Kosovo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Kosovo Respublikasidan yoʻnaltirildi)

Kosovo info

Kosovo (rasman: Kosovo Respublikasi) (albancha: Kosova Kosovë, serbcha: Косово turkcha: Kosova) — Bolqon yarim orolida joylashgan. 2008-yilda Serbiyadan mustaqillikka erishgan davlat. Poytaxti - Prishtina shahri (500 ming kishilik aholisi bor). Hududi 10 ming 887 kilometr kvadrat. Aholisi - 2 million 140 ming kishi (2023). Milliy bayrami - Mustaqillik eʼlon qilingan kun, 17-fevral 2008-yil (Serbiyadan). Davlat tili - alban va serb tillari. Kosova aholisini 90%i musulmon hisoblanadi.

Davlat boshqaruvi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Parlament Respublikasi. Davlat rahbari - prezident. Amaldagi prezident - Vjosa Osmani (2021-yil 4-apreldan). Hukumatni bosh vazir idora etadi. Prezident va hukumatni parlament saylaydi. Parlament - Milliy Majlis 120 nafar deputatdan iborat. 20 ta o'rin milliy ozchilik (serblar, turklar, ashkallar, lo'lilar) vakillariga ajratiladi. 26 ta siyosiy partiya faoliyat ko'rsatadi. Asosiy siyosiy kuchlari - "Kosovo Demokratik Partiyasi", "Kosovo kelajagi uchun alyans" koalisiyasi, "O'z taqdirini o'zi belgilash" partiyasi, "Kosovo Demokratik Ligasi", "Kosovo uchun tashabbus" partiyasi boshchiligidagi koalisiya esa 25,8 % foiz ovoz olgan.

Ma'muriy bo'linishi va aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Maʼmuriy jihatdan 7 ta okrug va 30 ta munisipalitetga bo'linadi. Davlat tili - alban va serb tillari. Aholi ulushida albanlar 92 %, serblar 5% ga teng, qolganlarni lo'lilar, bosniyaliklar tashkil etadi. Kosovoning shimoliy qismidagi serb aholisi amalda mustaqil bo'lib qolgan. Musulmonlar aholining 90 % ini tashkil etadi.

Geografik joylashuvi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Janubi-Sharqiy Yevropadagi, Bolqon yarim orolidagi davlat. Kosovo geografik mintaqasida joylashgan, qisman tan olingan mamlakat. Atrofini baland tog' tizmalari o'rab turadi. Shimoliy qismini 2 kilometrdan yuqori Kopaonik tog'lari, janubiy va janubi-g'arbiy qismini, yaʼni Makedoniya bilan o'tgan chegarasini 2500 metr baland Shar-Planina tog'i egallaydi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kosovo tarixi juda katta joyni egallaydi. Shuning uchun uni yillarga bo'lib chiqdik.

1900-yilgacha bo'lgan tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zamonaviy Kosovo hududida qadimda illiriy qabilalari yashagan. VI asrda slavyan va vlax qabilalari kelib shu yerda o'rnashgan. IX asrda slavyan aholisi nasroniylikni qabul qildi. IX-XII asrlarda Kosovo hududiga egalik qilish uchun qo'shni davlatlar - Vizantiya, Bolgariya va ikki serb knyazligi: Rashki va Dukley qizg'in kurash olib bordi. XII asr oxirida u Serblar davlati tarkibiga qo'shib olindi. 1389-yili turk sultonlariga qaram bo'ldi. XIX asr boshida Serbiya shimoliy mintaqalarida Serbiya knyazligi tashkil qilindi va Kosovo uning tarkibiga kirdi.

1900-1950-yillarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

1912-1913-yillardagi Bolqon urushlari natijasida Kosovo Serbiya tarkibiga kirdi. 1915-yili Kosovoni Avstriya-Vengriya va Bolgariya qo'shinlari egallab oldi. Ammo, 1918-yilda Birinchi jahon urushi yakuniga yetgach, u serblar, xorvatlar, slovenlar qirolligiga, 1929-yilda Yugoslaviya tarkibiga kirdi. Yugoslaviya doirasida ham albanlar masalasi o'z dolzarbligini saqlab qoldi. Alban millatchilari Kosovoni Albaniyaga qo'shib olish maqsadida partizanlik urushini olib bordi. Hukumat esa bunga qarshi kurashdi. Oqibatda, Kosovoni o'n minglab albanlar tark etishdi. Italiya mustamlakasi ostida 1941-yili avgustda tashkil etilgan Buyuk Albaniya tarkibiga Metoxiya va Markaziy Kosovo kiritildi. Alban qurolli kuchlari 40 ming nafargacha serblarni qirg'in qildi. 1944-yili u yana Yugoslaviya tarkibiga kirdi. 1946-yili Yugoslaviya Federativ Xalq Respublikasi tarkibida Serbiya Sotsialistik Respublikasi ichida Kosovo va Metoxiya avtonom o'lkasi tuzildi.

1950-2000-yillarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Albanlarning uzoq yillar davomida serblar bilan ziddiyati kuchayib bordi. 1981-yilda Kosovoning Yugoslaviya tarkibida alohida respublikaga aylantirish bo'yicha ommaviy namoyishlar bostirildi. 1988-yilda Yugoslaviyada Slobodan Miloshevich hokimiyatga kelgach, millatchilik ruhi kuchaydi. 1989-yilda Serbiyadagi referendumdan keyin Kosovoning avtonom maqomi sezilarli darajada qisqardi. Oqibatda, ommaviy namoyishlar etnik to'qnashuvga aylanib ketdi. 1991-yil 22-sentabrda mustaqil Kosovo Respublikasi tuzilgani eʼlon qilindi. Uning mustaqilligini birinchi bo'lib, Albaniya tan oldi. 1996-yili Kosovoni ozod qilish armiyasi kuchlari birlashib, o'lkada partizanlik-qo'poruvchilik urushini boshlab yubordi. Yugoslaviyaning yuzlab amaldorlari, harbiylari va tinch aholini o'ldirdi. 1998-yilda ularni bostirish uchun Yugoslaviya armiya kuchlarini jalb etdi. Urush ommaviy qirg'inlarga, tinch aholi o'limiga, har ikki tomonning etnik tozalashlariga olib keldi. 1999-yili NATO harbiylari voqealarga aralashdi hamda Yugoslaviya shaharlari va harbiy obyektlarini ommaviy bombardimon qildi. Yarim million alban boshpanasiz qoldi. Natijada, serb hukumati Kosovodan o'z qo'shinlarini olib chiqib ketdi va uning nazorati Birlashgan Millatlar Tashkiloti boshqaruvi ostiga o'tdi. Serb harbiylari Kosovo va Metoxiyadan chiqarilgach, Shimoliy Atlantika alyansi kuchlari bu yerga joylashtirildi. Missiya tarkibida 31 davlatning 4,3 ming nafar harbiylari ishtirok etdi.

2000-yillardan keyingi hayot[tahrir | manbasini tahrirlash]

2004-yildagi parlament saylovlarida barcha partiyalar o'lkaning mustaqilligini yoqlab chiqdi. 2008-yil 17-fevralda u o'zini bir tomonlama mustaqil deb eʼlon qildi, hukumatni Kosovo ozodlik armiyasi dala qo'mondoni bo'lgan Xoshim Tachi boshqardi. 2010-yil 22-iyulda Gaagadagi BMT Xalqaro sudi Kosovoning Serbiyadan mustaqilligi qonuniy ekanligini eʼlon qildi. 2018-yilga kelib esa Kosovoni xalqaro maydonda tan olgan davlatlar soni 120 tadan oshdi (🇺🇳). 🇺🇸 AQShning harbiy va moliyaviy ko'magiga tayanadi. 2020-yilga qadar NATOga to'laqonli aʼzo bo'lish niyatida edi.Lekin Serbiya oʻzini hududi deb biladi va Oʻzbekiston ham tan olmagan davlat hisoblanadi

Iqtisodiyoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yalpi ichki mahsuloti - $6,7 milliard (2018). Iqtisodiyoti barqaror surʼatlarda o'sib boryapti. Shu bilan birga tashqi qarzi yalpi ichki mahsulotining 35 foizini tashkil etadi. Rux , nikel , kobalt , boksit , magnezit , indiy , kadmiy , germaniy , talliy , seolit konlari bor. Lignit zaxirasi nihoyatda katta (15 milliard tonna). Yalpi ichki mahsulotining 70 foizi xizmatlar sohasida shakllanadi. Poyabzal sanoati eksportga mahsulot chiqaradi. Ko'plab fuqarolari Yevropaning rivojlangan davlatlariga borib mehnat qilmoqda. Jahon banki, Kanada taraqqiyot agentligi katta moliyaviy yordam ko'rsatmoqda. Asosiy savdo sheriklari - Makedoniya , Serbiya , Germaniya va Turkiya. Temir yo'llari uzunligi - 334 kilometr.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

www.xabar.uz