Konstantin Kotsev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Konstantin Kotsev
Константин Коцев
Tavalludi 4-iyun 1926-yil
Vafoti 4-avgust 2007-yil(2007-08-04)
(81 yoshda)
Sofia, Bolgariya
Fuqaroligi Bolgariya
Kasbi Kino va teatr aktyori
Faoliyat yillari 1958–2003

Konstantin Kotsev (bolgarcha: Константин Коцев; 1926-yil 4-iyun ; 2007-yil 4-avgust) bolgar teatr va kino aktyori. Kotsev 20-asrning oxirgi oʻn yilliklarida eng mashhur bolgar aktyor]laridan biri boʻlgan[1]. Kotsev The Tied Up Balloon (Bogʻlangan shar) (1967), The Swedish Kings (Shvetsiya qirollari) (1968) kabi klassik bolgar filmlaridagi rollari bilan odamlar eʼtiborga tushgan. The white room (Oq xona) (1968), Naked Conscience (Yalangʻoch vijdon) (1971), Toplo (Issiqlik) (1978), Time of Violence (Zoʻravonlik vaqti) (1988), shuningdek, oʻzining sahnadagi koʻplab taniqli chiqishlari bilangina mashhurlikga erishgan. Konstantin Kotsevga „Xizmat koʻrsatgan artist“ va „Xalq artisti“ yuksak unvonlari berildi[2].

Hayoti va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Konstantin Vasilev Kotsev 1926-yil 4-iyunda Istanbul shahrida tugʻilgan. St Kliment Ohridski universitetini 1950-yilda tamomlagan[1]. Keyinchalik u Milliy teatr va kino sanʼati akademiyasi ga oʻqishga kirdi va 1958-yilda u yerni tugatdi[1]. Oʻqishni tugatgandan soʻng, Kotsev bir yilga Burgas teatriga ishga yuborildi. 1959-yilda u Sofiyada yangi tashkil etilgan „Aleko Konstantinov“ satirik teatrining guruhiga qoʻshildi. U yerda 1984-yilgacha ishladi. 1980-yillarning oxirida Kotsev Sofiya shahar teatrida faoliyatini davom ettirdi. Uning bosh roldagi ilk debyuti 1958-yilda rejissyor Rangel Valchanov tomonidan suratga olingan Kichik orolda bolgar milliy kinosi boʻlgan. Kotsevning bitta oʻgʻli Dimitar (1971-yilda tugʻilgan) va bitta qizi Zornitsalar (1972-yilda tugʻilgan) boʻlishgan.


Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]