Leon Adamov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Leon Tigranovich Adamov (1929.26.10, Qoʻqon) - Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan me’mor (1989). Oʻrta Osiyo politexnika institutini tugatgan (1954). 1954 — 92 yillar Toshkentdagi ilmiy tadqiqot va loyihalash institutlarida me’mor va bosh me’mor, Toshkent shahrining bosh me’mo-ri oʻrinbosari. 1992-yildan Oʻzbekiston me’morlar uyushmasi qoshidagi Me’morlik jamgʻarmasida bosh direktor. Toshkentdagi "Chilonzor turar-joy dahasi" (1959 — 69), San’at saroyi (1961 — 63), Mustaqillik maydonidagi ma’muriy binolar (1968 — 74), A. Navoiyga oʻrnatilgan yodgorlik (1989 — 91), shuningdek S. Rahimov, A. Ikromov haykallarining me’moriy qismi va boshqa A. loyihasi hamkorligida yaratilgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1970).

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil