Atoll

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Atoll (maldivcha atolu so‘zidan) – halqasimon marjon orollari. Ochiq dengizlarda uchraydi. A. cho‘kkan vulkan orollari qirg‘og‘idagi marjon riflaridan paydo bo‘lgan. Tropik kengliklarda ochiq dengizda, ayniqsa Tinch okeanning markaziy qismida, ba’zida arxipelag tarzida uchraydi. Ko‘pincha A. halqasi ichidagi suv (chuq. 100 m dan oshmay-di) dengiz bilan tutashib, qo‘ltiq hosil qiladi. Ular uncha katta bo‘lmaydi, faqat ayrimlari halqasining diametri 50 km va undan oshadi. Ba’zi A. qo‘ltig‘i kemalar to‘xtashi uchun qulay.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil