Larisa Levteyeva

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Larisa Levteyeva
Tavalludi 23.09.1941
Orenburg,Rossiya SFSR
Fuqaroligi  Oʻzbekiston
Sohasi Tarix, muzeyshunoslik, etnografiya
Ish joylari Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi
Mukofotlari „Mehnat faxriysi“ medali(1986), „Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi“ faxriy ko‘krak nishoni(2021)

Larisa Georgiyevna Levteyeva (1941-yilda tugʻilgan) — taniqli oʻzbekistonlik olima, Oʻzbekiston tarixi va madaniyati boʻyicha mutaxassis. Uning qiziqishlari doirasi muzeyshunoslik,tarix-tarixshunoslik, etnografiya, arxeologiya, xalq amaliy va tasviriy san'at kabi ilmiy fanlar bilan bogʻliq.[1] Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi Katta ilmiy xodimi, tarix fanlari nomzodi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Larisa Georgiyevna Levteyeva 1941-yil 23-sentabrda Orenburgda harbiy xizmatchi oilasida tugʻilgan. 1949-1959-yillar — Oʻrta maktabda oʻqigan. U oʻrta maktabni oltin medal bilan tugatgan.

Ilmiy va ijtimoiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • ToshDU (hozirgi M.Ulugʻbek nomidagi OʻzMU) tarix fakultetini tamomlagan (1963). 1964-yil dekabrdan Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyida ishlaydi. Kichik, katta va yetakchi ilmiy xodim, ilmiy kotib, ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. Muzeyning ilmiy-tadqiqot, ilmiy ekspozitsiya, ko‘rgazma, fond, ilmiy-uslubiy, ilmiy-maʼrifiy va nashriyot ishlari bo‘yicha bo‘limlari faoliyatiga bevosita rahbarlik qilgan. Muzey ilmiy kengashi kotibi lavozimida ishlagan.
  • 1966 yildan 1989 yilgacha L. G. Levteyeva Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyining asosiy inventar kitobini yuritadi, unga muzeyga qabul qilingan barcha eksponatlar kiritilgan. 1975 yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti huzuridagi Dissertatsiyalar qabul qilish va himoya qilish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan kengashda „Oʻrta Osiyo tarixiga oid memuar manbalar(XIX asrning ikkinchi yarmi-XX asr boshlari)“ mavzusida tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.1987 yilda katta ilmiy xodim (dotsent) unvoni va diplomini oladi.
  • 1998-yilda L. G. Levteyeva shu yili O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov farmoni bilan tuzilgan Respublika „O‘zbekmuzey“ jamg‘armasiga ishga taklif qilinib, 2006-yilgacha bu yerda bosh mutaxassis lavozimida ishladi. K.Tursunaliev bilan hamkorlikda „Muzeyshunoslik (muzey ishi fani)“ uslubiy qo‘llanma va jamg‘arma ishini sarhisob qiluvchi risola tayyorladi. Bu risola muzeylar xodimlariga uslubiy yordam ko‘rsatdi.
  • 1998-2009-yillarda Oʻzbekiston amaliy sanʼat muzeyida (hozirgi Oʻzbekiston amaliy sanʼat va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi) ilmiy boʻlim mudiri lavozimida yarim stavka faoliyat yuritgan. U boshqa xodimlar bilan birgalikda 20 ta kolleksiyadagi 7000 ga yaqin buyum tavsifini hamda muzey ekspozitsiyasi bo‘yicha qo‘llanmani o‘z ichiga olgan Katalogni tayyorladi.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

L. G. Levteyeva 100 dan ortiq ilmiy va ilmiy-ommabop ishlar, koʻplab OAVda maqolalar va Oʻzbekiston moddiy va maʼnaviy merosiga bagʻishlangan asarlar:

  • „Kustarnie promisli v bitu narodov Uzbekistana XIX — XX vekov“(„XIX-XX asrlardagi Oʻzbekiston xalqlari hayotida hunarmandchilik“ jamoaviy asar, 1986-yil),
  • „Tyubeteyki Uzbekistana XIX — XX vekov“ („XIX-XX asrlar Oʻzbekiston doʻppilari“, 2006, I. V. Bogoslovskaya bilan hammualliflikda),
  • „Bogataya istoriya drevney zemli“ (2012,"Qadim zaminning boy tarixi"),
  • „Oʻzbekistonda harbiy sanʼat tarixi“ (2013, J. X. Ismailova bilan hammualliflikda),
  • „Yuriy Fedorovich Buryakov. Put v nauke dlinoyu v jizn“(2014, „Yuriy Feodorovich Buryakov. Ilmiy hayot yoʻlida“),
  • „Soxranyaya kulturnoe nasledie“(2019, „Madaniy merosni saqlash“) muallifi. Olimaning ilmiy va ilmiy-ommabop ishlari va asarlari haqida batafsil maʼlumot olish uchun quyidagi asar(L. G. Levteeva. Bibliografiya.-T.:"Fan va texnologiyalar nashriyot-matbaa uyi", 2021.72 str.)ga qaralsin.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • L. G. Levteeva. Bibliografiya.-T.:"Fan va texnologiyalar nashriyot-matbaa uyi", 2021.72 str.
  • „Oʻzbekiston madaniy merosi“ mualliflik turkumi: „Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi toʻplami. Ikkinchi qism. Etnografik fond“ kitob-albomi/ F. F. Abduxoliqov, E. V. Rtveladze, J. H. Ismoilova, L. G. Levteeva // Toshkent: „East Star Media“ MChJ, „Darakchi inform servis“ MChJ buyurtmasiga koʻra, 2020. — 432 b.


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. L. G. Levteeva. Bibliografiya.-T.:"Fan va texnologiyalar nashriyot-matbaa uyi", 2021.5 s.