„Learn to Play the Guitar“ („Gitara chalishni oʻrganing“), toʻliq nomi: „Learn to Play the Guitar: A Step-By-Step Guide“ („Gitara chalishni oʻrganing: Qadamma-qadam qoʻllanma“) — britan musiqachi Nick Freeth qalamiga mansub gitara chalishni oʻrgatuvchi qoʻllanma. Ilk bor 2004-yil Bath shahrida „Parragon“ nashriyoti tomonidan chop etilgan. Bir necha marta qayta nashr qilingan, ispan, olmon, polyak tillariga tarjima qilingan. Kitobning ayrim nashrlar kitob va DVD diskdan iborat toʻplamdir. Asar gitara chalishni noldan boshlaganlar uchun moʻljallangan.