Burgas

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Burgas — Bolgariyaning sharqidagi shahar, Qora dengizning Burgas qoʻltigʻi sohilida. Burgas viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 215 mingdan ziyod kishi (1990- yillar oʻrtalari). Muhim transport yoʻllari tuguni, mamlakatning Varna shahri bilan teng keladigan asosiy portlaridan. Xalqaro aeroport bor. B. orqali chetga tamaki, hoʻl meva, mevasabzavot konservalari chiqariladi. B.da neftkimyo, yogʻochni qayta ishlash k-ti, oziq-ovqat sanoati, elektr kabeli, transport mashinasozligi, toʻqimachilik sanoati korxonalari bor. Baliq ovlash markazi. Kurort shahri. Kimyotexnologiya instituti, teatrlar, suratlar galereyasi bor. Shaharga 3-asrda asos solingan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil