Kuydirilgan yer taktikasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Kuydirilgan yer taktikasi - bu urush usuli bo'lib, unda chekinayotgan qo'shinlar dushman uchun barcha hayotiy zaxiralarni (oziq-ovqat, yoqilg'i va boshqalar) to'liq yoki qisman yo'q qilishi. Sanoat, qishloq xo'jaligi, fuqarolik maqsadlaridagi kerak bo'ladigan har qanday obyektlarni ortidan quvib kelayotgan dushmanlar tomonidan foydalanib, o'zlariga qarshi ishlatishiga yo'l qo'ymaslik uchun yo'q qilib yuborilishi.

"Kuydirilgan yer" atamasi faqat jangovar harakatlarga nisbatan qo'llaniladi. Bunda chekinayotgan qo'shinlar dushman uchun eng muhim obyektlarni yo'q qiladi.

Kuygan yer taktikasini urushda qo'llash 1977-yilgi Jeneva konvensiyasining 1-sonli Protokolining 54-moddasi bilan taqiqlangan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu bo'lim barcha tarixiy misollardan iborat emas.

Miloddan avvalgi VI-asr[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu taktikani qo'llash tarixida maʼlum bo'lgan birinchi voqea, miloddan avvalgi 512-yil atrofida Doro I skiflarning qo'shini bilan urushidir[1]. Doro I Qora dengiz dashtlarini bosib oldi va "kuydirilgan yer" atamasi bilan aytilgan taktikani qo'lladi (qarang. Gerodotning "Tarix" ning IV kitobi).

XV asr[tahrir | manbasini tahrirlash]

1474-yil oxirida Usmonli imperiyasi va Moldaviya Knyazligi o'rtasidagi kurash davrida Rumeli Beylarbeyi Sulaymon Posho boshchiligidagi ko'p sonli Usmonli qo'shinlari Moldaviya knyazligi hududiga bostirib kirgan. Moldaviya shahzodasi Stefan III “Kuydirilgan yer” taktikasidan foydalanadi va Vasluyda (1475-yil 10-yanvar) dushmanni magʻlub etishga muvaffaq bo'ladi[2].

XVII asr[tahrir | manbasini tahrirlash]

Usmoniylar-Safaviylar urushi davrida (1603-1618), Buyuk Abbos I buyrugʻi bilan Safaviylar qoʻshini Ararat vodiysida[3][4] Usmonlilarga qarshi "kuydirilgan yer" taktikasini qo'llaydi. Armanlarning shahar va qishloqlarini vayron qildi. Uning buyrugʻi bilan 250 mingdan 300 minggacha armanlar[5][6][7] Sharqiy Armanistondan Fors hududiga surgun qilingan. Faqat birgina Julfa shahri va uning atrofidagi qishloqlardan 12 ming arman oilasi deportatsiya qilingan[8]. Encyclopedia Iranica taʼkidlaganidek: "Arman xalqi o'zining ko'p asrlik tarixi davomida hali bunday jiddiy falokatga duchor bo'lmagan edi"[7]."Kuydirilgan yer" taktikasi asli Forslarning o'ziga xos taktikasi edi.

XIX asr[tahrir | manbasini tahrirlash]

Napoleon urushlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1810-yilda Napoleonning Portugaliyaga uchinchi yurishlari paytida, portugallar Lissabonga chekinayotganlarida, ularga fransuzlar olishi mumkin bo'lgan barcha oziq-ovqat zaxiralarini yo'q qilishgan. Bunday chora fransuz qoʻshinlarining talon-torojliklari va avvalgi bosqinlar paytida fuqarolarga nisbatan yomon munosabatda boʻlgani sababli amalga oshirilgan.

Busaka bosib olingandan so'ng Massenaning qo'shini Koimbraga yo'l oldi. U yerda eski universitet va shahar kutubxonasining ko'p qismi talon-toroj qilindi, uylar va mebellar vayron qilindi, bir qancha tinch aholi halok bo'ldi. O'sha paytlari Britaniya askarlari tomonidan talon-toroj qilish holatlari bo'lgan, ammo bunday holatlar odatda tekshirilib, aybdorlar jazolangan. Fransuz qo'shinlari Lissabon yaqinidagi Torres-Vedra chizig'iga yetib borganlarida, fransuz askarlari shahar ko'proq cho'lga o'xshaydi, deb aytishgandi. Massena armiyaning kamayib borayotgan oziq-ovqat zaxiralarini to'ldirishni xohlab, Viseu shahriga yetib kelganida, shahar bo'sh edi va faqat uzum va limon qolgandi. Ulardan ko'p miqdorda foydalanish kaloriya beruvchi manba sifatidagi foydasidan ham ko'ra ko'proq tanani kuchsizlantirardi. Askarlarning ruhiyatining tushib ketishi, ochlik, kasallik va intizomsizlik fransuz armiyasini zaiflashtirib, keyingi bahorda orqaga chekinishga majbur qildi.

Amerika fuqarolar urushi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shermanning qo'shinlari Atlanta yaqinidagi temir yo'lni vayron qilishdi

Amerika fuqarolar urushi davrida AQShdagi Sheridan va Sherman boshchiligidagi Ittifoq kuchlari bu taktikani keng qo'llagan[9]. General Sherman bu taktikani Atlantikaga yurish paytida qo'llagan. Shermanning maqsadi Konfederatsiya tarafdorlari foydalanishi mumkin bo'lgan ekinlarni va boshqa resurslarni yoqib yuborish yoki yo'q qilish orqali dushman irodasini sindirish va dushman logistikasini yo'q qilish edi. Urush davomida uning odamlari sud binosi oldida barcha sud kitoblarini yoqib yubordilar, yirik yer egalari o'zining oldingi mulklari egasi ekanligini isbotlay olmadilar[10]. Yana bir taktikani qo'llash voqeasi Sherman qo'shini o'ttiz olti kun davomida Jorjiya bo'ylab harakatlanib, ozgina qarshilik ko'rsatib, qishloq va uning aholisini talon-toroj qilganda sodir bo'ldi[11].

Fuqarolar urushi paytida taktikadan foydalanishning boshqa holatlari ham bo'lgani manbalardan maʼlum.

XX asr[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ikkinchi Jahon urushi davrida Nemis qo'shinlari tomonidan tark etilgan sovet hududida ko'plab obʼektlar (fabrikalar, turar-joylar, ko'priklar, chekka qishloqlar, oziq-ovqat omborlari va yoqilg'i-moylash materiallari, temir yo'llar va boshqalar) yo'q qilindi[12][13]. Natsistlar tomonidan "kuydirilgan yer" taktikasi ommaviy ravishda ishlatilgan. 1941-yilda, Moskva yaqinidagi sovetlar qarshi hujumi paytida, natsistlar shunday buyruq chiqardi: "barcha qishloqlar va qishloqlar aholi haqida o'ylamasdan yoqib yuborilishi va yo'q qilinishi kerak.[14]. 1943-yil yozidan boshlab, SSSR hududidan chekinish paytida Vermaxt "kuygan er" taktikasini to'liq ishlatgan. Yuz minglab tinch aholi majburan olib ketildi, infratuzilma va boshqa boyliklar yo'q qilindi. Faqat cho'l bo'lib qolgan hududlar qoldi[15].

Vyetnam urushi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fayl:Vyetnam.... Members of the 1st ARVN Division move along a trail during an assault operation near Fire Support Base... - NARA - 531466.tif
Kuygan yer taktikasi, Vyetnam urushi

"Kuygan yer" taktikasining eng yirik va mashhur qoʻllanilishi Vyetnamda bo'lgan. Vyetnam urushi paytida AQSh armiyasi tomonidan Laos va Janubiy Vyetnamdagi junglilarni yoʻq qilish uchun oʻtkazilganRanch Hand ” operatsiyasi[16] da o'tkazilgan.

Fors ko'rfazi urushi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1991-yilgi Fors ko'rfazi urushi paytida Iroq qo'shinlarining chekinishi paytida yoqib yuborilgan Quvaytdagi neft quduqlari.

1990-yilda Fors ko'rfazi urushi paytida, Iroq qo'shinlari Quvaytdan chiqarib yuborilganda, ular Quvaytning 600 dan ortiq neft quduqlariga o't qo'yishgandi va bu "kuydirilgan yer" taktikasining yorqin namayondasi bo'ldi. 1991-yil fevral oyining oxiriga kelib, Iroq qo'shinlarini olib chiqish rejalashtirilib, iroqliklar kuniga yuzta neft qudug'ini portlatib yubordilar. O't qo'yish 1991-yil yanvardan fevralgacha davom etdi va 1991-yil noyabr oyida oxirgi yonayotgan quduq o'chirildi[17].

Jamiyatning "kuydirilgan yer" taktikasiga bo'lgan hozirgi pozitsiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1977-yilgi Jeneva konvensiyalarining I protokolida harbiy harakatlar jarayonida tinch aholi uchun oziq-ovqat va ichimlik suvi taʼminoti va manbalarini yo'q qilishni taqiqlandi.

Tinch aholining omon qolishi uchun zarur bo'lgan narsalarga hujum qilish yoki yo'q qilish, eksport qilish yoki yaroqsiz holga keltirish taqiqlanadi. Masalan, oziq-ovqat zaxiralari, oziq-ovqat ishlab chiqaradigan qishloq xo'jaligi hududlari va korxonalari, ekinlar, chorva mollari, ichimlik suvi ta'minoti uchun inshootlar va ularning zaxiralari, shuningdek sug'orish inshootlariga zarar yetkazish taqiqlanadi.

Shunga qaramay, "kuygan yer" taktikasini qo'llash holatlari hanuzgacha qayd etilib kelinmoqda.

Yuqoridagi aytib o'tilgan 1- sonli Protokolni hali ratifikatsiya qilmagan davlatlar qatorida AQSh, Isroil, Eron, Pokiston[18] kabi davlatlar bor.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 516, 514 г. до н. э.: есть разные обоснования сравнительно близких дат.
  2. А.О. Чубарьян. История Европы. Том 2. Средневековая Европа. Глава V. 
  3. Аракел Даврижеци „4“,. Книга историй. Перевод с армянского.. М.: Главная редакция восточной литературы издательства «Наука», 1978. 
  4. Armenian Merchants of the Seventeenth and Early Eighteenth Centuries: English East India Company Sources. Philadelphia: American Philosophical Society, 1998. ISBN 9780871698858. 
  5. George A. Bournoutian „Eastern Armenia from the 17th Century to the Russian Annexation“,. The Armenian People from Ancient to Modern Times. Palgrave Macmillan, 1997 — 81—107 bet. ISBN 0312101686. 
  6. George A. Bournoutian „Armenian“,. An Ethnohistorical Dictionary of the Russian and Soviet Empires. Westport, Conn.: Greenwood press, 1994. ISBN 9780313274978. 
  7. 7,0 7,1 Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named :1
  8. Mesrovb Jacob Seth. Armenians in India, from the Earliest Times to the Present Day: A Work of Original Research. New Delhi: Asian Educational Services, 2005. ISBN 9788120608122. 
  9. Личные мемуары Гранта Улисс, глава XXV: «supplies within the reach of Confederate armies I regarded as much contraband as arms or ordnance stores. Their destruction was accomplished without bloodshed and tended to the same result as the destruction of armies. I continued this policy to the close of the war. Promiscuous pillaging, however, was discouraged and punished. Instructions were always given to take provisions and forage under the direction of commissioned officers who should give receipts to owners, if at home, and turn the property over to officers of the quartermaster or commissary departments to be issued as if furnished from our Northern depots. But much was destroyed without receipts to owners, when it could not be brought within our lines and would otherwise have gone to the support of secession and rebellion. This policy I believe exercised a material influence in hastening the end.»(ingl.)
  10. „Sherman's March to the Sea“. sciway3.net. Qaraldi: 2019-yil 31-yanvar. (Inglizcha)
  11. „General Sherman's March to the Sea“. www.sonofthesouth.net. Qaraldi: 2019-yil 31-yanvar. (Inglizcha)
  12. World War II: Invasion of the Soviet Union, 1941. Encyclopedia Britannica.(ingl.)
  13. К Вопросу О Тактике Выжженной Земли
  14. Пауль Карель. Восточный Фронт «Выжженная Земля».стр 397 — Документ 4.
  15. „Масштабная тактика «выжженной земли»“. 2020-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 30-noyabr.
  16. Stellman, Jeanne; et al. «The extent and patterns of usage of Agent Orange and other herbicides in Vyetnam». Nature 422 (6933): 681—687. (2003 г.)(ingl.)
  17. Wellman, Robert Campbell „"Iraq and Kuwait: 1972, 1990, 1991, 1997." Earthshots: Satellite Images of Environmental Change“. U.S. Geological Survey (1999-yil 14-fevral). 2002-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 27-iyul. (Inglizcha)
  18. Protocol Additional to the Geneva Conventions of 12 August 1949, and relating to the Protection of Victims of International Armed Conflicts (Protocol I), 8 June 1977.(ingl.)