Guanaxuato

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Guanaxuato
Ispancha: Guanajuato

Gerb
Gerb
Bayroq
Bayroq
Shtat
Tarkibida 46 munitsipalitet
Maʼmuriy markazi Guanaxuato
Yirik shahari Leon
Asos solingan sanasi 14 oktyabr 1824
Gubernator Migel Markes Markes 26.09.2012
Rasmiy tili ispan
Aholi (2010) 5 486 372
Zichligi 179,36 kishi./km²
Millatlar tarkibi Metislar, xonas, oqlar.
Dinlar tarkibi Katoliklar (96,4 %), protestantlar va evangellar (1,3 %), boshqa nasroniylar(0,7 %), yahudiylar (0,1 %), boshqa dinlar(0,1 %), ateistlar vaagnostiklar (0,7 %).
Maydoni 30 589 km² (22-oʻrin)
Balandligi
dengiz sathidan
 Baland choʻqqisi


 3180 m
Kengligi 19º 55' 08" — 21º 52' 09" N
Uzunligi 99º 41' 06" — 102º 09' 07" E
Guanaxuato xaritada
Soat mintaqasi UTC-6
Kod ISO 3166-2 MX-GUA
Pochta indeksi Gto.
Rasmiy sayti http://www.guanajuato.gob.mx
Koordinatalari: 21°1′8″N 101°15′46″W / 21.01889°N 101.26278°W / 21.01889; -101.26278

Guanaxuato — Meksikadagi shtat, mamlakatning markaziy qismida. Maydon 30,5 ming km2. Aholisi 4,6 mln. kishidan ziyod (2000). Maʼmuriy markazi — Guanaxuato sh. Meksika togʻligining janubida, Lerma daryosining yuqori oqimida joylashgan. Yer yuzasi oʻrtacha bal. 1800 m li platolardan iborat, baʼzi choʻqqilarning bal. 3000 m gacha. Iqlimi tropik iqlim. Yillik yogʻin oʻrtacha 500–1000 mm. Qadimda ahrli zich yashagan. 16—19-asrlarda kumush qazib olingan. Konchilik ishlarining pasayishi bilan iqtisodi qam tushkunlikka uchrab, aholi ham boshqa shaharlarga koʻchib keta boshlagan. Oziqovqat, koʻn poyabzal, neftni qayta ishlash korxonalari bor. Hududining katta qismida ichki ehtiyojlar uchun oziqovqat ekinlari ekiladi. Lerma daryosi gʻavzasida esa tovar qishloq xoʻjaligi (makkajoʻxori, bugʻdoy, paxta, kofe, qand lavlagi), chorvachilik rivojlangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Guanaxuato" OʻzME. G-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil