Learning to Play Guitar
Muallif(lar) | Colin McAllister |
---|---|
Til | inglizcha |
Janr(lar)i | musiqa |
Nashriyot | „The Teaching Company“ |
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi | 2017 |
Keyingisi | 244 |
„Learning to Play Guitar“ („Gitara chalishni oʻrganish“), toʻliq nomi: „Learning to Play Guitar: Chords, Scales, and Solos“ („Gitara chalishni oʻrganish: Akkordlar, gammalar va sololar“) — amerikalik musiqachi, Colorado universiteti professori Colin McAllister qalamiga mansub gitara chalishni oʻrgatuvchi qoʻllanma.[1] 2017-yil Chantilly shahrida „The Teaching Company“ nashriyoti tomonidan chop etilgan. Onlayn video va DVD formatida tayyorlangan qoʻllanma PDF formatidagi hamroh kitob bilan nashr etilgan.
Asar gitara chalishni noldan boshlaganlar uchun moʻljallangan. Qoʻllanma har biri oʻrtacha yarim soat davom etadigan 24 ta „leksiya“dan iborat boʻlib, hamroh kitobda videoda oʻrgatilgan materiallarning muxtasari keltirilgan. Har bir bob besh modulga (texnika, nota yozuvi, akkordlar, gammalar va praktika) boʻlingan.
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Colin McAllister, D.M.A.“ (inglizcha). Colorado universiteti. Qaraldi: 11-dekabr 2020-yil. [sayt ishlamaydi]
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- „Learning to Play Guitar: Chords, Scales, and Solos“ The Great Courses saytida (ingl.)
- „Learning to Play Guitar: Chords, Scales, and Solos“ Colin McAllister saytida (ingl.)
![]() |