Koban madaniyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Koban madaniyati - jez davrining oxiri — ilk temir davrining boshlaridagi arxeologik madaniyat (mil. av. 2-ming yillikning oxiri — 1-ming yillikning oʻrtalari). Dastlab (1869) topilgan joy — Shim. Osetiya (RF)dagi Koban qishlogʻining nomidan olingan. Shim. Kavkazning markaziy qismeta tarqalgan. Qishloq va qabriston qoldiqlari topilgan. Koban madaniyati manzilgohlaridan jangda ishlatiladigan bolta, mis idish va turli bezak buyumlari — toʻgʻnogʻich, kamar, tugma, bilagoʻzuk va boshqa topilgan. Koban madaniyati aholisi chorvachilik, deqqonchilik, temirchilik bilan shugʻullanishgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil