Kontent qismiga oʻtish

Sunchon milliy universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
순천대학교
Shiori Ishonch,ijodkorlik
Turi davlat
Asos solingan sanasi 1935
Rektori Song Yeong-moo
Fakultetlar 393 ta (2013)
Talabalari 12,071 (2013)
Bakalavriat 11,074
Magistratura 997
Manzili
Suncheon, Jeollanam-do,Janubiy Koreya
Veb-sayti www.sunchon.ac.kr

Sunchon milliy universiteti (SNU) – 1935-yilda tashkil etilgan davlat oliy taʼlim muassasasi boʻlib, Janubiy Koreyaning Jeollanam-do oroli, Sunchon shahrida joylashgan. Universitet oltita kollej va beshta kasb-hunar maktabini oʻz ichiga oladi. Bular: tabiiy resurslar kolleji, ijtimoiy fanlar kolleji, gumanitar fanlar va sanʼat kolleji, muhandislik kolleji, taʼlim kolleji va farmatsevtika kolleji. Shuningdek,10 ga yaqin chet el universitetlari bilan talabalar almashinuvi dasturlari boʻyicha shartnomalarga ega. Masalan,Sheffild universiteti, Oklaxoma universiteti va Missuri universitetlari bilan bakalavriat almashinuv dasturini amalga oshiradi.

Sunchon milliy universiteti 1935-yilda „Sunchon davlat qishloq xoʻjaligi maktabi“ sifatida tashkil etilgan. Keyin u Sunchon qishloq xoʻjaligi politexnika maktabideb oʻzgartirgan(1973), 1979-yilda esa oliy oʻquv yurti sifatida roʻyxatdan oʻtgan. 1982-yilda universitet toʻliq toʻrt yillik universitetga aylangan va oʻnta kafedra tashkil etilgan. 1987-yilda aspirantura dasturi ham qoʻshilgan.

Sunchon milliy universiteti „URAP World University Rankings (2013)“ reytingida 1351-oʻrinni egallagan[1]. „QS World University Rankings“ ga koʻra universitet Osiyoda 201-oʻrinni egallagan[2]. "ICU World University Rankings" (2013) reytingida Sunchon universiteti Koreyada 36-oʻrin deb topilgan[3].

Sunchon milliy universiteti Janubiy Koreyadagi eng yaxshi yotoqxonalardan biriga ega. Yotoqxona 5 ta bino (Cheongwoongwan, Hyangrimgwan, Changjogwan, erkaklar uchun Hyangrimgwan, ayollar uchun Jinligwan kampusi) va 1 ta maʼmuriy binodan iborat. Har bir yotoqxona binosida kompyuter xonasi, dam olish xonasi, kir yuvish xonasi mavjud boʻlib, yuqori tezlikdagi internet, aloqa tizimlari va yordamchi vositalar bilan taʼminlangan.