Koreyaning 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar milliy futbol terma jamoasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Koreyaning 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar milliy futbol terma jamoasi
forma
Birinchi forma
forma
Ikkinchi forma

Koreyaning 20 yoshgacha boʻlgan futbolchilar milliy futbol terma jamoasi, Koreyaning yagona futbol terma jamoasi sifatida ham tanilgan, Koreyaning 20 yoshgacha boʻlgan futbolchilar milliy futbol terma jamoasi boʻlib, Janubiy Koreya va Shimoliy Koreyani ifodalovchi birlashgan vakillik jamoasi hisoblanadi. Ularning FIFA tomonidan ruxsat etilgan turnirlardagi yagona ishtiroki 1991-yilgi FIFA yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida boʻlgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Koreya sport konferensiyalari 1963-yildan beri Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi tavsiyasiga koʻra oʻtkazilib kelinmoqda edi. Biroq orada konferensiyalar 1980-yillardan boshlab toʻxtatib qoʻyildi. Shundan soʻng, ikkala davlat (Shimoliy Kkoreya va Janubiy Koreya) 1991-yil fevral oyida stol tennisi va futbol boʻyicha Koreya birlashgan jamoalarini tuzishga qaror qilishdi.

Oʻsha yili Janubiy va Shimoliy Koreya davlatlarining birlashgan yagona jamoasi 1990-yilgi yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati gʻoliblari sifatida FIFA yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatiga yoʻllanma oldilar. Shuning uchun bu ikki davlat muloqot va jamoaviy ish borasida xavotirlarga qaramay, zudlik bilan 20 yoshgacha boʻlgan milliy futbol terma jamoasini jahon chempionati uchun tuzishda ittifoq qildilar. Janubiy koreyalik oʻn nafar futbolchi va sakkiz nafar shimoliy koreyalik oʻyinchi yagona jamoa tarkibiga kiritildi va ularni Shimoliy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi An Se-uk boshqardi. Oq fonda Koreya yarim orolining koʻk tasviridan iborat Koreya birlashma bayrogʻi „Koreya“ nomi ostida musobaqada qatnashgan jamoa tomonidan qoʻllanilgan ramz edi[1].

Koreya yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatini favorit Argentina milliy futbol terma jamoasiga qarshi oʻynashdan boshladi. Uchrashuvdagi yagona gol shimoliy koreyalik futbolchi Cho In-chol tomonidan uchrashuvning 88-daqiqasida kiritildi. Bu gol Koreyaning guruh bosqichidagi gʻalabasini taʼminladi. Koreya termasi guruh bosqichidagi Irlandiyaga qarshi oʻyinda magʻlub boʻlish arafasda Shimoliy Koreya futbolchisi Choi Chol uchrashuvning 89-daqiqasida hisobni tenglashtirdi. Ular guruh bosqichidagi soʻnggi oʻyinni mezbonlar va yakuniy chempion Portugaliya termasiga qarshi yakka gol evaziga oʻtkazib yuborgan boʻlsalar-da[2], biroq chorak finalda Braziliya termasiga qarshi oʻyinda magʻlubiyatga uchradilar.

Natijalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Murabbiylar shtabi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lavozim Ism
Menejer Koreya Xalq Demokratik RespublikasiAn Se-uk
Yordamchi murabbiy Janubiy Koreya Nam Dae-sik

Oʻyinchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

 

No. Poz. Futbolchi Yoshi Ishtiroki Klubi
1 1DA Kim Jong-son (1972-08-27)27-avgust 1972 (18 yosh)  PRK Pyongyang Athletics
2 2HM Chong Gang-song (1973-10-15)15-oktyabr 1973 (17 yosh)  PRK Pyongyang Athletics
3 2HM Kang Chul (1971-11-02)2-noyabr 1971 (19 yosh)  KOR Yonsei universiteti
4 2HM Park Chul (1973-08-20)20-avgust 1973 (17 yosh)  KOR Daegu universiteti
5 3YH No Tae-gyeong (1972-04-22)22-aprel 1972 (19 yosh)  KOR Pohang Steelers
6 2HM Jang Hyeon-ho (1972-10-14)14-oktyabr 1972 (18 yosh)  KOR Koreya universiteti
7 3YH Kim Jong-man (1972-12-16)16-dekabr 1972 (18 yosh)  PRK Pyongyang Athletics kolleji
8 3YH Cho Jin-ho (1973-08-02)2-avgust 1973 (17 yosh)  KOR Kyung Hee universiteti
9 4HJ Seo Dong-won (1973-12-12)12-dekabr 1973 (17 yosh)  KOR Jungdong yuqori maktabi
10 4HJ Yun Chol (1972-10-27)27-oktyabr 1972 (18 yosh)  PRK Pyongyang kolleji
11 2HM Cho In-chol (1973-10-02)2-oktyabr 1973 (17 yosh)  PRK Pyongyang Athletics kolleji
12 4HJ Han Yeon-cheol (1972-03-30)30-mart 1972 (19 yosh)  KOR Koreya universiteti
13 4HJ Choi Yong-son (1972-10-10)10-oktyabr 1972 (18 yosh)  PRK Pyongyang Athletics kolleji
14 3YH Ri Chang-ha (1972-08-23)23-avgust 1972 (18 yosh)  PRK Pyongyang kolleji
15 4HJ Choi Chol (1973-12-18)18-dekabr 1973 (17 yosh)  PRK Pyongyang Athletics kolleji
16 3YH Lee Tae-hong (1971-10-01)1-oktyabr 1971 (19 yosh)  KOR Daegu universiteti
17 2HM Lee Lim-saeng (1971-11-18)18-noyabr 1971 (19 yosh)  KOR Koreya universiteti
18 1DA Choi Ik-hyeong (1973-08-05)5-avgust 1973 (17 yosh)  KOR Koreya universiteti

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „A tale of two countries“. FIFA (15-fevral 2007-yil). 20-yanvar 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-yanvar 2018-yil.
  2. „A tale of two countries“. FIFA (15-fevral 2007-yil). 20-yanvar 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 20-yanvar 2018-yil.