Kolleksiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Kolleksiya (lot. collectio — toʻplash, toʻplam) — bir turdagi yoki umumiy mavzuda birlashtirilgan narsalar yoki sanʼat asarlari (jumladan, kitob, qoʻlyozma, kartina, gravyura, chinni, marka, tanga va h.k.) toʻplami. K. tuzish material yigʻish, tahlil qilish va tartibga solishni nazarda tutadi. Bir xil buyum yoki mavzu bilan bogʻliq ashyolarni, sanʼat asarlarini toʻplash, yigʻish qadim paytlardan maʼlum. Oʻziga yoqqan buyum yoki ashyolarni oʻrganish, bir-biri bilan solishtirish va har birida oʻziga xoslikni kashf etish, ularning yangi qirralarini ochish toʻplovchiga zavq bagʻishlaydi, uni yangi topilmalar qidirishga undaydi. Xususiy badiiy K.lar muzeyda doimiy yoki davriy koʻrgazma ashyolarini tashkil qiladi, baʼzan muzey yoki davlatga sovgʻa tariqasida takdim etiladi. Muzeyshunoslikda K. mavzu, sana, uslub, tipologiya va boshqa xususiyatlari bilan ajralib turadigan shaxsiy toʻplamning bir qismini bildiradi. Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeyi, Amaliy sanʼat muzeyi, Oʻzbekiston davlat tabiat muzeyi shunday toʻplamlar asosida yuzaga kelgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil