Kontent qismiga oʻtish

Kobbie Mainoo

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Kobbie Mainoo
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Kobbie Boateng Mainoo
Tavallud sanasi 2005-yil 19-aprel (2005-04-19) (21 yosh)
Tavallud joyi Stockport, Angliya
Boʻyi 5 fut 9 inches (1.75 m)[1]
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Manchester United
Raqami 37
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Cheadley & Gatley
0000—2022 Manchester United
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2022— Manchester United 50 (3)
Milliy terma jamoa
2021—2022 Angliya U-17 5 (1)
2022—2023 Angliya U-18 2 (0)
2023 Angliya U-19 6 (0)
2024— Angliya 9 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2025-yil 26-may uchun)

Kobbie Boateng Mainoo (talaffuzi: Kobbi Boateng Meynu) – angliyalik professional futbolchi. Angliya Premyer-ligasining Manchester United futbol klubi va Angliya milliy futbol terma jamoasi aʼzosi.

Mainoo Manchester United akademiyasining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va 2023-yilda „Yilning eng yaxshi yosh oʻyinchisi“ uchun beriladigan Jimmy Murphy mukofotiga loyiq koʻrilgan. Mainoo asosiy tarkibdagi oʻzining debyut oʻyinini 2023-yil yanvar oyida Angliya liga kubogi doirasida amalga oshirgan.

Kobbie Mainoo[2] 2005-yil 19-aprel kuni[1] Stockport, katta Manchesterda[3] ganaliklar oilasida dunyoga kelgan[4]. Uning katta akasi Jordan Mainoo-Hames Love Island serialining 5-qismida ishtirok etgan[5]. Kobbie Stockport chekkasidagi Cheadle Hulme hududida katta boʻlgan[6] va futbol oʻynashni Cheadle & Gatley Junior futbol klubida boshlagan[7]. 6 yoshida u Manchester United skautlari eʼtiboriga tushgan[8] va 9 yoshida akademiyaga qabul qilingan[9][7].

Klubdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manchester United

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mainoo 2022-yil may oyida Manchester United bilan ilk prefessional shartnomasini imzolagan[10]. Oʻyinlardagi koʻrsatgan natijasi unga oktyabr oyida asosiy jamoa mashgʻulotlarida ishtirok etish imkoniyatini yaratgan[11].

Mainoo ilk marotaba Premyer liga doirasidagi Newcastle United F.C.ga qarshi oʻyin uchun jamoa zaxirasiga kiritilgan[12]. U Manchester United safidagi ilk oʻyinini 2023-yil 10-yanvar kuni Angliya liga kubogi doirasida Charlton Athletic F.C. klubiga qarshi amalga oshirgan[13]. Premyer ligadagi debyut oʻyinini 19-fevral kuni Leicester City F.C. klubiga qarshi boʻlgan oʻyinda oʻtkazgan[14].

2023–2024: Erishgan yutuqlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mainoo asosiy jamoa bilan AQShda boʻlib oʻtgan mavsumoldi mashgʻulotlariga jalb qilingan[15]. Biroq u mavsumoldi mashgʻulotlari davomida jarohat olgan va mavsum boshlanishini oʻtkazib yuborishga majbur boʻlgan[16]. Jarohati tuzalgandan soʻng, mavsumdagi ilk uchrashuvini 2023-yil 26-noyabr Everton jamoasiga qarshi amalga oshirgan va oʻyin yakuniga koʻra uchrashuvning eng yaxshi oʻyinchisi deb topilgan[17]. 29-noyabr kuni Kobbie Galatasaray klubiga qarshi oʻyinda UEFA Chempionlar ligasidagi oʻzining debyut oʻyinini amalga oshirgan[18].

2024-yil 28-yanvar kuni, Angliya kubogi doirasidagi 4-2 hisobida United foydasiga hal boʻlgan Newport Countyga qarshi oʻyinda Kobbie klub safidagi oʻzining ilk golini urgan[19]. 1-fevral kuni esa Wolverhampton Wanderers klubiga qarshi kechgan 4-3 hisobidagi dramatik oʻyinda Premyer ligadagi ilk golini va uchrashuvning hal qiluvchi golini kiritgan[20]. Ushbu gol keyinchalik fevral oyining eng yaxshi goli deb eʼtirof etilgan[21]. 7-aprel kuni boʻlib oʻtgan Liverpoolga qarshi uchrashuvda Kobbie Old Trafforddagi oʻzining ilk golini kiritgan[22].

