Bengal genotsidi 1971

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bengal genotsidi — 1971-yil 25-martdan 16-dekabrga qadar muddat davomida Sharqiy Pokistonda (hozirgi Bangladesh) Pokiston islom respublikasi rahbariyati tomonidan uyushtirilgan qonli qirgʻin. Bangladeshdagi genotsid 1971-yil 25-martda „Projectlight“ harbiy operatsiyasining boshlanishi bilan boshlandi. Gʻarbiy Pokiston hukmronlik qilgan Pokiston hukumati Sharqiy Pokistonda bengallarning o‘z taqdirini o‘zi belgilash haqidagi chaqiriqlarini bostirish uchun harbiy repressiyani boshladi. Toʻqqiz oy davom etgan Bangladesh ozodlik urushi davomida Pokiston Qurolli Kuchlari aʼzolari va „Jamoati Islomiy“ning Pokiston tarafdori islomiy qoʻshinlari tomonidan 300 mingdan 3 mln.gacha bengallar qirib yuborilgan. Bengal tadqiqotchilari maʼlumotlariga koʻra, bu qirgʻin Ikkinchi jahon urushidagi „Xolokost“dan keyingi eng yirik genotsiddir.


Fayl:Human Remains and War Materiel from 1971 Genocide - Liberation War Museum - Dhaka - Bangladesh.jpg
B 1971-yilgi Bengal genotsididan qolgan inson qoldiqlari. Ozodlik urushi muzeyi. Dakka shahri