Kontent qismiga oʻtish

Laetitia Casta

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Laetitia Casta

Casta 2020-yilda
Tavalludi
Laetitia Marie Laure Casta

11-may 1978-yil (1978-05-11) (46 yosh)
Kasbi
  • Model
  • aktrisa
Filmlari Born in 68
Gainsbourg: A Heroic Life
A Faithful Man
Faoliyat yillari 1993–hozirgi kungacha
Turmush oʻrtogʻi
Louis Garrel (turm. 2017)
Bolalari 4
Veb-sayt laetitia-casta.fr

Laetitia Marie Laure Casta (1978-yil 11-mayda tugʻilgan) – fransuz modeli va aktrisasi.

U Cosmopolitan, Vogue, Rolling Stone, Elle va Glamour kabi mashhur jurnallarning 250 dan ortiq muqovalarida chiqqan va Yves Saint Laurent, Jean-Paul Gaultier, Chanel, Dior, Dolce & Gabbana, Paco Rabanne, Kenzo, Louis Vuitton, Christian Lacroix, Roberto Cavalli, Jacquemus, Ralph Lauren va Vivienne Westwood kabi brendlar bilan birga ishlagan.

Casta aktrisa sifatida „Asteriks va Obeliks Sezarga qarshi“ (1999), „Born in 68“ (2008), „Face“ (2009), „Gainsbourg: A Heroic Life“ (2010), „Arbitraj“ (2012), „A Faithful Man“ (2018) va „The Crusade“ (2021) kabi filmlarda suratga tushgan. „Gainsbourg: A Heroic Life“ filmidagi roli uchun esa „Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa“ nominatsiyasida César mukofotiga nomzodi qoʻyilgan.

Laetitia Casta Normandiyaning Pont-Audemer shahrida tugʻilgan. Uning onasi Line Blin Normandiyalik, otasi Dominique Casta esa Korsikalik boʻlgan. Castaning Jean-Baptiste ismli akasi va Marie-Ange ismli singlisi bor. U bolaligini Normandiya va Korsikada oʻtkazgan[1].

Laetitianing ota tomondan ajdodlari italyan boʻlishgan[2][3][4].

Siyosiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2008-yil 6-aprelda Casta, 2002-yildan beri FARC tomonidan qoʻlga olingan prezidentlikka nomzod Íngrid Betancourtning darhol ozod etilishini talab qilish maqsadida tashkil etilgan „White March“ (tarjimasi „Oq yurish“) nomli norozilik namoyishida ishtirok etgan[5]. 2002-yil 30-aprelda esa prezidentlik saylovlarining birinchi bosqichidan soʻng oʻtkazilgan „Vive la République“ (tarjimasi „Respublika yashasin“) nomli namoyishda qatnashgan[6].

U 2016-yil 9-dekabrda UNISEF tashkilotining yaxshi niyat elchisi etib tayinlangan va mojaroli hududlarda yashovchi 250 million bolalarga yordam berish majburiyatini olgan[7].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2001-yil 19-oktyabrda Casta qiz farzandni dunyoga keltirdi. Uning otasi fotograf Stéphane Sednaoui edi. Casta, keyinchalik, italiyalik aktyor Stefano Accorsi bilan unashtirilgan boʻlib, ularning 2006-yilda tugʻilgan oʻgʻli va 2009-yilda tugʻilgan qizi bor[8]. 2017-yil iyun oyida Casta ikki yillik sevgilisi, fransuz aktyori Louis Garrelga turmushga chiqqan[9].

Filmografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yil Film Rol Rejissyor Izoh
1999-yil Asteriks va Obeliks Sezarga qarshi Falbala Claude Zidi
2000-yil La Bicyclette Bleue Lea Delmas Thierry Binisti France2 telekanali uchun ishlangan telefilm
Gitano Lucia Junco Manuel Palacios
2001-yil Les ames fortes
Therese Raoul Ruiz
2002-yil Rue des plaisirs
Marion Patrice Leconte Saundtrek ijro etgan
2003-yil Errance
Lou Damien Odoul
2004-yil Luisa Sanfelice Luisa Sanfelice Paolo Taviani
Vittorio Taviani
France2 va RAI Uno telekanallari uchun telefilm
2006-yil Le grand appartement Francesca Cigalone Pascal Thomas
La Deraison du Louvre Yosh xonim Ange Leccia Luvr muzeyida suratga olingan dialogsiz qisqa metrajli film[10][11][12]
Nymphea Nodon Ange Leccia Qisqa metrajli film
2007-yil Le Petit Monde de Charlotte Charlotte A. Cavatica Gary Winick Fransuz tilidagi dublyajda ovoz bergan
2008-yil Nes en 68 Catherine Olivier Ducastel

Jacques Martineau
La jeune fille et les loups Angele Amblard Gilles Legrand
2009-yil Visage Salome Tsai Ming-Liang
Fleurs dans le miroir,
lune dans l’eau
Salome Francois Lunel
2010-yil Gainsbourg: A Heroic Life Brigitte Bardot Joann Sfar Nominatsiya – Eng yaxshi ikkinchi plandagi aktrisa uchun César mukofoti
2011-yil La nouvelle guerre des boutons Simone Christophe Barratier
Derriere les murs Suzanne Julien Lacombe

Pascal Sid
Ostrovat Sophie Kamen Kalev
Rio Perla (Jewel) Carlos Saldanha
2012-yil Arbitrage Julie Cote Nicholas Jarecki
Do Not Disturb Anna Yvan Attal
2013-yil Une histoire d’amour[13] Yosh xonim Helene Fillieres
2014-yil Rio 2 Perla (Jewel) Carlos Saldanha
A Woman as a Friend Claudia Giovanni Veronesi
Des lendemains qui chantent Noemie Archambault Nicolas Castro
Sous les jupes des filles Agathe Audrey Dana
2016-yil En Moi N/A Laetitia Casta Qisqa metrajli film
Ssenariynavis va prodyuser ham oʻzi boʻlgan[14]
2018-yil A Faithful Man Marianne Louis Garrel
The Ideal Palace Philomene Nils Tavernier [15]
2019-yil Le Milieu de l’horizon Nicole Delphine Lehericey
2021-yil The Crusade Marianne Louis Garrel
2022-yil Coma Sharon (ovoz bergan) Bertrand Bonello
2023-yil Consent Vanessaning onasi Vanessa Filho
  1. Laetitia Casta, Assouline 1999, p. 12.
  2. „"Avevo una bisnonna che si chiamava Zelinda, il marito faceva il ciabattino..." Laetitia, top con sangue toscano Origini pistoiesi per la Casta, stella di Sanremo - Il Tirreno“ (it). Archivio - Il Tirreno. 2021-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-sentyabr.
  3. „Laetitia Casta a Maresca per il nonno“ (it). La Nazione (2012-yil 25-fevral). Qaraldi: 2021-yil 17-sentyabr.
  4. „SANREMO: LA CASTA PROMOSSA DAI PARENTI ITALIANI“. www1.adnkronos.com (1999-yil 24-fevral). Qaraldi: 2021-yil 17-sentyabr.
  5. „White March for Ingrid Betancourt“[sayt ishlamaydi] (in French), INA, 6 April 2008.
  6. Demonstration Vive la Republique (Wayback Machine saytida 23 March 2010 sanasida arxivlangan) (in French), France 3 TV news 19|20 by INA, 30 April 2002.
  7. Morris, Christopher „Laetitia Casta, nouvelle ambassadrice UNICEF : 'Protégeons les enfants de la guerre !'“ [Laetitia Casta, new UNICEF ambassador: "Let us protect the children of war!"] (fr). UNICEF (2016-yil 8-dekabr). Qaraldi: 2016-yil 10-dekabr.
  8. Sei mamma? Ti licenziano (Wayback Machine saytida 17 December 2013 sanasida arxivlangan) (in Italian) (You are mother? You are fired), Style, 28 April 2009.
  9. „Laetitia Casta Married Actor Louis Garrel in Secret Wedding“. 2017-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 19-iyun.
  10. Danesi, Fabien. Review about The Folly of the Louvre (Wayback Machine saytida 26 September 2019 sanasida arxivlangan), Films by The Louvre.
  11. Frodon, Jean Michel (April 2006). „The Dream of Light“. Les Cahiers du Cinema (Wayback Machine saytida 18 October 2012 sanasida arxivlangan), issue 611.
  12. Frederic Sanchez: English > Press > Les Cahiers du Cinéma, April 2006.
  13. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named Mostra
  14. Richford, Rhonda „Cannes: Critics' Week Unveils Lineup, Including Closing Film From Chloe Sevigny“. The Hollywood Reporter (2016-yil 18-aprel). Qaraldi: 2016-yil 21-aprel.
  15. Silvestre, Juan „'El palacio ideal': Un monumento a Laetitia Casta“ (es-ES). Fotogramas (2020-yil 3-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 12-iyun.