Kyungpook milliy universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kyungpook milliy universiteti
Asl nomi koreyscha: 경북대학교
Shiori Haqiqat,sharaf va serevis koreyscha: 진리, 긍지, 봉사
Asos solingan 1946 (78 yil avval) (1946)
Oʻquv yurti turi davlat
Prezident Won-hwa Hong
Talabalari 8,616 (2015)
Fakultetlar 880 ta kunduzgi, 1,660 ta sirtqi (2010)
Bakalavriat 31,516
Magistratura 1,516
Manzili Daegu,Janubiy Koreya
Vebsayti knu.ac.kr, en.knu.ac.kr

Koordinatalari: 35°53′29.00000000039″N 128°36′38.000000016043″E / 35.8913888888889971°N 128.61055555556001195°E / 35.8913888888889971; 128.61055555556001195 G O

Kyungpook milliy Universiteti (qisqartma KNU yoki Kyungdae) – Janubiy Koreyaning Daegu shahrida joylashgan davlat oliy taʼlim muassasasidir.

Tashkil etilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kyungpook milliy universiteti 1946-yil sentabrda Daegu shahridagi taʼlim, tibbiyot va qishloq xoʻjaligi kollejlarining universitetga birlashishi orqali tashkil etilgan. Keyinchalik muhandislik va stomatologiya boʻlimlari qoʻshilgan.

Maʼmuriyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Von Xva Xong universitet prezidenti hisoblanadi[1]. U mazkur universitetning arxitektura fakultetini tamomlagan va Yaponiyaning Vaseda universitetida magistr va doktorlik darajasini olgan. Prezident Xong KNU muhandislik kolleji dekani va tadqiqot va sanoat fakultetlari dekani lavozimlarida ishlagan. Universitetda ikkita vitse-prezident mavjud boʻlib, ular oʻquv ishlari boʻyicha ijrochi vitse-prezident Shi-Chul Li va tashqi ishlar boʻyicha vitse-prezident Sioh Kim [2].

Reytingi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kyungpook milliy universiteti Jahon Universitetlar reytingi markazi (CWUR) tomonidan eʼlon qilingan 2021-yilgi reytingda Koreyada 9-oʻrin va dunyo miqyosida 402-oʻrinni egalladi[3] [3]. Shanxay Jiao Tong universiteti reytingi boʻyicha mamlakat boʻyicha 7-oʻrinni egalladi (2021) [4]. Quacquarelli Symonds (QS) tomonidan eʼlon qilingan 2022-yilgi universitetlar reytingida Osiyoda 93-oʻrinni egalladi[5]. Times Higher Education (THE) University Impact Rankings-2022 reytingida dunyoda 13-oʻrin va Koreyada 1-oʻrinni olgan[6].

Kampusi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kyungpook milliy universitetining Gyongbuk provinsiyasida toʻrtta kampusi bor. Muhandislik va fan maktablari joylashgan asosiy kampus Buk-gu hududidagi Daegu shahrining markazida joylashgan. Kyungpook Milliy universitetida Dongin kampusi deb nomlanuvchi oʻquv shifoxonasi uchun alohida kampuslar hamda Samdukdagi stomatologiya maktabi va shifoxonasi uchun kampus mavjud.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. [1]
  2. [2]
  3. „Kyungpook National University Ranks 9th in korea in the "2021 World University Ranking"“. 경북대학교 포토뉴스 (2021-yil 18-may). Qaraldi: 2022-yil 14-iyun.
  4. „Kyungpook National University Jointly Ranked 7th in the Nation in 2021 Shanghai Jiao Tong University Evaluations“. 경북대학교 포토뉴스 (2021-yil 17-avgust). Qaraldi: 2022-yil 14-iyun.
  5. „Kyungpook National University Ranks 93th in QS Asia University Ranking"“ (ko). 경북대학교 포토뉴스 (2021-yil 9-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 14-iyun.
  6. „Kyungpook National University Ranks 13th in the World and 1st in Korea in ‘2022 THE World University Impact Rankings’“. 경북대학교 포토뉴스 (2022-yil 28-aprel). Qaraldi: 2022-yil 14-iyun.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]