Kampeche

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Kampeche
isp. Campeche

Gerb
Gerb
Bayroq
Bayroq
Shtat
Madhiya: Madhiya Kampeche (isp.)
Tarkibida 11 munitsipalitet
Maʼmuriy markazi San-Fransisko-de-Kampeche
Yirik shahari San-Fransisko-de-Kampeche
Asos solingan sanasi 29 aprel 1863 yil[1]
Gubernator Фернандо Ортега Бернес, PRI logo (Mexico).svg (2009—2015)
Rasmiy tili ispan
Aholi (2010) 822 441 kishi
Zichligi 14,2 kishi./km²
Dinlar tarkibi Katoliklar (63 %)
Maydoni 57 516 km² (18-oʻrin)
Balandligi
dengiz sathidan
 Baland choʻqqisi


 390 m
Kengligi N 17º49'—20°51'
Uzunligi E 89º06'—92°27'
Kampeche xaritada
Soat mintaqasi UTC-6
Kod ISO 3166-2 MX-CAM
Avtomobil raqami kodi DFA—DKZ
Rasmiy sayti http://www.portal.camp.gob.mx/default.aspx
Koordinatalari: 18°50′11″N 90°24′12″W / 18.83639°N 90.40333°W / 18.83639; -90.40333

Kampeche — Meksikadagi shtat, Yukatan yarim orolning gʻarbida. Maydon 51,8 ming km2. Aholisi 689,6 ming kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Kampeche sh. Ohaktoshlardan tuzilgan pasttekislikda joylashgan, karst relyef shakllari rivojlangan, bu esa gidrografiya tarmoqlarining rivojlanishiga toʻsqinlik qiladi. Iklimi tropik, nam iklim. Oʻrtacha oylik temperatura 22—27°. Yiliga oʻrtacha 2000 mm gacha yogʻin yogʻadi. Doim yashil tropik oʻrmonlar bilan qoplangan. Kampeche — agrar shtat. Kampecheda kichikroq oziq-ovqat, toʻqimachilik sanoati korxonalari bor. Kampecheda, asosan, kofe, shakarkamish, sitrus mevalar, makkajoʻxori yetishtiriladi. Asosiy qishloq xoʻjaligi rayoni— Champoton. Indeys qabilalari yashaydigan oʻrmon zonalarida daraxtlar kesilib, dehqonchilik qilinadi. Yoz oylarida chikle teriladi. Asalarichilik rivojlangan. Qimmatbaho yogʻochga ishlov beriladi. Baliqovlanadi. Dengiz mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalar Kampeche shahrida joylashgan. Avtomobil va temir yo'llari orqali Meksikaning boshqa shtatlari bilan bogʻlangan.[2]

Manbalar[tahrir]