Koʻchmanchi chigirtka

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Koʻchmanchi chigirtka
Biologik klassifikatsiya
Olam: Hayvonlar

Koʻchmanchi chigirtka (osiyo chigirtkasi, toʻqay chigirtkasi, qamishzor chigirtkasi, botqoqlik chigirtkasi, Locusta migratoria L.) — gala boʻlib yashovchi chigirtka turi. Yevrosiyodan Afrika, Avstraliyagacha boʻlgan joylarda, Yevropaning janubiy qismi, Zakavkazye, Oʻrta Osiyo, Gʻarbiy Sibir janubiy va Uzoq Sharqda tarqalgan. Oʻrta rus (Koʻchmanchi chigirtka rossica), afrika (Koʻchmanchi chigirtka migratorioides), sharq(. m. manilensis) va asl Koʻchmanchi chigirtka (Koʻchmanchi chigirtka migratoria) kenja turlari mavjud; asosan, hamma ekinlarni, ayniqsa, bo-shoklilarni koʻp zararlaydi. Koʻchmanchi chigirtka rivojlanishida ikki: tuda boʻlib yashovchi juda serharakat lichinkalik hamda gala boʻlib yashovchi qanotli bosqichlarni utadi. Lichinkalari toʻdasi (koʻliga) oziq qidirib maʼlum yoʻnalishda harakat qiladi va oʻz yulida uchragan koʻkatlarni yeb bitiradi. Ular soni siyraklashganda gala boʻlib yashash va koʻchib yurish xususiyatini yoʻqotib, yakka yashovchi chigirtkalar paydo boʻladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil