Leon Goretzka
2019-yil Goretzka Germaniya terma jamoasi safida | |||
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Leon Christoph Goretzka[1] | ||
Tavallud sanasi | 6-fevral 1995-yil[2] | ||
Tavallud joyi | Bochum, Germany | ||
Boʻyi | 1.89 m[3] | ||
Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Bayern Munich | ||
Raqami | 8 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1999-2001 | Werner SV 06 Bochum | ||
2001-2012 | VfL Bochum | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2012-2013 | VfL Bochum | 32 | (4) |
2013-2018 | Schalke 04 | 116 | (14) |
2015 | Schalke 04 II | 1 | (0) |
2018- | Bayern Munich | 97 | (22) |
Milliy terma jamoa | |||
2010-2011 | Germaniya U16 | 10 | (2) |
2011-2012 | Germaniya U17 | 17 | (5) |
2012-2014 | Germaniya U19 | 3 | (0) |
2013-2015 | Germaniya U21 | 10 | (1) |
2016 | Germaniya olimpiya jamoasi | 1 | (0) |
2014- | Germaniya | 44 | (14) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (14 may uchun) |
Leon Christoph Goretzka (1995-yil 6-fevralda tugʻilgan) — nemis professional futbolchisi, Bundesliga klubi "Bavariya" va Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi .
Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
VfL Bochum[tahrir | manbasini tahrirlash]
1999-yilda Goretzka oʻz faoliyatini SV 06 Bochum jamoasida boshlagan. U 2001-yilda VfL Bochumga oʻtishdan oldin WSVda ikki yil oʻynagan[4].
2012-yil 30-iyulda Goretzka 2012-yilgi 17 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasida Fritz Valter medali bilan taqdirlandi[5]. 2012-yil 4-avgustda u Bochum tarkibida professional faoliyatidagi debyutini oʻtkazdi[6].
Shalke 04[tahrir | manbasini tahrirlash]
2013-yil 30-iyun kuni "Shalke-04" Goretzkaning „Bochum“dan ketganini tasdiqladi. U 2018-yilning 30-iyuniga qadar besh yillik shartnoma imzoladi. Transfer narxi 3,2 million yevroni tashkil etdi[7].
2013-14-yilgi mavsum[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-14-yilgi mavsumda Goretzka barcha musobaqalarda 32 ta oʻyinda maydonga tushib, 5 ta gol urib, birinchi mavsumni sermahsul oʻtkazdi. U mavsumning ikkinchi yarmida muntazam boshlangʻich tarkib oʻyinchisiga aylandi va „Shalke“ga Bundesligada chempion „Bavariya“ va „Borussiya Dortmund“dan keyin uchinchi oʻrinni egallashida oʻz hissaini qoʻshdi.[8] Mavsum oxirida Goretzka Germaniya terma jamoasining 2014-yilda Braziliyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha jahon chempionati uchun 30 nafar futbolchilardan iborat jamoasiga jalb etildi. U jahon chempionati oldidan Polshaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida debyut qilgan[9].
2014-15-yilgi mavsum[tahrir | manbasini tahrirlash]
2014-15-yilgi mavsumda Goretzka son jarohati tufayli barcha musobaqalarda atigi 11 ta oʻyin bilan cheklandi[10]. U 24-turida TSG 1899 „Hoffenheim“ga qarshi oʻyinda jarohatdan qaytdi. Goretzka mavsum davomida Bundesliganing atigi 10 ta uchrashuvida maydonga tushgan. „Shalke“ mavsumni omadsiz o‘tkazdi va Bundesligada oltinchi o‘rinni egalladi[11].
2015-16-yilgi mavsum[tahrir | manbasini tahrirlash]
2015-16-yilgi mavsumda Goretzka barcha musobaqalarda 34 ta oʻyinda maydonga tushib, ikkita gol urdi[12]. U mavsum boshida toʻliq formaga qaytdi, biroq mavsum davomida bir nechta jarohat oldi.
2016-17-yilgi mavsum[tahrir | manbasini tahrirlash]
2016-17-yilgi mavsumda Goretzka barcha musobaqalarda 41 ta oʻyinda maydonga tushib, 8 ta gol urgan[13]. Bu Goretzkaning eng yaxshi mavsumi sifatida baholandi, chunki u koʻproq hujumchi sifatida oʻynaydi. 20-aprel kuni Goretzka Yevropa Ligasi doirasida „Ayaks“ga qarshi o‘yinda miyasi chayqalib, ikki jag‘i singan edi.
2017-18-yilgi mavsum[tahrir | manbasini tahrirlash]
2017-18-yilgi mavsumda Goretzka barcha musobaqalarda 29 ta oʻyinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi[14]. Goretzka „Shalke“ chempion „Bavariya“dan keyin ikkinchi oʻrinni egallashida oʻz hissasini qoʻshdi va 2014-15-yilgi mavsumdan beri ilk bor UEFA Chempionlar ligasiga yoʻllanma oldi. 2017-yil 25-noyabr kuni u Bundesligadagi 100-o‘yinida „Shalke“ning ashaddiy raqibi Dortmund Borussiyasiga qarshi o‘yinda maydonga tushdi.
Bavariya[tahrir | manbasini tahrirlash]
2018-19-yilgi mavsum[tahrir | manbasini tahrirlash]
2018-yilning 1-iyulida Goretzka 2022-yilning iyunigacha to‘rt yillik shartnoma imzolab, rasman „Bavariya“ga qo‘shildi[15]. 2018-yil 12-avgust kuni DFL Superkubogi bahsida u 64-daqiqada Tomas Myuller oʻrniga maydonga tushdi.[16] Bu Goretzkaning „Bavariya“ safidagi ilk uchrashuvi edi[17]. Keyingi yili, 2019-yilning 19-yanvarida u Bundesligadagi ilk dublini qayd etdi[18].
2019-20-yilgi mavsum[tahrir | manbasini tahrirlash]
2019-yil 26-noyabrda Goretzka Chempionlar ligasidagi ilk golini „Srvena Zvezda“ga mehmonda (6:0) kiritdi[19]. U Hansi Flik qoʻl ostida "Bavariya"ning trebl gʻalabasida muhim rol oʻynadi.
2020-21-yilgi mavsum[tahrir | manbasini tahrirlash]
2020-yilning 24-sentabrida Goretzka UEFA Superkubogi 2020 musobaqasida qo‘shimcha bo‘limlarda „Sevilya“ga qarshi oʻyinda maydonga tushdi[20]. 2021-yilning aprel oyida u mushaklaridagi muammolar tufayli Chempionlar ligasi chorak finalida Paris Saint-Germainga qarshi javob o‘yinini o‘tkazib yubordi[21].
2021-22-yilgi mavsum[tahrir | manbasini tahrirlash]
Mavsum oldidan Goretzka Xavi Martines tomonidan boʻsh qoldirilgan 8-raqamli futbolkaga ega boʻldi. 2021-yil 17-avgustda Goretzka „Bavariya“ bilan 2021-yilgi DFL Superkubogini zabt etdi. 16-sentabr kuni „Bavariya“ Goretzka bilan yangi shartnoma imzolaganini va uni 2026-yilgacha klubda qoldirishini eʼlon qildi[22].
Terma jamoadagi faoliyat[tahrir | manbasini tahrirlash]
2014-yilning 8-may kuni Goretzka Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov tomonidan 2014-yilgi Jahon chempionati uchun Germaniya terma jamoasining 30 kishilik dastlabki tarkibiga kiritildi[23]. 2014-yilning 13-mayida u Polshaga qarshi o‘yinda (0:0) debyut qildi[24].
Olimpiya jamoasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
"Shalke"dagi jamoadoshi Maks Meyer bilan bir qatorda Goretzka 2016-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlari uchun qaydnomaga kiritildi[25]. U Meksikaga qarshi birinchi oʻyinda Germaniya sardori boʻldi, ammo yelkasidan jarohat olib, Gelzenkirxenga qaytdi[26].
Shaxsiy hayot[tahrir | manbasini tahrirlash]
Goretzka Shimoliy Reyn-Vestfaliyaning Bochum shahrida tugʻilgan[27]. U Bochum shahridagi Elis-Salomon kasb-hunar maktabini tugatadi[28]. Uning otasi Konrad Opel kompaniyasida avtomobil muhandisi va elektrotexnika muhandisi sifatida ishlaydi[29]. Uning onasi Katarina Altenbochum Laer[30] protestant cherkovida ishlardi va Bochumdagi koʻplab muassasalarda biznes menejeri boʻlib ishlagan.
Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub | Mavsum | League | National Cup | Europe | Boshqa | Umumiy | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Chempionat | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
VfL Bochum | 2012-13[31] | 2. Bundesliga | 32 | 4 | 4 | 0 | — | — | 36 | 4 | ||
Schalke 04 | 2013-14[32] | Bundesliga | 25 | 4 | 2 | 1 | 5 | 0 | — | 32 | 5 | |
2014-15[33] | Bundesliga | 10 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | — | 11 | 0 | ||
2015-16[34] | Bundesliga | 25 | 1 | 2 | 1 | 7 | 0 | — | 34 | 2 | ||
2016-17[35] | Bundesliga | 30 | 5 | 2 | 0 | 9 | 3 | — | 41 | 8 | ||
2017-18[36] | Bundesliga | 26 | 4 | 3 | 0 | — | — | 29 | 4 | |||
Jami | 116 | 14 | 9 | 2 | 22 | 3 | — | 147 | 19 | |||
Schalke 04 II | 2014-15[33] | Regionalliga West | 1 | 0 | — | — | — | 1 | 0 | |||
Bayern Munich | 2018-19[37][38] | Bundesliga | 30 | 8 | 5 | 1 | 6 | 0 | 1 | 0 | 42 | 9 |
2019-20[39] | Bundesliga | 24 | 6 | 5 | 1 | 8 | 1 | 1 | 0 | 38 | 8 | |
2020-21[40] | Bundesliga | 24 | 5 | 0 | 0 | 7 | 2 | 1 | 1 | 32 | 8 | |
2021-22[41] | Bundesliga | 19 | 3 | 1 | 0 | 6 | 0 | 1 | 0 | 27 | 3 | |
2022-23 | Bundesliga | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | |
Jami | 97 | 22 | 11 | 2 | 27 | 3 | 4 | 1 | 139 | 28 | ||
Umumiy statistikasi | 246 | 40 | 24 | 4 | 49 | 6 | 4 | 1 | 323 | 51 |
Terma jamoadagi faoliyat[tahrir | manbasini tahrirlash]
Milliy terma jamoa | Yil | Oʻyinlar | Gollar |
---|---|---|---|
Germaniya | 2014-yil | 1 | 0 |
2016-yil | 2 | 0 | |
2017-yil | 9 | 6 | |
2018 | 7 | 0 | |
2019 | 6 | 5 | |
2020 | 4 | 1 | |
2021-yil | 12 | 2 | |
2022 | 3 | 0 | |
Jami | 44 | 14 |
Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Bavariya [42]
- Bundesliga: 2018-19, 2019-20[43], 2020-21[44], 2021-22
- DFB-Pokal: 2018-19, 2019-20
- DFL Superkubogi: 2018, 2020, 2021[45]
- UEFA Chempionlar Ligasi: 2019-20[46]
- UEFA Superkubogi: 2020[47]
- FIFA klublar oʻrtasidagi jahon chempionati: 2020[48]
Germaniya U17
- 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi UEFA Yevropa chempionatida ikkinchi oʻrin: 2012[49]
Germaniya Olimpiya jamoasi
- Yozgi Olimpiya oʻyinlari kumush medali: 2016[50]
Germaniya
- FIFA Konfederatsiyalar kubogi: 2017[51]
Shaxsiy sovrinlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Fritz Valterning oltin medali (U-17): 2012[52]
- FIFA Konfederatsiyalar kubogi kumush butsasi: 2017[53]
- FIFA Konfederatsiyalar kubogi bronza to‘pi: 2017[53]
- UEFA Chempionlar ligasining mavsum ramziy jamoa tarkibi aʼzosi: 2019-20[54]
- Bundesliganing mavsum oʻyinchisi: 2017-18[55], 2020-21[56]
- Bundesliganing mavsum oʻyinchisi: 2020-21[57]
- VDV Bundesliganing mavsum oʻyinchisi: 2020-21[58]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „FIFA World Cup Russia 2018: List of Players: Germany“. FIFA (15-iyul 2018-yil). 11-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi.
- ↑ „Leon Goretzka: Overview“. ESPN. Qaraldi: 28-iyun 2020-yil.
- ↑ „Leon Goretzka“. FC Bayern Munich. Qaraldi: 28-iyun 2020-yil.
- ↑ „Leon Goretzka“ (de). kicker. Qaraldi: 4-avgust 2012-yil.
- ↑ „Fritz-Walter-Medaille für Goretzka, Ginter, Rüdiger und Lotzen“ (de). German Football Association (30-iyul 2012-yil). Qaraldi: 1-mart 2012-yil.
- ↑ „Trio infernale: Iashvili, Goretzka und Freier“. kicker (4-avgust 2012-yil). Qaraldi: 1-mart 2013-yil.
- ↑ „Schalke und Bochum einigen sich im Fall Goretzka“ (de). Spiegel Online (30-iyun 2013-yil). Qaraldi: 18-may 2018-yil.
- ↑ „Leon Goretzka“ (de). kicker.de. kicker. Qaraldi: 11-yanvar 2017-yil.
- ↑ „Goretzka: "Neuanfang" in der Nationalelf“ (de). sport.de (14-noyabr 2016-yil). Qaraldi: 30-iyun 2020-yil.
- ↑ „Leon Goretzka » Club matches“. World Football. Qaraldi: 11-yanvar 2017-yil.
- ↑ „Schalke's Leon Goretzka comes of age in Russia“. bundesliga.com (2-iyul 2017-yil). Qaraldi: 18-may 2018-yil.
- ↑ „Leon Goretzka“ (de). kicker.de. kicker. Qaraldi: 11-yanvar 2017-yil.
- ↑ „Leon Goretzka“ (de). kicker.de. kicker. Qaraldi: 21-noyabr 2018-yil.
- ↑ „Leon Goretzka“ (de). kicker.de. kicker. Qaraldi: 21-noyabr 2018-yil.
- ↑ „FC Bayern sign Germany international Leon Goretzka“. fcbayern.com. Qaraldi: 8-dekabr 2018-yil.
- ↑ „FCB gewinnt Supercup – Lewandowski macht den Unterschied“ (de). kicker.de. kicker. Qaraldi: 19-avgust 2018-yil.
- ↑ Pearson. „Robert Lewandowski hat trick leads Bayern Munich to Super Cup win“. Deutsche Welle (12-avgust 2018-yil). Qaraldi: 20-avgust 2018-yil.
- ↑ „Leon Goretzka double helps Bayern Munich down Hoffenheim“. Bundesliga (19-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 20-yanvar 2019-yil.
- ↑ „Goretzka's maiden goal sets Bayern on their way“. fcbayern.com. Qaraldi: 27-noyabr 2019-yil.
- ↑ „Bayern 2–1 Sevilla“. UEFA (24-sentabr 2020-yil).
- ↑ „Goretzka has little chance of playing second leg in Paris“. besoccer.com (aprel 2021).
- ↑ „Leon Goretzka extends contract“.
- ↑ Kops, Calle. „Löw überrascht beim vorläufigen WM-Kader“ (de). dw.de. Deutsche Welle (8-may 2014-yil). Qaraldi: 2-sentabr 2014-yil.
- ↑ Hallam, Mark. „Germany vs Poland: More useful to Löw than you might think“. Deutsche Welle (12-may 2014-yil). Qaraldi: 2-sentabr 2014-yil.
- ↑ „Leon Goretzka: I'm very grateful“. FC Schalke 04 (25-iyul 2016-yil). 18-sentabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17-sentabr 2016-yil.
- ↑ „Leon Goretzka travels back from the Olympics“. FC Schalke 04 (11-avgust 2016-yil). 18-sentabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 17-sentabr 2016-yil.
- ↑ „Leon Goretzka: Profile“. worldfootball.net. HEIM:SPIEL. Qaraldi: 28-iyun 2020-yil.
- ↑ „RevierSport: Goretzka hat die Reifeprüfung abgelegt“ (de). reviersport.de. Reviersport (3-iyul 2014-yil). Qaraldi: 2-sentabr 2014-yil.
- ↑ Webb. „GM-Peugeot Pact Makes Opel Workers Rivals for Survival at Two Plants: Cars“. bloomberg.com. Bloomberg L.P. (1-may 2012-yil). Qaraldi: 2-sentabr 2014-yil.
- ↑ „AltBOWeltladen : Evangelischer Kirchenkreis Bochum“ (de). www.kirchenkreis-bochum.de. Qaraldi: 1-may 2022-yil.
- ↑ „Leon Goretzka“ (de). kicker. Qaraldi: 4-avgust 2012-yil.
- ↑ „Leon Goretzka“ (de). kicker.de. kicker. Qaraldi: 11-yanvar 2017-yil.
- ↑ 33,0 33,1 „Leon Goretzka » Club matches“. World Football. Qaraldi: 11-yanvar 2017-yil.
- ↑ „Leon Goretzka“ (de). kicker.de. kicker. Qaraldi: 11-yanvar 2017-yil.
- ↑ „Leon Goretzka“ (de). kicker.de. kicker. Qaraldi: 21-noyabr 2018-yil.
- ↑ „Leon Goretzka“ (de). kicker.de. kicker. Qaraldi: 21-noyabr 2018-yil.
- ↑ „FCB gewinnt Supercup – Lewandowski macht den Unterschied“ (de). kicker.de. kicker. Qaraldi: 19-avgust 2018-yil.
- ↑ „Leon Goretzka“ (de). kicker.de. Qaraldi: 3-avgust 2019-yil.
- ↑ „Sancho glänzt in doppelter Rolle: BVB gewinnt Supercup“ (de). kicker.de (3-avgust 2019-yil). Qaraldi: 3-avgust 2019-yil.
- ↑ „Leon Goretzka“ (de). kicker.de. Qaraldi: 8-may 2021-yil.
- ↑ „Leon Goretzka“ (de). kicker.de. Qaraldi: 14-may 2022-yil.
- ↑ „L. Goretzka“. Soccerway. Qaraldi: 28-iyun 2020-yil.
- ↑ „Mia san Meister!“. twitter.com (27-iyun 2020-yil). Qaraldi: 28-iyun 2020-yil.
- ↑ „Bayern Munich crowned Bundesliga champions“. Bundesliga (8-may 2021-yil). Qaraldi: 8-may 2021-yil.
- ↑ „Robert Lewandowski double as Bayern Munich overcome Borussia Dortmund to win the Supercup“. Bundesliga Official. Bundesliga. Qaraldi: 11-oktabr 2021-yil.
- ↑ „Bayern win the Champions League“. ESPN (23-iyul 2020-yil). Qaraldi: 23-iyul 2020-yil.
- ↑ „Joker Javi Martinez köpft Bayern zum Supercup“ (de). kicker.de (24-sentabr 2020-yil). Qaraldi: 24-sentabr 2020-yil.
- ↑ „Pavard completes sextuple for dominant Bayern“. FIFA.com (11-fevral 2021-yil). Qaraldi: 11-fevral 2021-yil.
- ↑ „Final: Germany 1–1 Netherlands: Line-ups“. UEFA. Qaraldi: 30-iyun 2020-yil.
- ↑ „Rio 2016 Football Results Book: Medallists“. Olympic World Library (20-avgust 2016-yil). Qaraldi: 30-iyun 2020-yil. [sayt ishlamaydi]
- ↑ „Match report: Chile – Germany“. FIFA. 29-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi.
- ↑ „Fritz-Walter-Medaille 2012: Die Gewinner: Das sind die besten Talente Deutschlands“ (de). spox.com. Spox.com (30-iyul 2012-yil). Qaraldi: 2-sentabr 2014-yil.
- ↑ 53,0 53,1 „Awards list dominated by victorious Germans“. FIFA.com (2-iyul 2017-yil). 29-iyun 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-iyun 2020-yil.
- ↑ „UEFA Champions League Squad of the Season“. UEFA.com (28-avgust 2020-yil). Qaraldi: 28-avgust 2020-yil.
- ↑ „CONFIRMED 2017/18 Bundesliga FIFA 18 Team of the Season!“. Bundesliga (30-may 2018-yil). Qaraldi: 30-may 2018-yil.
- ↑ „The 2020/21 Bundesliga Team of the Season!“. Bundesliga (15-may 2021-yil). Qaraldi: 17-may 2021-yil.
- ↑ „Sechs Klubs dabei: Die kicker-Elf der Saison (2020/21)“ (de). kicker (1-iyun 2021-yil). Qaraldi: 21-iyul 2021-yil.
- ↑ „Robert Lewandowski zum VDV-Spieler der Saison gewählt“ (de). VDV (2-iyun 2021-yil). Qaraldi: 21-iyul 2021-yil.