonidan Bengal aholisiga qarshi amalga oshirilgan genotsid, Bengal ziyolilari, talabalari, hindular va Avami ligasi yetakchilariga qaratilgan „Projektor nuri“ operatsiyasi hamda oʻn millionga yaqin qochqinning qoʻshni Hindistonga qochishi natijasida yuzaga kelgan gumanitar inqirozga eʼtibor qaratilgan.[1]

Galereyalarda eksponatlar: Mukti Baxini qoʻllagan qurollar, koʻplab Mukti Bahini jangchilarining shaxsiy buyumlari va Pokiston kuchlari tomonidan sodir etilgan vahshiylik qurbonlari boʻlgan tinch aholi vakillari, ularning koʻpchiligi mojarodan keyin ularning oilalari tomonidan sovgʻa qilingan. Shuningdek, Pokiston kuchlari tomonidan o‘ldirilgan tinch aholining ommaviy qabrlaridan olingan inson bosh suyagi va suyaklari qoldiqlari ham galereyada namoyish etilgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muzey bir qator targʻibot va aloqa dasturlarida faol ishtirok etgan.[4] Bularga yoshlarga ozodlik urushi haqida maʼlumot berish uchun maktablar bilan ishlaydigan dasturlar, shuningdek, muzey binolarida muntazam konferensiyalar va seminarlar kiradi. Muzey, shuningdek, turli xil sanʼat va madaniy tadbirlarni ham qoʻllab-quvvatlaydi. Muzey homiyligida bir nechta sanʼat koʻrgazmalari domiy tashkillashtiriladi.

Xalqaro aloqasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2006-yilda muzey Bangladesh mustaqillik harakati madaniyati va merosini saqlashga yordam berish uchun Yaponiya hukumati tomonidan xayriya sifatida zamonaviy audiovizual va koʻrgazma uskunalari bilan jihozlandi.[5] Muzey American Alliance of Museum(Amerika muzeylar alyansining) institutsional aʼzosi hisoblanadi.[6] Shuningdek, u International Coalition of HistoricSite Museums of Conscience tarixiy obidalari xalqaro koalitsiyasining asoschisi hisoblanadi.[7]

Vasiylik kengashi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muzeyning sakkiz kishilik vasiylik kengashi tarkibiga quyidagilar kiradi: Aly Zaker, Asaduzzaman Noor, Sara Zaker, doktor Sarvar Ali, Mofidul Hoque, Ziauddin Tariq Ali, Rabiul Hussain va H. Akku Chowdhuri .[8]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 "Liberation War Museum". Banglapedia. Asiatic Society of Bangladesh. 2007. http://en.banglapedia.org/index.php?title=Liberation_War_Museum. Qaraldi: 2015-08-06. 
  2. „About Us – Liberation War Museum“ (2018-yil 14-mart). 2018-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-dekabr.
  3. „Re-visiting the Liberation War Museum“ (en). The Daily Star (2017-yil 15-avgust). Qaraldi: 2018-yil 26-dekabr.
  4. „Projects and Programs – Liberation War Museum“ (2018-yil 2-fevral). 2018-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-dekabr.
  5. „Japan's Support to Liberation War Museum“. The Japanese Embassy to Bangladesh (2006-yil mart). Qaraldi: 2017-yil 30-iyun.
  6. „Liberation War Museum:Executive Summary“. The Liberation War Museum, Dhaka (2004). 2022-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-avgust.
  7. „arxiv nusxasi“. 2022-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-avgust.
  8. „Board of Trustees – Liberation War Museum“ (2018-yil 14-mart). 2018-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-dekabr.