Laura Carmichael

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Laura Carmichael
Tavalludi
Laura Elizabeth Carmichael

16-iyul 1986-yil (1986-07-16) (37 yosh)
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 2010-hozirgacha
Bolalari 1 nafar

Laura Elizabeth Carmichae (16-iyul, 1986-yil, Londonda tugʻilgan)[1] britaniyalik kino va televideniye aktrisasi. U ITV (Buyuk Britaniya) va PBS (AQSh) kanallarida efirga uzatilgan teleserial Downton Abbey nomli dramadagi Lady Edith Crawley roli bilan mashhur. Uning boshqa shartnomalari orasiga Marcella (2016) teleseriali[2] va A United Kingdom (2016) badiiy filmi kiradi[3].

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Carmichael Angliyaning Southampton shahrida tugʻilgan[1]. U oilasidagi uch nafar qizning oʻrtanchasidir. Lauraning opasi Amy dasturiy taʼminotni ishlab chiqaruvchi kompaniyada ishlaydi, singlisi Olivia esa NHS bilan xayriya jamgʻarmasi tashkilotchisidir[4].

Aktrisa Shirley Junior School, The Mountbatten School,[5] va Peter Symonds College kabi taʼlim dargohlarida tahsil olgan[6]. Carmichael Bristoldagi Bristol Old Vic Theatre Schoolda oʻqigan va uni 2007-yilda tamomlagan. U Ikki yil davomida turli xil ishlarda, jumladan, oʻqituvchi yordamchisi, qabulxona xodimi va enaga boʻlib, chekka teatrlarda kichik suhbatlardan oʻtgan[7][8].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uning televideniye rollari orasida Tohe Heart of Thomas Hardy va End of Our Street kabi kartinalar kiradi[6]. 2011-yilda u Tinker Tailor Soldier Spy filmida paydo boʻladi va shu bilan birga, 2014-yilda Madam Bovary filmida Henriette rolini gavdalantiradi[6].

2016-yilda Carmichael ITVning yangi televizion kriminal drama seriali Marcellada Maddy Stevenson rolini oʻynagan. Marsella Britaniya Metropolitan politsiyasi detektivi va yolgʻiz onaning qotillik guruhiga qaytishiga eʼtibor qaratadi, bu skandinaviyancha teleserial The Bridgeni yaratgan shved ssenariychisi Xans Rozenfeldtning birinchi inglizcha shousi boʻlgan[2]. 2016-yilda aktrisaning Jamie Lloydning (Uzo Aduba bilan birgalikda) Londonning West Enddagi Trafalgar Studiosda The Maids spektaklida Madam rolini ijro etgan[9][10].

Carmichaelning oldingi muhim roli 2011-yilda David Harening Sheffild Crucible teatrida Anna Friel (Yelena) va Ken Stott (Vanya) bilan birgalikda ijro etgan[11]. U 2009-yilda Battersea Arts Centre oʻtkazilgan Scratch festivalining bir qismi sifatida "Reasons for Living filmida Laura rolini oʻynadi[12]. 2009-yil oxirida aktrisa Shakespeare tomonidan yozilgan The Tempest nomli gastrol spektaklida Miranda rolini ijro etdi[13].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Carmichael Londonning Camden shahrida istiqomat qiladi[4]. Aktrisa 2014-yildan beri Downton Abbey kartinasidagi hamkasbi Michael C. Fox bilan munosabatda boʻlib, 2016-yilda rasman turmush qurishgan[14]. Ularning 2021-yil mart oyida tugʻilgan Luca ismli oʻgʻil farzandlari bor.

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Sarlavha Rol Izohlar
2009 House at the End of Our Street Yvonne
2010 The Heart of Thomas Hardy Hardyning xizmatkori
2010-2015 Downton Abbey Lady Edith Crawley Asosiy tarkib; 52ta epizod
2011 Tinker Tailor Soldier Spy Sal
2014 Madame Bovary Henrietta
2015 Burn Burn Burn Seph
2016 A United Kingdom Muriel Williams
2016 Marcella Maddy Stevenson Takroriy rol; 4ta epizod
2017 Man in an Orange Shirt Daphne Talbot Takroriy rol; 1ta epizod
2019-2020 The Spanish Princess Margaret Pole, Countess of Salisbury Asosiy tarkib; 16ta epizod
2019 Downton Abbey Edith Pelham, Marchioness of Hexham
2020 The Secrets She Keeps Agatha Asosiy tarkib; 6ta epizod
2022 Downton Abbey: A New Era Edith Pelham, Marchioness of Hexham

Teatr sahnalarida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Sarlavha Rol Izohlar
2009 Reasons for Living Laura BAC
2009 The Tempest Miranda/Ariel Buyuk Britaniya boʻylab gastrol
2011 Plenty Louise/Dorcas Sheffield Crucible Theatre
2012 Uncle Vanya Sonya Vaudeville Theatre
2013 The Fitzrovia Radio Hour Arabella Underglobe Theatre
2016 The Maids Madam Trafalgar Studios
2017 Apologia Trudi Trafalgar Studios

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Laura Carmichael profile“. TV Guide. Qaraldi: 2015-yil 12-mart.
  2. 2,0 2,1 Association. „Anna Friel and Laura Carmichael to star in ITV crime drama Marcella“. The Guardian (2015-yil 5-noyabr).
  3. Canada. „Laura Carmichael on leaving Lady Edith behind and her new film 'A United Kingdom'“. Hello. 2017-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-avgust.
  4. 4,0 4,1 Woods, Judith. „Downton Abbey's Laura Carmichael: 'Who's to say a husband constitutes a happy ending?'“. The Telegraph (2015-yil 19-dekabr). Qaraldi: 2015-yil 22-dekabr.
  5. „My Inspirational Teacher: by Downton Abbey star Laura Carmichael“. aworldatschool.org. 2015-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 18-noyabr.
  6. 6,0 6,1 6,2 „The Jamie Lloyd Company (The Maids): Laura Carmichael biography“. thejamielloydcompany.com. 2016-yil 3-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 18-noyabr.
  7. „Laura Carmichael interview: 'I don't seek out hopeless girls to play'“.
  8. „Laura Carmichael: 'Downton was a miracle'“. Independent.co.uk (2015-yil 27-oktyabr).
  9. „The Maids – Projects – The Jamie Lloyd Company“. thejamielloydcompany.com. 2017-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-avgust.
  10. Mayo. „Jamie Lloyd to direct Uzo Aduba, Zawe Ashton and Laura Carmichael in The Maids“. britishtheatre.com (2015-yil 6-noyabr). Qaraldi: 2015-yil 18-noyabr.
  11. „Sheffield Theatres Announce Casting for The David Hare Season“.
  12. „Scratch Festival, by Various at Battersea Arts Centre – Lavender Hill, Battersea London SW11 5TN – London UK – more on OffWestEnd.com – Listings and showtimes for over 80 Off West End theatres in London UK“. offwestend.com. 2017-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 3-avgust.
  13. Connolly, Annaliese (1 December 2009). „Review of Shakespeare's The Tempest (directed by Janice Honeyman) at the Courtyard Theatre, Stratford-upon-Avon and on tour, February–April 2009“. Shakespeare. 5-jild, № 4. 462–464-bet. doi:10.1080/17450910903370558.
  14. Downton's Michael Fox on Filming With His Girlfriend Laura Carmichael | This Morning (inglizcha), qaraldi: 2021-08-21

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]