Angliya kubogi finalida Manchester City bilan boʻlgan oʻyinda Kobbie Mainoo Manchester Unitedga gʻalaba olib kelgan golni kiritgan[23]. U final oʻyinida gol urgan Steve MacKenziedan soʻnggi ilk oʻspirin va John Sissonsdan soʻnggi eng yosh futbolchiga aylangan[24]. Oʻzining oʻyini bilan Kobbie koʻpchilikning maqtoviga sazovor boʻlgan va Premyer ligada mavsumning eng yaxshi yosh oʻyinchisi sovrini uchun nomzodlar qatoridan joy olgan[25].

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kobbie turli yillarda Angliya U-17, Angliya U-18, Angliya U-19 va Angliya milliy futbol terma jamoasi sharfini himoya qilgan.

2024-yil mart oyida Kobbie Angliya terma jamoasining Braziliya va Belgiya terma jamoalariga qarshi oʻrtoqlik oʻyini uchun jamoaga jalb qilingan[26]. Terma jamoa safidagi debyut oʻyinida, 23-mart kuni Conor Gallagher oʻrniga zaxiradan maydonga tushgan[27]. Asosiy tarkibdagi ilk oʻyinini Belgiya terma jamoasi bilan boʻlgan oʻyinda amalga oshirgan va uchrashuvning eng yaxshi oʻyinchi deb topilgan[28].

6-iyun sanasida Kobbie Angliya terma jamoasining UEFA Yevro 2024 uchun 26 kishilik tarkibiga kiritilgan[29]. Musobaqadagi oʻzining debyut oʻyinini Angliya terma jamoasi uchun ilk uchrashuvda, Serbiya bilan kechgan 1-0 hisobidagi gʻalabali oʻyinda Jude Bellinghamning oʻrniga zaxiradan maydonga tushib boshlagan[30]. 25-iyun sanasida, guruh bosqichining yakuniy uchrashuvida Kobbie Sloveniya jamoasiga qarshi oʻyinda 2-taymdan boshlab Conor Gallagher oʻrniga oʻyinga qoʻshilgan[31]. Slovakiyaga qarshi pley-off bosqichining 1/16 final oʻyinida Angliya terma jamoasi safida pley-off bosqichida asosiy tarkibda maydonga tushgan uchinchi eng yosh futbolchiga aylangan va jamoasining 2-1 hisobidagi gʻalabasiga oʻz hissasini qoʻshgan[32]. 10-iyul sanasida boʻlib oʻtgan va 2-1 hisobida Angliya gʻalaba qozongan Niderlandiyaga qarshi yarim final oʻyinida Kobbie Angliya termasi safida yarim final bahsida ishtirok etgan eng yosh futbolchiga aylangan[33]. 4 kundan soʻng u Ispaniyaga qarshi final oʻyinida ham asosiy tarkibda maydonga tushgan. Ushbu bahsda Angliya terma jamoasi Ispaniyaga 2-1 hisobida magʻlubiyatga uchragan[34].

Oʻyin uslubi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kobbie maydonda asosan markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynaydi, shunga qaramay u tayanch yarim himoyachisi yoki hujumkor yarim himoyachi sifatida ham oʻynay oladi[35]. Aqlli va hushyor, toʻpni oldinga uzatishda va raqiblarni aldashda oʻzining dribbling qobiliyatlaridan foydalanadi[36][37][38]. Manchester Unitedning sobiq oʻyinchisi Rio Ferdinand Mainooning oʻyin uslubini Clarence Seedorf uslubi bilan taqqoslagan[39]. Jamoa bosh murabbiyi Erik ten Hag uning yuqori darajadagi oʻyinlarga tez moslashuvchanligi va doimo katta ishtiyoq bilan mashgʻulotlarda qatnashishini taʼkidlab oʻtgan[40][41].

Klub tarkibida

[tahrir | manbasini tahrirlash]
2024-yil 25-may holatiga koʻra:
Klub tarkibida mavsum va musobaqalardagi uchrashuvlari va gollari
Klub Mavsum Liga Angliya kubogi Angliya liga kubogi Boshqa Umumiy
DivizionUchrashuvlarGollarUchrashuvlarGollarUchrashuvlarGollarUchrashuvlarGollarUchrashuvlarGollar
Manchester United U–21 2022–2023[42] 3030
2023–2024[43] 1010
Umumiy 4040
Manchester United 2022–2023[42] Angliya Premyer-ligasi 1010100030
2023–2024[43] Angliya Premyer-ligasi 243620020325
Umumiy 253721020355
Faoliyati umumiy 253721060395

Terma jamoa tarkibida

[tahrir | manbasini tahrirlash]
2024-yil 14-iyul holatiga koʻra[44]:
Terma jamoa safidagi uchrashuvlar va gollari
Terma jamoaYilUchrashuvlarGollar
Angliya 202490
Umumiy90

Manchester United U–18

  • FA Youth Cup: 2021–2022[45]

Manchester United

  • FA Cup: 2023–2024[23]

Individual

  • Premyer ligada oyning eng yaxshi goli: 2024-yil fevral[21]
  • Jimmy Murphy Young Player of the Year: 2023–2024[46]
  1. 1 2 „Kobbie Mainoo: Overview“. Premier League. Qaraldi: 2024-yil 9-sentyabr. Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "PremProfile" defined multiple times with different content
  2. „2022/23 Premier League squads confirmed“. Premier League (2022-yil 16-sentyabr). Qaraldi: 2022-yil 26-dekabr.
  3. „K. Mainoo: Summary“. Soccerway. Perform Group. Qaraldi: 2024-yil 23-mart.
  4. Blanche, Phil. „Stockport star shining for Man Utd – England's latest call-up Kobbie Mainoo“ (2024-yil 19-mart). Qaraldi: 2024-yil 23-mart.
  5. Kenmare, Jack „Fans are only just discovering who Kobbie Mainooʻs older brother is“. SPORTBible (2023-yil 9-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 19-dekabr.
  6. Whitwell, Laurie. „The making of Kobbie Mainoo: 'United and City were chasing him when he was six'“. The Athletic (2024-yil 1-mart). Qaraldi: 2024-yil 23-mart.
  7. 1 2 Fay, Richard. „Manchester United might be about to unleash their own future midfield star vs Cadiz“ (2022-yil 7-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  8. Bartram, Steve „Must read: The rise and rise of Kobbie Mainoo“. Manchester United F.C. (2024-yil 27-mart). Qaraldi: 2024-yil 12-iyul.
  9. Whitwell, Laurie. „The making of Kobbie Mainoo, United's 'special' teenage talent“. The Athletic (2024-yil 1-mart). Qaraldi: 2024-yil 12-iyul.
  10. Fay, Richard. „Manchester United starlet Kobbie Mainoo signs first professional deal“ (2022-yil 17-may). Qaraldi: 2022-yil 16-oktyabr.
  11. „Kobbie Mainoo | Player profile | Man Utd“. Manchester United F. C.. Qaraldi: 2024-yil 14-iyul.
  12. Railston, Steven. „Who is Kobbie Mainoo? Meet the Manchester United youngster named on the bench vs Newcastle“ (2022-yil 16-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 16-oktyabr.
  13. Stone, Simon. „Manchester United 3–0 Charlton Athletic“. BBC Sport (2023-yil 10-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 10-yanvar.
  14. Kerr, Joshua. „Manchester United 3 Leicester City 0“. Manchester United F.C. (2023-yil 19-fevral). Qaraldi: 2023-yil 20-fevral.
  15. Luckhurst, Samuel. „Manchester United confirm pre-season tour squad“ (2023-yil 19-iyul). Qaraldi: 2023-yil 19-iyul.
  16. Mamaniyat, Abdullah „Erik Ten Hag provides Kobbie Mainoo injury timescale“. Red Devil Armada (2023-yil 18-avgust). 2023-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-sentyabr.
  17. „Kobbie Mainoo: Man Utd youngster's full Premier League debut against Everton praised by Gary Neville and Roy Keane“. Sky Sports (2023-yil 27-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 27-noyabr.
  18. Glendenning, Barry. „Galatasaray 3–3 Manchester United: Champions League – as it happened“ (2023-yil 29-noyabr). Qaraldi: 2023-yil 29-noyabr.
  19. McNulty, Phil „FA Cup: Newport County 2–4 Manchester United avoid upset at Rodney Parade“. BBC Sport (2024-yil 28-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 28-yanvar.
  20. Smith, Emma. „Wolverhampton Wanderers 3–4 Manchester United: Kobbie Mainoo scores 97th-minute winner in thriller“. BBC Sport (2024-yil 1-fevral). Qaraldi: 2024-yil 1-fevral.
  21. 1 2 „Mainooʻs late stunner wins Budweiser Goal of the Month award“. Premier League (2024-yil 8-mart). Qaraldi: 2024-yil 8-mart.
  22. McNulty, Phil „Manchester United 2–2 Liverpool: Mohamed Salah scores late penalty to snatch point for Reds“. BBC Sport (2024-yil 8-aprel). Qaraldi: 2024-yil 8-aprel.
  23. 1 2 Yew, Oliver. „Man City 1–2 Man Utd: Erik ten Hagʻs side end season on high with stunning FA Cup final win at Wembley“. Sky Sports (2024-yil 26-may). Qaraldi: 2024-yil 26-may.
  24. Opta Analyst.. „Manchester City 1–2 Manchester United Stats: Teenage Dreams for United As They Win FA Cup Final“. theanalyst.com (2024-yil 25-may). Qaraldi: 2024-yil 26-may.
  25. Carney, Sam „Mainoo nominated for Young Player of the Season“. Manchester United F.C. (2024-yil 9-may). Qaraldi: 2024-yil 7-iyun.
  26. „Kobbie Mainoo: Man Utd midfielder handed first England call-up after being drafted in from Under-21s“. Sky Sports (2024-yil 19-mart). Qaraldi: 2024-yil 19-mart.
  27. McNulty, Phil. „England 0–1 Brazil: Teenager Endrick scores late winner at Wembley“. BBC Sport (2024-yil 23-mart). Qaraldi: 2024-yil 23-mart.
  28. McNulty, Phil „England 2–2 Belgium: Late Jude Bellingham goal saves hosts from second successive Wembley defeat“. BBC Sport (2024-yil 26-mart). Qaraldi: 2024-yil 26-mart.
  29. „Eze & Wharton named in England squad for Euro 2024“. BBC Sport (2024-yil 6-iyun). Qaraldi: 2024-yil 6-iyun.
  30. „Serbia 0–1 England LIVE: UEFA Euro 2024 – score, updates & reaction“. BBC Sport. Qaraldi: 2024-yil 17-iyun.
  31. „England vs Slovenia | Line-ups | UEFA EURO 2024“. UEFA.com. Qaraldi: 2024-yil 25-iyun.
  32. Bostock, Adam „Kobbie Mainoo makes first tournament start as England beat Slovakia in Euro 2024 last-16 tie“. Manchester United F.C. (2024-yil 30-iyun). Qaraldi: 2024-yil 1-iyul.
  33. Segar, David. „Netherlands 1–2 England Stats: Super Sub Watkins Fires Three Lions Into Euro 2024 Final“. theanalyst.com (2024-yil 11-iyul). Qaraldi: 2024-yil 14-iyul.
  34. McNulty, Phil. „Spain 2–1 England: Heartbreak for England in Euro 2024 Final“. BBC Sport (2024-yil 14-iyul). 2024-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 15-iyul.
  35. Unwin, Will. „Local hero: Kobbie Mainoo bringing cheer at troubled Manchester United“ (2023-yil 1-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 2-fevral.
  36. Clarke, Adrian „How Mainoo has brought control to Man Utd's midfield“. Premier League (2024-yil 22-fevral). Qaraldi: 2024-yil 29-may.
  37. Bate, Adam „Kobbie Mainooʻs Manchester United magic explained: How does the teenager find time and space that others cannot?“. Sky Sports (2024-yil 19-mart). Qaraldi: 2024-yil 29-may.
  38. Manship, Jack „England 2024: Overlooked players - data analysis“. totalfootballanalysis.com (2024-yil 19-mart). Qaraldi: 2024-yil 29-may.
  39. Smith, Emma; Stone, Simon. „Wolves 3–4 Man Utd: Kobbie Mainoo continues rise to stardom with 'dream' winning goal“. BBC Sport (2024-yil 2-fevral). Qaraldi: 2024-yil 2-fevral.
  40. Peach, Simon „Erik ten Hag expects Kobbie Mainoo to handle the hype after star England debut“. The Independent (2024-yil 29-mart). Qaraldi: 2024-yil 30-mart.
  41. Hemingway, Rob „Erik ten Hag exclusive: Manchester United boss opens up on Kobbie Mainoo and Alejandro Garnacho 'incredible progress'“. Eurosport (2024-yil 2-fevral). Qaraldi: 2024-yil 2-fevral.
  42. 1 2 „Games played by Kobbie Mainoo in 2022/2023“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2024-yil 23-mart.
  43. 1 2 „Games played by Kobbie Mainoo in 2023/2024“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2024-yil 25-may.
  44. „Kobbie Mainoo: Internationals“. worldfootball.net. HEIM:SPIEL. Qaraldi: 2024-yil 17-iyul.
  45. „Man Utd 3–1 Nottingham Forest: Homeside clinch FA Youth Cup in front of record crowd at Old Trafford“. Sky Sports (2022-yil 11-may). Qaraldi: 2022-yil 17-iyul.
  46. Ganley, Joe „Kobbie Mainoo named Jimmy Murphy Young Player of the Year 2022 23“. Manchester United F.C. (2023-yil 25-may). Qaraldi: 2023-yil 25-may.
  • Profil Manchester United F. C. veb-saytida
  • Profil Football Association veb-saytida