Kitu Gidwani

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kitu Gidwani
Tavalludi
Kaushalya Gidwani

22-oktyabr 1957 va 22-oktyabr 1967
Fuqaroligi Hindiston
Kasbi Aktrisa, model, raqqosa
Faoliyat yillari 1984–hozirgi kungacha

Kaushalya „Kitu“ Gidwani — hind aktrisasi va modeli. U Hindiston televideniyesida bir nechta film va seriallarda rol ijro etgan.

Kitu Swabhimaan filmida Svetlana rolini ijro etgan, bu roli uchun u muvaffaqiyatga erishagan. Keyin u Shaktimaanga imzo chekdi va haqiqat tarafdori boʻlgan yangiliklar kanali muxbiri „Geeta Vishwas“ rolini oʻynagan. U bir necha epizoddan soʻng shouni tark etdi va keyinchalik 1986-yilda Doordarshan telekanalida efirga uzatilgan Air Hostess serialidan soʻng mashhur boʻldi Dance of the wind (1997), Deepa Mehtaʼs Earth (1998) filmlaridagi rollari uchun tanqidchilar olqishiga sazovor boʻlgan.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gidvani Mumbayda tugʻilgan. Uning Sindhilik ota-onasi boʻlinishdan kegin Pokistondan koʻchib kelgan. Ular Worli shahridagi qochqinlar lagerida yashashgan.[1] Uning akasi bor.

U Mumbaydagi Fort monastir maktabida tahsil olgan. Bitiruvdan keyingi kunlarida uning fransuz tiliga qiziqishini ortdi va u fransuz spektakllarida rol oʻynay boshlagan. Tez orada u Janak Toprani rejissorligidagi ingliz spektakllarida rol oʻynagan. U baʼzi teleseriallarda rol oʻynagan va keyinchalik fransuzcha Black (1987) filmida[2] suratga tushgan va unda braziliyalik qiz rolini ijro etgan.[3]

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gidwani televideniyadagi debyutini 1984-yilda Trishna teleserialida qildi va 1980 va 90-yillarda Swabhimaan, Air Hostess va Junoon kabi teleseriallarda unutilmas chiqishlar qilgan.[4] U Junoon filmida aktyor Tom Alter bilan yotoqda oʻpish sahnasidan keyin koʻpchilikning eʼtiborini tortgan. 1997-yilda u bir vaqtning oʻzida toʻrtta serialda suratga tushgan, Swabhimaan va Junoondan tashqari, Saahil, Yeh Kahan Aa Gaye Xum filmlarida ham rol oʻynagan.[5] U yaqinda koʻp yulduzli hind seriallari Kaashish va Kulvadhuda paydo boʻlgan.

1997-yilda u Dance of the Wind filmida ustozi/onasini yoʻqotib, ovozini qaytarish uchun kurashayotgan hind klassik qoʻshiqchisi Pallavi rolini oʻynagan. Bu rol Nantdagi „Uch qitʼa“ festivalida „Eng yaxshi aktrisa“ mukofotiga sazovor boʻlgan.[6] Pankaj Butaliyaning Shadows in the Dark filmida u hozirgi Pokistonda yashovchi oʻrta yoshli ayol Lajma rolini oʻynagan. 2010-yillarda u Fashion, Dhobi Ghat va Student of the year filmlarida kichik rollarni ijro etgan.

2001-yilda ITC Limitedga tegishli Wills Lifestyle kiyim-kechak tarmogʻi bilan birgalikda u Wills Sport Lifestyle kiyim brendini targʻib qilgan.[7] 2006-yilda u Darshan Jarivalaning Your Place or Mine spektaklida ham rol ijro etgan.

U, shuningdek, Sock ’em With Honeyn spektaklini ham ijro etdi, u yerda qizi yahudiyni sevib qolgan Pokistonlik anʼanaviy parsi ayol rolini oʻynadi va bu uning chet elga birinchi sayohatiga turtki boʻlgan.[8]

Mukofotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

1998-yilda Kitu „Uch qitʼa“ festivalida, Nantda, Fransiyada „Eng yaxshi ayol roli“ mukofotiga sazovor boʻlgan. Mukofot uning Dance of the Wind filmidagi Pallavi rolidagi (rejissor Rajan Xosa) ajoyib yutugʻini eʼtirof etgan.

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Nom Rol Izohlar
1984 Holi
1985 Janam TV film
1985 Wisdom Tree qisqa metrajli film
1985 Trishna Roohi TV serial
1986 Air Hostess TV serial
1987 Khoj Kitu Gidwani , Dilip Dhawan TV serial
1987 Black Fransuzcha film
1991 Rukmavati Ki Haveli Kittu Gidwani
1991 The Khajuraho qisqa metrajli film
1994 Junoon[9] Mini Agrawal TV serial
1994 Tehkikaat Kavita Deshpande 1-Epizodda qotil sifatida paydo boʻldi
1995-96 Saahil Prerna TV serial
1995-97 Swabhimaan Svetlana Banerjee TV serial
1997 Karvaan (Shadows in the Dark) Lajma
1997 Dance of the Wind Pallavi Sehgal
1998 Earth Bunty Sethna
1998 Shaktimaan Geeta Vishwas TV Serial
2001 Happily Ever After Mme Gibson Fransuzcha film
2001 Deham Jaya
2001 Abhay Jayanti
2001 Aalavandhan Jayanthi Tamil film
2002 Nazarana Ishitaning onasi TV film
2004 Kesar Pam Mallya TV serieal
2005 Kasshish Ratna TV serieal
2006-07 Kulvaddhu Antra Singh Rathod TV serieal
2006 Dil Diya Hai Michelle
2007 Strangers
2008 Jaane Tu… Ya Jaane Na Sheela Pariyar
2008 Fashion Anisha Roy
2009 Phir Kabhi Divya Singh
2010 Hello Zindagi Dr. Sadhana
2011 Dhobi Ghat Vatsala
2011 Monica Pamela Garewal
2012 Student of the Year Manini Banerjee
2013 Ek Bura Aadmi Rukmi Devi
2015 Wedding Pullav
2016 Traffic Rehanning onasi
2017 Ok Jaanu Taraning onasi
2018 Yeh Un Dinon Ki Baat Hai Sameerning oʻgay buvisi TV serieal
2019 Fittrat Pinky Kapoor ALTBalaji va ZEE5 da chiqarilgan onlayn-seriyalar
2020 Ghost Stories Dhruvning onasi

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Singh, Sanghita. „It's back to the basics for Kitu Gidwani“. The Times Of India (1-aprel 2002-yil). 3-noyabr 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-dekabr 2008-yil.
  2. „Famous Sindhis - Kidu Gidwani“. 6-mart 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-iyul 2006-yil.
  3. „rediff.com US edition: You can do whatever you believe of yourself: Kitu Gidwani“. m.rediff.com. 9-iyul 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-noyabr 2013-yil.
  4. Bhattacharya, Budhaditya. „She has seen it all...“. The Hindu (24-iyul 2013-yil). 14-noyabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-noyabr 2013-yil.
  5. Bhandare. „TV actors never had it so good: recognition, astronomical rates and roles for the asking“. India Today (16-iyun 1997-yil). 12-oktabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-noyabr 2019-yil.
  6. „I'm happy, I'm free“. The Hindu (23-oktabr 2011-yil). 14-noyabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-noyabr 2013-yil.
  7. „Read(il)y made lifestyle“. The Hindu (2001-yil 8-iyul). 10-yanvar 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 13-iyul.
  8. „Archived copy“. 21-sentabr 2003-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-dekabr 2008-yil.
  9. „Archived copy“. 22-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-iyul 2016-yil.