Olmon (Nemis) tili
| Olmon (Nemis) tili | |
|---|---|
|
| |
| Milliy nomi | Deutsch, die deutsche Sprache |
| Mamlakatlar | Olmoniya, Belgiya, Shveysariya, Luksemburg, ... |
| Rasmiylik holati | Olmoniya, Belgiya, Shveysariya, Luksemburg, ... |
| Soʻzlashuvchilarning umumiy soni | 200 million |
| Turkumlanishi | |
| Til oilasi | Hind-yevropa |
| Alifbosi | lotin |
| Til kodlari | |
| ISO 639-1 | de |
| ISO 639-2 | ger (B); deu (T) |
| ISO 639-3 | deu |

Olmon tili (olmoncha: Deutsch ) – Hind-yevropa tillari oilasidagi german tillari guruhiga mansub til. Idish tiliga yaqin. OFR, Avstriya Respublikasi, Shveysariya Konfederatsiyasi (qisman), Lyuksemburg Gersogligi (qisman), Belgiya Qirolligining rasmiy tili. Rossiya Federatsiyasida, Shimoliy va Janubiy Amerikaning bir kancha mamlakatlarida ham tarqalgan. Soʻzlashuvchilarning umumiy soni 110 million kishidan ortiqrokdir. Olmon tili frank, saks, turing, alemann, bavar singari gʻarbiy german kabilalari shevalari asosida tarkib topgan va quyi olmon, oʻrta olmon va jan. Olmon lahjalariga, har bir lahja guruhi esa gʻarbiy va shar-qiy guruhchalarga ajraladi. Olmon tilining taraqqiyot tarixida milliy tilgacha boʻlgan (16-asrgacha) va milliy til (18-asrdan) davrlari farqlanadi; 16—17-asrlar oʻtish davri hisoblanadi. Hozirgi ada-biy til meʼyorlarining shakllanishi asosan 18-asr oxirida tugallanib, bu davrda grammatik tizim va imlo barqarorlashgan.
Hozirgi olmon tili fonologik tizimida monoftong va diftonglar 45 foizni tashkil etadi (16 unli fonema va 3 diftong); undoshlar tizimi 18 undosh fonema va 2 qorishiq tovushdan iborat. Barcha fonemalar hosil boʻlish oʻrni, usuli va talaffuzi jihatidan oʻzaro farqdanadi, muayyan oʻziga xosliklarga ega. Gramatik qurilishi analitiksintetik xususiyat bilan ajralib turadi. Mas, otlarda jins va kelishik shakllari, asosan, analitik tarzda, son kategoriyasi esa sintetik tarzda ifodalanadi. Bu holat boshqa soʻz turkumlaridagi shakllar ifodasida ham ku-zatiladi. Gapning asosiy turi feʼl markazli ran. Yasama, qoʻshma feʼllardan ifodalangan kesim qismlarining ran tarkibida distant holatda qoʻllanishi olmon tilining aloqida xususiyati hisoblanadi.
Soʻz yasash vositalari tizimi yaxshi rivojlangan; soʻz qoʻshish bilan ot (asosan, termin) yasalishi keng qoʻllanadi. Lugʻat tarkibida asl olmoncha soʻzlar qatori lotin, fransuz, italyan, ingliz va boshqa tillardan oʻzlashgan soʻzlar ham koʻplab uchraydi. Yozuvi lotin grafikasiga asoslangan.
Adabiy olmon tilining Avstriya va Shveysariyadagi variantlari Germaniyadagi variantidan adabiy tildan turlicha foydalanish va uning lahjalar hamda soʻzlashuv tiliga munosabati nuqtai nazaridan oʻzaro farqdanadi.[1]
Alifbo
[tahrir | manbasini tahrirlash]| a | [a:] |
| b | [be:] |
| c | [tse:] |
| d | [de:] |
| e | [e:] |
| f | [εf] |
| g | [ge:] |
| h | [ha:] |
| i | [i:] |
| j | [jοt] |
| k | [ka:] |
| l | [εl] |
| m | [εm] |
| n | [εn] |
| o | [o:] |
| p | [pe:] |
| q | [ku:] |
| r | [εr:] |
| s | [εs] |
| t | [te:] |
| u | [u:] |
| v | [fau:] |
| x | [iks] |
| y | [ypsilεn] |
| z | [tsεt] |

Eslatma
[tahrir | manbasini tahrirlash]Olmon tilida otlar har doim katta harfda yoziladi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Olmoncha soʻzlashgich (Wayback Machine saytida 2014-11-17 sanasida arxivlangan)
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |