Kolima (Meksika)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Kolima
isp. Colima

Gerb
Gerb
Bayroq
Bayroq
Shtat
Tarkibida 10 munitsipalitet
Maʼmuriy markazi Kolima
Yirik shahari Mansanilo
Asos solingan sanasi 5 fevral 1857
Gubernator Mario Angiano Moreno (Mario Anguiano Moreno), PRI PRI с 01.11.2009
Rasmiy tili ispan
Aholi (2010) 650 555
Zichligi 119,26 kishi./km²
Millatlar tarkibi Metislar, oqlar, afro-meksikaliklar.
Dinlar tarkibi Katoliklar (93 %), protestantlar va evangellar (2,9 %), boshqa nasroniylar(1,4 %), yahudiylar (0,1 %), boshqa dinlar(0,1 %), ateistlar vaagnostiklar (1,8 %).
Maydoni 5 455 km² (29-oʻrin)
Balandligi
dengiz sathidan
 Baland choʻqqisi


 3860 m
Kengligi 19º 31' — 18º 41' N
Uzunligi 103º 29' — 104º 41' E
Kolima xaritada
Soat mintaqasi UTC-6
Kod ISO 3166-2 MX-COL
Pochta indeksi Col.
Rasmiy sayti http://www.colima-estado.gob.mx/
Koordinatalari: 19°05′48″N 103°57′39″W / 19.09667°N 103.96083°W / 19.09667; -103.96083

Kolima — Meksikadagi shtat, Tinch okean sohilining janubi-gʻarbida. Mayd 5,5 ming km² (Revilya-Xixedo orollari bilan birga). Aholisi 540,6 ming kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Kolima shahri Relyefi tepalik va togʻlardan iborat (balandligi 1000 m gacha). Tez-tez zilzila boʻlib turadi. Kambar sohilboʻyi qismida tropik iqlim. Oʻrtacha oylik temperatura 24—28°. Yiliga 700–900 mm, togʻlarda 1300 mm gacha yogʻin yogʻadi. Kolima — mamlakatning qoloqshtatlaridan. Iktisodiy faol aholining 3/5 qismi qishloq xoʻjaligida band. Armeriya daryosi havzasida meva, shakarqamish, yer yongʻoq, tamaki ekiladi. Oziq-ovqat, tamaki, koʻn poyabzal sanoati korxonalari bor. Asosiy transport vositasi temir yoʻl boʻlib, Mansanilo yirik portini Mexiko bilan bogʻlaydi.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Kolima" OʻzME. K-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil